Ayollarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni qay darajada? Ijtimoiy-siyosiy hamda ijtimoi
Fuqarolik jamiyati muammolari tadqiqot markazining (Ukraina) direktori Vitaliy Kulik
Download 29.9 Kb.
|
Ayollarning jamiyat hayotida tutgan o
Fuqarolik jamiyati muammolari tadqiqot markazining (Ukraina) direktori Vitaliy Kulik qayd etishicha, gender munosabatlari butun madaniyatni, jamiyat qurilishi, davlat institutlari, qaror qabul qilish usullari va fikrlash uslubini o’zida mujassam etadi. Ular tilda, urf-odatlarda, san’at va hatto ishlab chiqarishda ham o’zining o’chmas izini qoldiradi.
V.Kulik o’tgan yillar davomida O’zbekistonda ayollarning ijtimoiy siyosiy faolligini, jamiyat va davlat qurilishi vazifalarini hal etishda ularning o’rni va maqomini oshirish yuzasidan salmoqli o’zgarishlar ro’y berganini ta’kidladi. “Gender munosabatlarini uyg’unlashtirishga umum demokratik jarayonning ajralmas bo’lagi sifatida qaraladi, deydi komil ishonch bilan ekspert. Biroq demokratlashtirish o’z-o’zidan avtomatik tarzda gender muammolarining hal qilinishiga olib keladi, deb hisoblash mumkin emas. Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, buning uchun alohida harakat lozim. Va bu masala bo’yicha O’zbekiston butun Markaziy Osiyo mintaqasiga namuna bo’lishi mumkin. Bugungi kunda O’zbekiston kasaba uyushmalari tizimida maxsus tuzilma - Ayollar kengashi, tarmoq va hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlarining huzurida esa ayollar bilan ishlash komissiyalari faoliyat ko’rsatmoqda. Ular tomonidan ishchi ayollar ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, jamoa shartnomalari va bitimlar vositasida ular uchun qo’shimcha imtiyoz va kafolatlar yaratilmoqda. Bunday tajriba hatto Yevropa qonunchiligida ham mavjud emas”. Ekspertning aytishicha, O’zbekistonda maksimal darajadagi bandlikni ta’minlashga, ishlaydigan ayollarning daromadlarini oshirishga yo’naltirilgan samarali gender siyosati ishlab chiqilgan va u hayotga tadbiq etilmoqda, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlarining bitiruvchi qizlari bandligi ta’minlanishiga ko’maklashish amalga oshirilmoqda. “Ayollarning huquq va erkinliklari ta’minlanishi, ularning farovonligi va ijtimoiy himoyasi yaxshilanishi bo’yicha majmuaviy chora-tadbirlarning amalga oshirilishi bo’yicha O’zbekiston tajribasi Markaziy Osiyo davlatlari uchun davlat gender siyosatining modeli bo’lishi mumkin, ayrim masalalarda esa u jinslar teng huquqliligi ta’minlanishidagi Yevropa tajribasini ham boyitadi”, deb hisoblaydi V.Kulik. Download 29.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling