Ayollarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni qay darajada? Ijtimoiy-siyosiy hamda ijtimoi
Xitoyning «Dunfan Szabao» (“Sharq tongi”) gazetasi
Download 29.9 Kb.
|
Ayollarning jamiyat hayotida tutgan o
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diplomacy India” (Hindiston) elektron portalida
Xitoyning «Dunfan Szabao» (“Sharq tongi”) gazetasi ham O’zbekistonda ayollarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ular uchun munosib mehnat sharoiti yaratish bo’yicha olib borilayotgan ishlar bilan o’z o’quvchilarini tanishtirdi.
“Bugungi kunda jamoa shartnomalari va bitimlariga ayollarning ijtimoiy himoyasi sifati va samaradorligini oshirish bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan maxsus bo’lim kiritilgan, deb yozadi gazeta. Shu tariqa ayollarning maksimal darajadagi bandligi, ishlaydigan ayollarning daromadlarini oshirish ta’minlanmoqda, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlari bitiruvchilarining bandligiga ko’mak ko’rsatilmoqda. Korxona va tashkilotlarda 2 yashardan 3 yoshgacha bolalari bo’lgan yosh onalarga jamoa shartnomalari asosida moddiy yordam ham berilmoqda. Nodavlat jabhasidagi korxonalarda mehnat qiladigan onalar uchun ish haqi saqlangan holda haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti belgilangan. Ikki yashargacha bolalari bo’lgan ishchi ayollar bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslardan foydalanishadi, bu tanaffus ish vaqtiga kiritilgan bo’lib, o’rtacha oylik ish haqi hisobi bo’yicha haq to’lanadi”. “Diplomacy India” (Hindiston) elektron portalida e’lon qilingan maqolada esa ayollar bandligi ta’minlanishida kasanachilik mehnatiga hamda xususiy tadbirkorlikka alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlanadi. “Oilaviy biznesni tashkil qilish, ayollarning huquqiy, tadbirkorlik sohasidagi bilimlarini hamda ko’nikmalarini oshirish maqsadlarida davra suhbatlari va seminarlar o’tkazilmoqda. Ular chog’ida mutaxassislar tomonidan ayollar tadbirkorligini qanday rivojlantirish, biznes rejalar tuzish, hujjat yuritish, soliq imtiyozlari, kredit olish singari savollar yuzasidan maslahat va tavsiyalar berilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida endigina ish boshlayotgan ayollar uchun bepul yuridik maslahatlar tizimi yo’lga qo’yilgan”, deb yozadi “Diplomacy India”. Bundan tashqari, maqolada ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun ajratilayotgan kreditlar hajmi yil sayin o’sib borayotgani ham qayd etilgan. “2014-yili tadbirkor ayollar uchun salkam bir trillion so’m miqdorida kreditlar ajratilgani holda 2013-yilga nisbatan 1,4 barobar o’sish ta’minlandi. Sanoat, qishloq xo’jaligi va xizmat ko’rsatish sohalariga yo’naltirilgan kreditlar hisobidan minglab ayollar o’z biznesini yo’lga qo’yishib, o’z oilalarining hayot darajasini oshirdilar. “Imtiyozli kreditlar ajratilishida respublika tijorat banklari qishloq joylarda ayollar boshqarayotgan, ularning mehnatidan foydalanilayotgan kichik korxonalarni rivojlantirish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni rag’batlantirish, kasanachilik va yangi ish o’rinlarini yaratishga qaratilgan qishloq kichik korxonalarini rivojlantirish bo’yicha loyihalarni qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Joriy yilda ham bu yo’nalishlarga bir trillion so’mdan ziyod kreditlar ajratilishi ko’zda tutilgan”, deb yozadi “Diplomacy India”. O’z navbatida, Quvaytda chop etiladigan Download 29.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling