Ayrish azolarini tuzilishi
Sistit. Siydik pufagi ichki shilliq pardasining yallig‘lanishi. Sababi
Download 57.5 Kb.
|
AYRISH AZOLARINI TUZILISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uretrit.
- Siydik tosh kasalligi (buyrak sanchig`i).
Sistit. Siydik pufagi ichki shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Sababi: Siydik pufagida toshlarning bo‘lishi, shamollash, angina kasalligida mikroblar qon orqali tarqalishi, kimyoviy moddalar ta‘siri, piyelonefrit va prostatitning asorati. Belgilari: peshobning tez-tez og`riqli bo`lishi, siydikning loyqalanishi, qovuq sohasida og‘riq, ba`zida tana haroratining ko‘tarilishi. Tibbiy yordam: 1.Bemor urolog shifokori nazoratida davolanadi. 2.Ko‘p miqdorda iliq suyuqlik ichish. 3. Iliq, o‘tiruvchi vanna (10 minut), qovuq sohasiga issiq grelka. 4.Og‘riq bezovta qilganda belladonna ekstrakti 10-15 tomchidan 2-3 mahal, sistenal 5-10 tomchi yoki urolesan 8-10 tomchi shakarga tomizib kuniga 2-3 mahal, no-shpa, papaverin, anestezin 1 tabletka 2 mahal (bittasi). 5. Antibiotiklar piyelonefritga o`xshash. 6.Og`ir kechishida bemor shifoxonaning urologiya bo`limida davolanadi. Uretrit. Siydik chiqarish kanali shilliq pardasining yallig‘lanishi. Sababi: shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, shamollash, sistitning asorati, siydik yo‘liga siydik pufagidan mayda tosh o`tib, tiqilib qolishi. Belgilari: Siydik yo‘lining achishishi, tez-tez og‘riqli siydik ajratish, siydikning loyqalanishi, ba‘zan tana haroratining ko‘tarilishi. Tibbiy yordam: 1. Bemor urolog shifokori nazoratida davolanadi. 2.Iliq o‘tiruvchi vanna. 3.Mikroblarga qarshi antibiotiklar piyelonefritga o`xshash. 4.Urologiya shifoxonasi sharoitida siydik yo`li furatsilin (1:5000) va bohqa eritmalar bilan kateter yordamida yuviladi. Siydik tosh kasalligi (buyrak sanchig`i). Buyrak jomi va siydik pufagida tuzlar cho‘kib tosh hosil qiladi. Sababi: buyrak jomi va siydik pufagining yallig‘lanishi, mineral moddalar almashinuvining buzilishi, uzoq muddat davomida sho‘r (sertuz) taomlarni iste’mol qilish. Belgilari: Buyrak jomida hosil bo`lgan tosh joyidan siljiganda bel sohasining o`ng yoki chap tomonida to‘satdan kuchli og‘riq paydo bo‘ladi. Og‘riq qovurg‘a osti, qorin sohasiga tarqaladi. Bu buyrak sanchig`i deb nom olgan. Siydik pufagida tosh bo`lsa, u joyidan siljiganda qovuq sohasida og`riq paydo bo`ladi. Og`riq siydik chiqarish kanali bo`ylab pastga tarqaladi. Download 57.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling