Viii bo'lim. Ochiq iqtisodiyot X alqaro m oliya tashkilotlari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana14.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1461643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
13-mavzu.Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy

33.2.2-jadval
XVF kreditlash shartlari (2008-yil 1-yanvar holatiga)
Kreditlash mexanizmi 
yoki siyosati
To'lov shartlari
Muddati (yil hisobida)
Eng uzoq 
muddat
Kutilayot- 
gan muddat
Davriylik
«Stend-Ьау» krediti
Asosiy stavka + marja
3,2 5 -5
2 ,2 5 -4
Har kvartalda
Kengaytirilgan kreditlash
Asosiy stavka + marja
4 ,5 -0
4,5 -7
H aryarim yilda
Qoplovchi moliyalash
Asosiy stavka
3,2 5-5
2 ,2 5 -4
Har kvartalda
Favqulodda yordam
Asosiy stavka
3,2 5-5
-
-
Qo'shimcha zaxiralarni 
qoplash
Asosiy stavka + marja
2 ,5 -3
2-2,5
Har yarim yilda
Kambag‘allikka qarshi 
va iqtisodiy o'sishni qo'l- 
lab-quvvatlash
Yillik 0,5%
5,5-10
-
-
Manba: www.imf.org
529


VIII BO'LIM. OCHIQ IQTISODIYOT
«Stend-Ьау» kreditlar. XVF kreditlash siyosatining asosini tashkil etadi 
(33.2.3-jadval).
33.2.3-jadval
«Stend-Ьау» krediti to'g'risidagi shartnomaga muvofiq berilgan kreditlar, 
mln. SDR (2010-yil 7-yanvar holatiga)
A’zo mamlakatlar
Taqdim etil­
gan sana
Qaytarish
sanasi
Kredit miq­
dori
To'langan qismi
Angola
23.11.09
22.02.12
859
630
Armaniston
03.06.09
07.05.11
534
232
Belarus
01.12.09
04.11.10
2270
438
Bosniya
07.08.09
30.06.12
1015
832
Kosta-Rika
04.11.09
07.10.10
492
492
Dominika Respublikasi
11.09.09
03.08.12
1095
895
El-Salvador
16.01.09
31.03.10
514
514
Gabon
05.07.07
05.06.10
77
77
Gruziya
15.09.08
14.06.11
747
365
Gvatemala
22.04.09
21.10.10
631
631
Vengriya
11.06.08
10.05.10
10538
2901
Islandiya
19.11.08
31.05.11
1400
735
Latviya
23.12.08
22.03.11
1522
808
Maldiv orollari
12.04.09
12.03.12
49
45
Mongoliya
04.01.09
10.01.10
153
46
Pokiston
24.11.08
30.12.10
7236
3067
Ruminiya
05.04.09
05.03.11
11443
5355
Serbiya Respublikasi
16.01.09
15.04.11
2619
1598
Shri-Lanka
24.07.09
23.03.11
1654
1240
Ukraina
11.05.08
11.04.10
11
4
Jami
55845
24899
Manba: www.imf.org
«Stend-Ьау» krediti to‘g‘risidagi shartnomaga, asosan, a’zo mamlakatlar to iov 
balansida qisqa muddatli muammolarni bartaraf etish uchun, odatda, 12-18 oyga 
belgilangan miqdorda kredit olish huquqiga ega.
• Kengaytirilgan kreditlash mexanizmi. XVF kengaytirilgan kreditlash mexa­
nizmi bo‘yicha a’zo mamlakatlar belgilangan miqdorda kredit olish huquqi­
ga ega b o iib , odatda, uch-to‘rt yilga beriladi. Ushbu mexanizm asosida ajra­
tilgan m ab lag iar a’zo m am lakatlarda to io v balansi holatiga sezilarli salbiy 
ta’sir ko‘rsatuvchi tuzilm aviy xususiyatga ega m uammolarni b artaraf etish­
ga yo‘naltiriladi.
• Kambag‘allikka qarshi va iqtisodiy o‘sishni qoilab-quvvatlash mexaniz­
mi. 1999-yil noyabrida joriy etilgan boiib, dastlab amal qilgan tuzilmani qay­
ta qurishni kengaytirilgan moliyalashning davomi hisoblanadi (33.2.4-jadval).
530


33-BOB. XALQARO IQTISODIY TASHKILOTLAR
33.2.4-jadval
Kambag‘allikka qarshi va iqtisodiy o‘sishni qo'llab-quvvatlash dasturi 
bo'yicha ajratilgan kreditlar, mln. SDR (2010-yil 7-yanvar holatiga)
A’zo mamlakatlar
Taqdim etilgan 
sana
Qaytarish
sanasi
Kredit miqdori
To'langan qismi
Afg'oniston
26.06.06
31.03.10
81
11
Burkina Faso
23.04.07
22.04.10
48
1
Burundi
07.07.08
07.06.11
46
26
Markaziy Afrika Respub­
likasi
22.12.06
30.06.10
70
9
Komoros
21.09.09
20.09.12
14
9
Kongo Demokratik Respub­
likasi
12.11.09
12.10.12
346
297
Kongo Respublikasi
12.08.08
12.07.11
8
5
K otd’lvuar
27.03.09
26.03.12
374
179
Djibuti
17.09.08
16.09.11
13
7
Gambiya Respublikasi
21.02.07
20.02.10
20
2
Gana
15.07.09
14.07.12
387
320
Grenada
17.04.06
16.04.10
16
2
Gvineya
21.12.07
20.12.10
70
45
Gaiti
20.11.06
31.01.10
115
8
Liberiya
14.03.08
31.03.11
239
13
Mali
28.05.08
27.05.11
28
8
Nikaragua
10.05.07
10.04.10
78
24
Nigeriya
06.02.08
06.01.11
23
13
San Tome
03.02.09
03.01.12
3
2
Serra-Leone
05.10.06
05.09.10
52
7
Tojikiston
21.04.09
20.04.12
78
52
Togo
21.04.08
20.04.11
84
26
Zambiya
06.04.08
06.03.11
220
55
Jami
2414
1122
Manba: www.imf.org
• Qoplovchi m oliyalash 1963-yilda joriy etilgan bo‘lib, jahon bozorlarida tovar 
xomashyo narxining o‘zgarishi natijasida eksport tushumi kamomadi vujudga 
kelgan yoki oziq-ovqat importi qiymatining o‘sishiga duch kelgan mamlakat­
larga taqdim etiladi.
• Favqulodda yordam . Bu tartib favquloddagi holatlar tufayli to‘lov balansida 
yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishda a’zo mamlakatlarni qo‘llab-quv- 
vatlash maqsadida 1962-yilda joriy etilgan. 1995-yilda a’zo mamlakatlarda har­
biy mojarolar tufayli ularning institutsional va ma’muriy salohiyatiga putur yet- 
kazilgani sababli m azkur tartibni qo‘llash miqyosi yanada kengaytirilmoqda. 
XVF kreditlash tizimi quyidagi shartlarni o‘z ichiga oladi:
• XVF yordam berish agentligi yoki rivojlanish banki hisoblanmaydi;
• XVF kreditlari belgilangan siyosatga asoslanadi: qarz oluvchi mamlakat to‘lov 
balansi muammosini bartaraf etishga qaratilgan siyosatni qabul qilishi lozim;
• XVF kreditlari bo‘yicha to‘lovlar moliyalash mexanizmi shakllaridan kelib chi­
qib, har olti yoki to‘rt oyda amalga oshiriladi;
531


VIII BO'LIM. OCHIQ IQTISODIYOT
• XVF mamlakatdan olingan qarzni birinchi navbatda to‘lashni talab etadi. Qarz 
olgan mamlakat XVF ning to‘lov balansini moliyalash ehtiyojiga ega boshqa 
mamlakatlarni kreditlay olishi uchun belgilangan tartib bo‘yicha qaytarib bori­
shi lozim;
• XVF dan kredit olgan mamlakat standart, imtiyozsiz moliyalash mexanizmlar 
doirasida bozor shartlari asosida foizlarni, komissiya haqlari va majburiyat bo'­
yicha yig‘imlarni to‘lab boradi;
• moliyaviy mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha kafolatni kuchaytirish maqsadi­
da XVF 2000-yil mart oyida markaziy banklar tomonidan rioya etiladigan oltin 
valyuta zaxiralarini baholash talabini joriy etgan;
• aksariyat hollarda XVF mamlakatni tashqi moliyalash bo‘yicha ehtiyojlarining 
bir qismini qondiradi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini tar­
tibga soluvchi bosh davlatlararo tashkilot bo‘lgan XVF ning tashkiliy tizimi va fao­
liyatini takomillashtirishni taqozo etmoqda. XVF ning kredit berish mexanizmi 
«Vashington konsensusi»ga asoslangan bo‘lib, kredit olmoqchi bo‘lgan mamlakat­
lardan korxonalarni xususiylashtirish, bozor talablari asosida narx belgilashni erkin­
lashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, makroiqtisodiy va moliyaviy 
barqarorlikka erishish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etardi. Yuqo- 
ridagi tartibga solish siyosati asosida an’anaviy monetar nazariyasi yotar edi. Ush­
bu uslublar xalqaro moliya bozorini tartibga solish o‘rniga fond a’zolari o‘rtasida- 
gi bog‘liqlikni kuchaytirdi.
XX asrning 90-yillaridan boshlab XVF tavsiyalarining asosini «neortodoksal, 
institutsional» konsepsiyasi tashkil eta boshladi. Ushbu monetarizm konsepsiya- 
siga, asosan, xalqaro moliya bozorini tartibga solish sxemalarida ustuvor o‘rin- 
ni kredit va banklar tashkil etadi. XVF tomonidan qo‘llanilayotgan yangi mone­
tar siyosatga muvofiq xalqaro moliya bozorini tartibga solishda asosiy urg‘u kre­
dit fondlari taklifiga berila boshlandi. XVF tavsiyalari universal xarakterga ega 
bo‘lib, 2002-yildan boshlab institutsional monetarizm tavsiyalari berila boshlan­
di va valyuta kurslarini tartibga solishning kapital oqimlari harakatidagi turli 
cheklovlarni bekor qilgan holda valyutalarning suzib yuruvchi kursiga ustuvor­
lik berish siyosati ishlab chiqildi.
2004-yildan boshlab XVF ning globallashuv sharoitida xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarning rivojlanish strategiyasi va o‘rni qayta ko‘rib chiqila boshlan­
di. Natijada XVF faoliyatining an’anaviy yo‘nalishlariga jahon moliya arxitek- 
turasining asosini tashkil etadigan turli standart va kodekslarni ishlab chiqish, 
jahon mam lakatlaridagi moliya sektorlarini baholash va m onitoring o‘tkazish, 
terrorizm ni moliyalashtirish va jinoyat yo‘li bilan topilgan pullarni yuvishga 
qarshi kurashlar qo‘shildi. 2007-yilda XVF ning boshqaruv direktori Domi- 
nik Stross-Kan fondning o‘rta muddatga bag‘ishlangan strategiyasini e’lon qil­
di. Yaqin 5 yilga mo‘ljallangan fond strategiyasining yo‘nalishlari quyidagi- 
lardan iborat:
• jahon moliya bozorini nazorat qilish (monitoring) samaradorligini oshirishni 
global va ayrim mamlakatlar darajasida amalga oshirish;
• rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotidagi krizislarning oldini olish va sodir 
bo‘lgan taqdirda undan chiqishga bag‘ishlangan aniq takliflar tizimini ishlab 
chiqish;
• XVF ning kam daromadli mamlakatlarda kambag‘allik darajasini ikki marta 
qisqartirishga qaratilgan faoliyati samaradorligini oshirish;
• XVF ning ichki tashkiliy faoliyatini isloh qilish.
532


33-BOB. XALQARO IQTISODIY TASHKILOTLAR
XVF faoliyatining samaradorligini oshirish va legitimligini ta’minlash maqsa­
dida ustun darajada o‘rta hajmdagi Yevropa mamlakatlaridan iborat bo‘lgan rivoj­
langan mamlakatlar kvotalarini katta oltin-valyuta zaxiralariga ega bo‘lgan yirik, 
barqaror sur’atlarda rivojlanayotgan, shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti mamlakat­
lari foydasiga qayta taqsimlash lozim. 25 ta rivojlangan mamlakatning XVFdagi 
kvotalarining ulushi 60 % dan ortiq bo‘lib, shu jumladan AQSh — 17,7 %, Yapo­
niya — 6,6 %, Germaniya — 6,1 %, Buyuk Britaniya — 4,5 %, Fransiya — 4,5 %, 
Xitoy — 4,0 %, Italiya — 3,3 %, Kanada — 2,9 %, Rossiya — 2,5 % ulushga ega. 
XVFda eng muhim masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun 85 % ovoz olish 
zarur bo‘lgani uchun AQSh, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari fond ustidan nazorat 
0
‘rnatgan1.
2009-yil oktyabr oyida Istanbul shahrida XVF va Umumjahon bankining yillik 
Sammiti majlisida 2011-yilning yanvariga qadar XVF kvotalarining 5 %ni barqaror 
sur’atlarda rivojlanayotgan mamlakatlar foydasiga jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rni- 
ga muvofiq ravishda qayta taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi2:
• jahon moliyasi arxitekturasining mustahkamlanishiga qaratilgan makroiqtiso­
diy institutlarni yaratish;
• XVF ning o‘rta muddatli byudjetini qayta ko‘rib chiqish.
2009-yil 2-aprelda London shahrida G20 mamlakat rahbarlari Sammitida qabul 
qilingan «Xalqaro moliya institutlari orqali resurslarni berish deklaratsiyasi» qaro- 
riga muvofiq XVF va boshqa xalqaro moliya institutlariga krizisga qarshi chora- 
tadbirlar dasturlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida zudlik bilan 850 mlrd. dollar- 
dan iborat mablag‘ jamlandi.
XVF aksionerlari o‘rtasida 250 mlrd. SDR joylashtirilib, uning 100 mlrd. 
dollar ekvivalentiga teng qismi bevosita bozor munosabatlari rivojlanayotgan 
mamlakatlarga yo‘naltirildi. Ko‘p tomonlama rivojlanish banklariga kam daro- 
madli mamlakatlarga kredit berish maqsadida 100 mlrd. dollar ajratildi. Osiyo 
taraqqiyot bankining moliya resurslari 200 % ga, A m erikalararo taraqqiyot
A frika taraqqiyot va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banklari moliya resurs­
lari oshirildi3.
XVF faoliyatini isloh qilish va uning ustav kapitalini 250 mlrd. dollardan 
750 mlrd. dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi. XVF ni turli shaklda moliya- 
lashtirishda G20 davlatlarning faol qatnashuvi ko‘zda tutilgan. Moliyaviy bar­
qarorlik forumini (MBF) «Moliyaviy barqarorlik kengashiga» (MBK) aylanti- 
rish to‘g ‘risida qaror qabul qilindi. MBK tarkibi va vakolati kengaytirildi. MBK 
jahon moliya tizim ining kuchsiz tom onlarini aniqlash, moliyaviy barqarorlik 
boshqaruv organlari o‘rtasidagi koordinatsiyalashuvni ta’minlash va axborot- 
larni ayirboshlash, standartlarni ishlab chiquvchi institutlar faoliyatini moni­
toring qilishdan iborat.
Shunday qilib, XVF ni isloh qilish yaqin besh yil ichida umumlashgan holda 
quyidagi to‘rt yo‘nalishda olib boriladi:
• birinchidan, XVF mandatini qayta ko‘rib chiqib, unga qator makroiqtisodiy 
siyosat va global barqarorlashuvga ta’sir etuvchi moliyaviy sektorga oid cho­
ralar kiritildi;
1 International M onetary Fund, IMF Financial Operations (W ashington, October 2014). P. 145-148.
2 Стамбульские реш ения будут в центре внимания в будущем году. //БВ В , 13.10.2009. №80 (1189).
3 М инин Б. В., Таранкова Л. Г. Д еятельность «Группы 20» по преодолению мирового финансового 
кризиса. // Деньги и кредит, №5, 2009. С. 35.
533


VIII BO'LIM. OCHIQ IQTISODIYOT
• ikkinchidan, XVF ning resurs bazasi yetarli bo‘lmaganligi uchun ko‘p sonli 
mamlakatlarga kredit berish talabidan kelib chiqqan holda, uning moliyalash­
tirish dastaklarini takomillashtirish;
• uchinchidan, XVF tomonidan 20 talik mamlakatlar amalga oshirayotgan siyo- 
satni o‘zaro baholashda yordam berish orqali ko‘p tomonlama nazoratning yan­
gi turini amalga oshirish;
• to‘rtinchidan, 20 talik mamlakatlar guruhi bilan kelishilgan XVF kvotalarini 
barqaror sur’atlarda rivojlanayotgan mamlakatlar foydasiga qayta taqsimlash 
orqali fondning boshqarish tizimini takomillashtirish.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling