Ayollarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni qay darajada? Ijtimoiy-siyosiy hamda ijtimoi


AQSh Ayollar tashkilotlari milliy kengashining raisi, Ayollarni o’rganish va o’qitish instituti prezidenti Syuzan Skanlanning


Download 29.9 Kb.
bet2/6
Sana21.02.2023
Hajmi29.9 Kb.
#1219462
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ayollarning jamiyat hayotida tutgan o

AQSh Ayollar tashkilotlari milliy kengashining raisi, Ayollarni o’rganish va o’qitish instituti prezidenti Syuzan Skanlanning fikr bildirishicha, O’zbekistonda ayollar huquqlarining himoyasi bo’yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar yuqori bahoga munosibdir.
“O’zbekiston ta’limning boshlang’ich bosqichidanoq qizlarning yuqori maosh to’lanadigan kasblarga (ilm-fan, texnologiya, injeneriya va boshqalar) tayyorlanishi nuqtai nazaridan boshqa mamlakatlardan, shu jumladan, Amerika Qo’shma Shtatlaridan oldinda, deb hisoblaydi u. Respublikaga safarlarim chog’ida qizlar orasida bunday bitiruvchilarni ko’p uchratdim, men ularning sa’y-harakatlari va muvaffaqiyatlaridan quvonaman. Ayollarni ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar, ayniqsa, qishloq joylarda ayollar ehtiyojlariga qaratilayotgan e’tibor alohida diqqatga sazovordir. O’zbekistonga birinchi safarim chog’ida butun mamlakat bo’ylab homilador ayollar va yosh onalarga maxsus tibbiy xizmat ko’rsatadigan sayyor guruhlarning faoliyati bilan tanishdim. Bunday usulni Amerikada ham qo’llasa bo’ladi”.
Rossiya hukumati huzuridagi Moliya universitetining “Amaliy siyosatshunoslik” kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Yevgeniya Maxmutovaning fikricha, ayollarni qo’llab-quvvatlashning rivojlangan tizimi, shubhasiz, davlat samaradorligi, yetukligi va mustaqilligining ko’rsatkichi hisoblanadi. Uning aytishicha, O’zbekiston Respublikasida ayollarning iqtisodiy va fuqarolik huquqlari ta’minlanishi yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda.
“Saylov jarayonlari ijtimoiy yo’naltirilganligining muhim tavsifi bo’lgan 2014-yildagi parlament saylovlari hamda 2015-yilgi Prezident saylovi bu fikrni tasdiqladi, dedi Y.Maxmutova. Barcha uchastklarda maxsus ona va bola, tibbiyot xonalari jihozlandi. Shu tariqa ovoz bermoqchi bo’lgan ayollar bolamni kimga qoldirsam ekan, deya o’ylanib qolishmasdan o’zlarining saylovchi sifatidagi huquqlaridan foydalanish imkoniga ega bo’ldilar.
Davlat va mahalliy boshqaruv tizimida ayollar tutgan o’rinning ahamiyati kam emas. Ayollarning respublika siyosiy hayotiga faol integratsiyasi, siyosiy qarorlar qabul qilinishiga ularning ta’sir ko’rsatishi O’zbekiston boshqaruv tizimidagi o’ziga xoslik hisoblanadi”.

Download 29.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling