Viii bo'lim. Ochiq iqtisodiyot X alqaro m oliya tashkilotlari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana14.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1461643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
13-mavzu.Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy

33.3.1-jadval
YeTTB tomonidan amalga oshirilgan loyihalar dinamikasi
2005-y.
2006-y.
2007-y.
2008-y.
2009-y.
2010-y.
Loyihalar soni
276
301
353
302
311
386
Loyihalarning umumiy qiymati, 
mlrd. yevro
9,8
12,0
13,8
12,9
18,1
22,0
YeTTB tomonidan ajratilgan 
mablag'lar, mlrd. yevro
4,3
5,0
5,6
5,1
7,9
9,1
YeTTB tomonidan jalb qilingan 
mablag'lar, mlrd. yevro
5,9
7,7
8,6
8,4
10,3
13,2
Manba: YeTTB hisobotlari va ma’lumotlari asosida tuzilgan.
2010-yilda YeTTB tomonidan ajratilgan mablag‘larning 34 % moliya sektori- 
ga, 25 % korporativ sektorga, 20 % infratuzilma sohasiga va 21 % energetika soha- 
siga yo‘naltirilgan.
O siyo taraqqiyot ban ki (OTB) 
— 1966-yilda tashkil topgan va unga 67 ta 
mamlakat (48 ta hududiy va 19 ta hududdan tashqari mamlakatlar) a’zo. OTB ga 
a’zolik BMT ning Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy masala­
lar bo‘yicha komissiyasidagi barcha mamlakatlar va Osiyo mintaqasidagi boshqa 
mamlakatlari (agar ular BMT yoki uning ixtisoslashgan agentliklariga a’zo bo‘lsa- 
lar) uchun ochiq. A’zolikda mavjud bunday keng imkoniyatlar OTB da Osiyo min- 
taqasidan tashqari mamlakatlar ulushining ortishiga olib keldi, ularga bank aksiya- 
larining qariyb 37 % va ovozlarining 35,0 % to‘g‘ri keladi.
Yaponiya, AQSh, Xitoy, Hindiston, Avstraliya, Indoneziya, Kanada, Janubiy 
Koreya OTBning yirik aksiyadorlari (aksiyalar paketi 5 %dan ko‘p bo‘lgan) hisob­
lanadi. Xitoy, Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Bangladesh kabi mamlakatlar aso­
siy qarz oluvchi mamlakatlar sanaladi.
OTB ning maqsadi Osiyo qit’asidagi rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy rivoj- 
lanishda ko‘maklashish, hududiy hamkorlikni rag‘batlantirish, a’zo mamlakatlarga tex­
nik yordam ko‘rsatish va ularning iqtisodiy siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat.
OTB transport va kommunikatsiya, energetik loyihalar, qishloq xo‘jaligi 
va tabiiy resurslar, moliya, ijtimoiy infratuzilma sohalarini moliyalashtiradi.
OTB da Osiyo rivojlanish fondi (20,5 mlrd. doll.) va Maxsus texnik yordam fon- 
di (721,7 mln. doll.) mavjud1. 1988-yilda Bank va Yaponiya hukumati o‘rtasida Tex­
nik yordam ko‘rsatish bo‘yicha Yaponiya maxsus fondi tashkil etildi.
OTB rivojlanayotgan mamlakatlarga quyidagi fondlar hisobidan kreditlar beradi:
1) oddiy fond hisobidan tijorat shartlari asosida 25 yil muddatga (barcha kredit-
larning qariyb 2/3 qismi);
1 http://www.adb.org/About/rnembers.asp 
538


33-BOB. XALQARO IQTISODIY TASHKILOTLAR
2) Osiyo rivojlanish maxsus fondi hisobidan imtiyozli 1-3 % stavkalar bo‘yicha
kambag‘al mamlakatlarga 40 yilgacha muddatga.
Boshqa rivojlanish banklari kabi OTB da ham kreditlashda balansni ta’minlash 
maqsadida davlat sektoriga berilgan kreditlar jami loyihalarining 20 %dan oshmaydi.
OTB faoliyatining xususiyati shundan iboratki, u o‘z kreditlarining 30 %ni 
imtiyozli shartlarda maxsus fonddan beradi. Bank bu mablag‘larni Yevropa bozor­
lariga yo‘naltirib, ularni rivojlanayotgan mamlakatlarga 25-40 yilga mo‘ljallangan 
uzoq muddatli kreditlarga aylantiradi. Bunda bank imtiyozli foiz stavkalarini ko'z- 
da tutadi. Kreditlar, shuningdek, tijorat shartlarida yoki yuqori bozor foiz stavkasi 
bo'yicha 10-25 yil muddatga oddiy jamg‘armalardan ham beriladi.
Tahlillar ko‘rsatishicha, 1967-2010-yillarda OTB tomonidan berilgan kreditlar 
va moliyalashtirilgan investitsion loyihalar soni 2328 tani tashkil etdi. Jumladan, 
bank loyihalari soni 2010-yilda 106 tani tashkil etib, berilgan kreditlar va investi­
tsion loyihalarni moliyalashtirish miqdori 11 mlrd. 462 mln. dollarga teng boidi. 
Ushbu holat, OTB ning mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi rolining 
oshib borayotganligidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, OTB tomonidan berilayotgan kreditlarning aksariyat qismini 
investitsion kreditlar tashkil qiladi. Bu esa OTB ning tijorat banklaridan farqlanti- 
ruvchi muhim jihat hisoblanadi. Chunki tijorat banklarida uzoq muddatli resurslar 
taqchilligi mavjud boiganligi tufayli ular tomonidan berilgan kreditlarning asosiy 
qismini qisqa muddatli kreditlar tashkil etadi. Shuning uchun OTB ning investi­
tsion loyihalarni moliyalashtirishdagi roli tobora oshib bormoqda.
OTB tomonidan 1967-2010-yillarda berilgan kreditlarning aksariyat qismi ener­
getika, transport va kommunikatsiyani rivojlantirish maqsadlariga berilgan kredit­
lar hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu davrda ushbu sohalarga berilgan kreditlarning miqdori
74,1 mlrd. dollarni, jami kreditlarga nisbatan esa 45 %ni tashkil qildi (33.3.2-jadval).
1967-2010-yillarda OTB tomonidan jami 362 ta loyiha bo'yicha 6,21 mlrd. 
dollarga teng grantlar va, davlat kafolatlari asosida 61 ta loyihani moliyalashtirish 
uchun 9,2 mlrd. dollar miqdorida kreditlar berildi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling