Ayollarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni qay darajada? Ijtimoiy-siyosiy hamda ijtimoi
Download 29.9 Kb.
|
Ayollarning jamiyat hayotida tutgan o
“Times Kuwait” gazetasi ham O’zbekistonda ayollar salomatligini muhofaza qilishga alohida e’tibor berilayotganini yuqori baholaydi.
“Mamlakatda dunyoda birinchilardan bo’lib ayollarni polivitaminlar bilan ta’minlash amaliyoti joriy qilingan, deya ma’lumot beradi nashr. Natajada shifobaxsh polivitaminlar iste’mol qilgan onalar va ulardan dunyoga kelayotgan farzandlarning salomatligi ko’rsatkichi yaxshilanib, kasalliklar kamayib bormoqda. Birlamchi tibbiy-profilaktika muassasalarida aholining, jumladan, fertil yoshdagi ayollar, bolalar va o’smirlarning salomatligini yanada yaxshilash va kasalliklar oldini olish maqsadida har oyda an’anaviy tarzda chuqurlashtirilgan tibbiy ko’riklar o’tkazilmoqda. 2014-yili “Sog’lom ona - sog’lom bola” loyihasi doirasida tashkil etilgan ana shunday tadbirlarda 13 million 600 ming nafardan ko’proq ayol va bola qamrab olindi va kasalligi aniqlanganlar tegishli tartibda sog’lomlashtirildi”. Shunday qilib, oliy ma’lumotli mutaxassis, bunyodkor va ijodkor bo’lgan bugungi O’zbekiston xotin-qizlari o’zining mehnatkashligi, iqtidori va salohiyati bilan ulkan natijalarga erishmoqda. Ayni paytda ular oila va jamiyatimizda tinchlik, totuvlik, farovonlik va hamjihatlikni ta’minlashdek mas’uliyatli vazifalarni o’zining nozik yelkasida ko’tarib kelmoqda. Davlat tomonidan xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning iste’dod va intilishlarini yuzaga chiqarish uchun barcha sharoit yaratish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Bu yo’nalishdagi islohotlarning natijalari xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholangani holda O’zbekiston ayollari alohida e’zoz va hurmat topgan mamlakat sifatida nom qozondi. Download 29.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling