Academic Research in Educational Sciences
Volume 4 | Issue 1 | 2023
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
442
January, 2023
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
Avstraliyada ham zo„ravonlikka nisbatan davlat va nodavlat tashkilotlarining
hamkorligini ta‟minlash maqsadida 2010-2022-yillarda Ayollar va bolalarga nisbatan
zo„ravonlikka barham berish bo„yicha Milliy reja ishlab chiqilib, amalga oshirilgan.
2022-yil 17-oktyabr kuni esa 2022-2032-yillarga mo„ljallangan Ayollar va bolalarga
nisbatan zo„ravonlikka barham berish Milliy rejasi e‟lon qilingan bo„lib, mazkur
Milliy reja shtat va federativ hukumat tomonidan qabul qilingan. Milliy reja
jamiyatning barcha davlat va nodavlat tashkilotlari – hukumat, biznes subyektlari,
OAV, maktablar va ta‟lim muassasalari, oila, oilaviy va jinsiy zo„ravonlikka nisbatan
kurashuvchi tashkilotlar va boshqalar hamkorlik qilishi belgilab qo„yilgan. Milliy reja
o„z tarkibiga ikkita 5 yillik rejani qamrab olishi rejalashtirilgan. Milliy rejaning
asosiy maqsadi – ayollar va bolalarga nisbatan zo„ravonlikning har qanday shakliga
barham berishdan iborat. Milliy reja doirasi amalga oshirilayotgan ishlarni
muvofiqlashtirib borish, har yili parlamentga hisobot kirgizish bilan Oilaviy, maishiy
va jinsiy zo„ravonlik (DFSV) komissiyasi shug„ullanadi.
Kanadada zo„ravonlik qurboni bo„lgan ayollarni qo„llab-quvvatlashda asosiy
e‟tibor ularning sog„lig„ini va ruhiy holatini tiklashga qaratiladi. Umuman olib
qaraganda, mamlakatda idoralararo ishlab chiqilgan dastur doirasida Sog„liqni
saqlash vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ayollar va gender tengligi
masalalari vazirligi, Kanada Qirollik politsiyasi kabi federal organlar, viloyat va
mintaqaviy hukumatlar, vazirliklar, NNT va markazlar, xayriya tashkilotlari, ta‟lim
muassasalari, advokatura va boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyat
yuritmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |