Viii bo'lim. Ochiq iqtisodiyot X alqaro m oliya tashkilotlari
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
13-mavzu.Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
33.3.1-rasm.
Mintaqaviy rivojlanish banklari Yevropa tiklanish va taraqqiyot b an k i (YeTTB) — 1991-yilda tashkil topgan va unga 56 ta mamlakat a’zo. YeTTB Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari- ga bozor iqtisodiyotiga o‘tish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishni qo‘llab-quv- vatlash maqsadida tuzilgan. YeTTB tomonidan am alga oshirilayotgan loyihalar soni 1991-2012-yillarda 3644 taga (2012-yilda 393 ta) yetdi. 1991-2012-yillarda amalga oshirilgan loyiha- larning umumiy qiymati 235,4 mlrd. yevroni, 2012-yildagi loyihalar qiymati esa 24,8 mlrd. yevroni tashkil etdi1. YeTTB ning asosiy faoliyat doirasi quyidagilardan iborat: • infratuzilmani rivojlantirish; • turli xususiy va xususiylashtirilgan korxonalarning loyihalarini moliyalashti rish va kreditlash. Bunda resurslarning 60 % xususiy sektorga, 40 % davlat sek- toriga m oijallangan; • xususiy kapital qo‘yilmalarga kafolatlar berish; • iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini qayta qurish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish; • aniq loyihalarga maslahat-texnik yordam berish. Xususiy sektorning rivojlanishi, xususiylashtirish jarayoni, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, moliya muassasalari hamda sanoat sektorini tash kil etish va mustahkamlash, kichik biznesning rivojlanishini qoilab-quvvatlash- ga qaratilgan loyiha va dasturlar YeTTB uchun ustuvor hisoblanadi. Bank xususiy va xususiylashtirilgan korxonalar taklifi, homiylar salohiyati yuqori bolishi va biz nes rejalarining ishonchli boiishini talab qiladi. Boshqa rivojlanish banklaridan farqli ravishda YeTTB siyosiy tuzilmalarni kre- ditlashda ishtirok etmaydi va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash hamda loyihaviy moliyalashga ixtisoslashgan. 1 Ф инансовый о тч ет за 2012 год. w ww .ebrd.com /financialreport. 537 VIII BO'LIM. OCHIQ IQTISODIYOT Bank beradigan kreditining eng kam miqdori 5,0 mln. yevroni tashkil etadi. Foiz stavkalari asosiy bozor stavkasi (odatda, LIBOR) va marjadan tashkil topa- di. Kreditlar bo‘yicha foiz suzib yuruvchi (svop operatsiyalarini qo‘llagan holda) yoki qat’iy stavkalarda belgilanadi. Marja miqdori kredit shartlaridan kelib chiqadi. YeTTB tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar soni 2005-2010-yillarda 267 tadan 386 tagacha ortgan. 2010-yilda YeTTB tomonidan amalga oshirilgan loyihalarning umumiy qiymati 22,0 mlrd. yevroni tashkil etgan (33.3.1-jadval). Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling