Viii bo'lim. Ochiq iqtisodiyot X alqaro m oliya tashkilotlari
Um um jahon ban ki guruh i
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
13-mavzu.Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
Um um jahon ban ki guruh i.
Umumjahon banki guruhiga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonla ma agentlik (MIGA) va Investitsion nizolarni tartibga solishning xalqaro markazi (ICSID) kiradi. XTTB va XTA Jahon bankini tashkil etadi. X T T B — Umumjahon banki guruhining asosiy tashkiloti bo‘lib, 0 ‘r ta va kam daromadli, to‘lov qobiliyatiga ega mamlakatlar hukumatlariga kre dit beradi. XTTB 1944-yilda tashkil etilgan va hozirda a’zo mamlakatlar soni 187 tani tashkil etadi. XTTB ning maqsadi — a’zo mamlakatlar iqtisodiyotini qayta qurishga va rivoj lanishiga kapital qo‘yilmalar berish, xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish orqali qo‘llab-quvvatlash, to‘lov balansi muvozanatini ta’minlash- ga qaratilgan qarz berishdan iborat. 2013-moliya yilida XTTB ning zaxiralarga aylantirilgan yangi kredit resurslari 92 ta operatsiyalar bo‘yicha 15,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Ushbu mablag‘lar miq dori inqirozgacha bo‘lgan 2005-2008-yillar miqdoridan (13,5 mlrd. dollar) oshdi. XTTB kreditlari davlat boshqaruvi va sud-huquq sohasi ((4,4 mlrd. dollar), trans port (2,6 mlrd. dollar), sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy xizmatlar (1,8 mlrd. dol lar) moliya sektori (1,6 mlrd. dollar) ga yo‘naltirildi1. XTTB, odatda, 5-yillik imtiyozli davr bilan 20 yilgacha muddatda uzoq mud datli kreditlarni beradi. Bankning resurs bazasi ikki manbadan shakllanadi. Shu jumladan asosiy qismi jahon moliya bozorlarida turli xil qarz majburiyatlarini joy- lashtirishdan shakllanadi. XTTB a’zo mamlakatlarga hukumat kafolati asosida qarz beradi. Qarzni odat da 10-15 yil muddatga 5 yil imtiyozli davr bilan ajratiladi. XTTB ning foiz stavkasi har 6 oyda o‘zgaradi va o‘rtacha 7 % atrofida belgilanadi. XTTB ustaviga muvofiq aholi jon boshiga 5055 dollargacha YalM to‘g‘ri keladigan mamlakatlargina bank- dan qarz olish huquqiga ega. Yirik taraqqiy etgan mamlakatlar, xususan, bankning 5 ta eng yirik aksionerlari qarz olishi mumkin emas. Jahon banki qariyb 70-yillik faoliyati mobaynida 140 ta mamlakatda qiymati 300 mlrd. dollarga teng 6 mingdan ortiq loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etdi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida Umumjahon banki guruhi o‘z faoliyati samaradorligini oshirish, rivojlanayotgan mamlakatlar ishonchini mus- tahkamlash maqsadida keng miqyosli islohotlar dasturini amalga oshirmoqda. Umumjahon banki guruhi mutaxassislari fikricha, bank tizimidagi islohotlar rivoj lanish sohasidagi faoliyati samaradorligini oshirish, mas’uliyatni kuchaytirish va boshqaruvni takomillashtirish, sarflanayotgan investitsiyalar samaradorligi ni oshirishga qaratilgan. 1 Бедность 2030 Процветание. Годовой отчет 2013. Всемирный банк. Вашингтон, 2013. С. 48. 534 33-BOB. XALQARO IQTISODIY TASHKILOTLAR XXI asr siyosiy iqtisodi jahonda rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rnining bar qaror ortib borishini hisobga olgan holda yangi iqtisodiy tartibni ishlab chiqishni talab etadi. 2009-yil oktyabrda Istanbul shahrida boiib o‘tgan Umumjahon banki guruhining yillik Sammitida aksioner mamlakatlar Jahon bankida rivojlanayotgan mamlakatlar ovoz berish kvotasini minimum 47 %ga va yaqin kelajakda 50 %ga yetkazish to‘g‘risidagi islohotlar rejasini ma’qulladi1. Umumjahon banki guruhi aksionerlari 2010-yil aprelda oxirgi 20-yil ichida birinchi marta Bank kapitalini 86 mlrd. dollarga oshirish taklifini qoilab-quv- vatladi. Qo‘shimcha moliyalashtirish yangi ish o‘rinlarini yaratish, infratuzil- ma, kichik va o‘rta biznes korxonalari, ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish- ga sarflanadi. Ushbu yigilishda Jahon bankida rivojlanayotgan va o‘tish iqtiso diyoti mamlakatlarining ovoz berish kvotasi 3,13 %ga oshirilib, 47,19 %ga, Xal qaro moliya korporatsiyasida esa bu ko‘rsatkich 6,07 %ga oshirilib, 39,48 %ga yetkazildi. X T A — 1960-yilda tashkil etilgan bo iib , unga a’zo mamlakatlar soni 170 tani tashkil etadi. XTA uzoq muddatga foizsiz, kredit ko‘rinishida va bozor shartlari bo‘yicha qarz olish imkoniga ega boimagan dunyoning eng past daro- madli 79 ta mamlakatlariga grantlar beradi. XTA kredit operatsiyalarini donor mamlakatga badallari, XTTB ning sof foydasini o‘tkazish, XMK ning grant- lari va uyushma tomonidan ajratgan kreditlaridan keladigan tushumlar hisobi ga moliyalashtirdi. XTA ning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarga imtiyozli kreditlar berish- dan iborat. XTA ning zaxiralarga aylantirilgan moliya resurslari 2013-moliya yili- da 16,3 mlrd. dollarni, shundan kreditlar -— 13,8 mlrd. dollar, grantlar — 2,5 mlrd. dollar va kafolatlar — 60 mln. dollarni tashkil etdi2. XTA kreditlari 10 yillik imtiyozli davrni kamrab olgan holda 35-40 yilga beriladi. Kreditlar hajmi SDR da aks ettiriladi, lekin moliyalashtirish loyiha xarajatlari amalga oshiriladigan valyutada beriladi. Olingan qarz bo‘yicha foiz hisoblanmaydi, ammo kredit bo‘yicha xizmat ko‘rsatishdan kreditning 0,75 % miqdorida komissiya haqi olinadi. Jahon hamjamiyati XTA ni kam rivoj langan mamlakatlarga yordam beruvchi eng samarali tashkil etilgan moliya ins- tituti sifatida tan oladi. XTA ga a’zolik XTTB ga kirgan barcha mamlakatlar uchun ochiq hisoblana di. XTAda moliyalash hususiyatidan kelib chiqib, a’zolari ikki guruhga bolinadi. Birinchi guruhga Rossiya, AQSh, Kanada, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika va Quvayt kiradi. Ular ning a’zolik badallari erkin almashinadigan valyutada tolanadi. Ikkinchi guruh rivojlanayotgan mamlakatlardan tashkil topgan boiib, ular badalning faqat 10 %ni erkin almashadigan valyutada, qolgan 90 %ni o‘z valyu- talarida tolaydilar. Ikkinchi guruh ishtirokchilarining badallari faqat hukumat bilan maxsus shartnomaga muvofiq loyihalarni moliyalashtirishda foydalanili- shi mumkin. XMK — rivojlanayotgan mamlakatlar xususiy sektorini qollab-quvvatlash maqsadida 1956-yilda tashkil etilgan. A’zo mamlakatlar soni 182 tani tashkil eta di. Zaxiraga aylantirilgan resurslar portfeli 34,4 mlrd. dollarni va sinditsiyalash- gan kreditlari 8 mlrd. dollarni tashkil qiladi. 2013-moliya yilida 103 mamlakatda 1 Стамбульские решения будут в центре внимания в будущем году. // БВВ, 13.10.2009. № 80. (1189). 2 Бедность 2030 Процветание. Годовой отчет 2013. Всемирный банк. Вашингтон, 2013. С. 48. 535 VIII BO'LIM. OCHIQ IQTISODIYOT 612 ta yangi loyiha bo‘yicha zaxiralashgan mablag‘lar hajmi 18,349 mlrd. dollar ni tashkil etdi1. XM K ning asosiy vazifasi bo‘lib, rivojlanayotgan m am lakatlarda xususiy investor va moliya institutlariga kapitalni samarali joylashtirishga ko‘maklashish- da vositachilik qilish hisoblanadi. XMK bozor holatiga yaqin shartlar bo‘yicha 12 yil imtiyozli davr bilan 3 yildan 15 yilgacha qarz beradi. Qariyb 80 % passivlari moliya bozorlaridan jalb etiladi, qolgan 20 % esa XTTB dan qarzga olinadi. Odat da, XMK boshqa investorlar ishtirokidagi loyihalarni moliyalashtiradi, uning ulu shi 25-35 % ni tashkil qiladi. Birgalikdagi moliyalashtirish XMK faoliyatining o‘zi- ga xos jihati bo‘lib, qarz berishdan tashqari, xususiy korxonalar kapitaliga ham pul qo‘yishni amalga oshirishda namoyon bo‘ladi. MIGA — 1988-yilda a’zo mamlakatlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Hozirda agentlikka 175 ta mamlakat a’zo bo‘lib, 1990-2011-moliya yillarida jam i ajratilgan kafolatlari hajmi 23,8 mlrd. dol larga teng. Agentlik tomonidan 2011-moliya yilida 38 ta loyiha bo‘yicha 2,1 mlrd. dollar miqdorida kafolatlar berilgan (33.2.5-jadval). Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling