VIII BO'LIM.
OCHIQ IQTISODIYOT
X alqaro m oliya tashkilotlari. Jahon m oliyaviy resurslar bozorini barqaror-
lashtirish va xalqaro kapital harakatini rag‘batlantirish maqsadida ko‘psonli xalqa
ro va hududiy moliya-kredit institutlari tashkil etilgan (33.2.2-rasm).
33.2.2-rasm.
Xalqaro moliya tashkilotlarining vazifalari va shakllari
Xalqaro moliya tashkilotlari —
faoliyat doirasi va xususiyati, a’zolar tarkibi, vazifalaridan kelib
chiqadigan ixtisoslashgan
hukumatlararo tashkilotlar
• jahon xo'jalik aloqalari globallashuvining kuchayishi;
• valyuta-moliya munosabatlarini davlatlararo tartibga solishning
rivojlanishi;
• jahon valyuta tizimi beqarorligi, xalqaro hisob-kitoblar va xalqaro kreditlash
muammolarini birgalikda hal etish zaruriyati.
• jahon hamjamiyatining xalqaro valyuta-moliya munosabatlarini
barqarorlash-
tirish maqsadidagi sa’y-harakatlarini birlashtirish;
•
davlatlararo valyuta, valyuta hisob-kitobi va valyuta-kredit munosabatlarini
tartibga solishni amalga oshirish;
• jahon valyuta, hisob-kitob va kredit siyosati strategiyasini va amalga oshirish
taktikasini ishlab chiqish.
• Xalqaro valyuta fondi.
• Umumjahon banki guruhi.
• Xalqaro hisob-kitoblar banki.
• Mintaqaviy rivojlanish banklari.
• Xalqaro kreditorlar klublari.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar ichida xalqaro moliya tashkilotlari alohida o‘rin-
ga ega. Ushbu guruhga quyidagi tashkilotlar kiradi: XVF, Umumjahon banki guru
hi, Xalqaro hisob-kitoblar banki, Yevropa ta’mirlash va taraqqiyot banki,
Yevropa
investitsiya banki, Osiyo taraqqiyot banki,
A frika taraqqiyot banki, A rab valyuta
fondi,
Islom taraqqiyot banki, A m erikalararo taraqqiyot banki, Qora dengiz sav
do va taraqqiyot banki, Yevroosiyo taraqqiyot banki, Bank nazorati bo‘yicha Bazel
qo‘mitasi va boshqalar.