Ayrish azolarini tuzilishi


Sistit. Siydik pufagi ichki shilliq pardasining yallig‘lanishi. Sababi


Download 57.5 Kb.
bet2/4
Sana28.03.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1303187
1   2   3   4
Bog'liq
AYRISH AZOLARINI TUZILISHI

Sistit. Siydik pufagi ichki shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Sababi: Siydik pufagida toshlarning bo‘lishi, shamollash, angina kasalligida mikroblar qon orqali tarqalishi, kimyoviy moddalar ta‘siri, piyelonefrit va prostatitning asorati.
Belgilari: peshobning tez-tez og`riqli bo`lishi, siydikning loyqalanishi, qovuq sohasida og‘riq, ba`zida tana haroratining ko‘tarilishi.
Tibbiy yordam: 1.Bemor urolog shifokori nazoratida davolanadi.
2.Ko‘p miqdorda iliq suyuqlik ichish.
3. Iliq, o‘tiruvchi vanna (10 minut), qovuq sohasiga issiq grelka.
4.Og‘riq bezovta qilganda belladonna ekstrakti 10-15 tomchidan 2-3 mahal, sistenal 5-10 tomchi yoki urolesan 8-10 tomchi shakarga tomizib kuniga 2-3 mahal, no-shpa, papaverin, anestezin 1 tabletka 2 mahal (bittasi).
5. Antibiotiklar piyelonefritga o`xshash.
6.Og`ir kechishida bemor shifoxonaning urologiya bo`limida davolanadi.
Uretrit. Siydik chiqarish kanali shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Sababi: shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, shamollash, sistitning asorati, siydik yo‘liga siydik pufagidan mayda tosh o`tib, tiqilib qolishi.
Belgilari: Siydik yo‘lining achishishi, tez-tez og‘riqli siydik ajratish, siydikning loyqalanishi, ba‘zan tana haroratining ko‘tarilishi.
Tibbiy yordam: 1. Bemor urolog shifokori nazoratida davolanadi.
2.Iliq o‘tiruvchi vanna.
3.Mikroblarga qarshi antibiotiklar piyelonefritga o`xshash.
4.Urologiya shifoxonasi sharoitida siydik yo`li furatsilin (1:5000) va bohqa eritmalar bilan kateter yordamida yuviladi.
Siydik tosh kasalligi (buyrak sanchig`i). Buyrak jomi va siydik pufagida tuzlar cho‘kib tosh hosil qiladi.
Sababi: buyrak jomi va siydik pufagining yallig‘lanishi, mineral moddalar almashinuvining buzilishi, uzoq muddat davomida sho‘r (sertuz) taomlarni iste’mol qilish.
Belgilari: Buyrak jomida hosil bo`lgan tosh joyidan siljiganda bel sohasining o`ng yoki chap tomonida to‘satdan kuchli og‘riq paydo bo‘ladi. Og‘riq qovurg‘a osti, qorin sohasiga tarqaladi. Bu buyrak sanchig`i deb nom olgan.
Siydik pufagida tosh bo`lsa, u joyidan siljiganda qovuq sohasida og`riq paydo bo`ladi. Og`riq siydik chiqarish kanali bo`ylab pastga tarqaladi.



Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling