Aytilgan qo’shiqning so’zlari tanaga qaratilgan bo’lsa, uning ohangi bolaga qaratilgan


Download 18.44 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi18.44 Kb.
#1329308
Bog'liq
Abu Ali ibn Sino


Abu Ali ibn Sino - 980 yili Arshona qishlog’ida (Buxoro yaqinida) tug’ilgan. Ibn Sino o’zining ilmiy dunyoqrashi bilan butun jahonda fan taraqqiyotiga va uning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan olim Ibn Sino o’zining ilmiy dunyoqrashi bilan butun jahonda fan taraqqiyotiga va uning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan olim hisoblanadi. CHunki uning asarlari jahonning hamma tillariga tarjima qilingan va o’zining hayotligi paytida Evropada Avitsina nomi bilan, uning asarlari ta’lim maskanlarida o’quv quroli sifatida foydalangan. Uning «Tabobat qonuni» asari o’sha davrdagi , keyingi davrdagi va hozirgi davrida ham tibbiyot sohasidagi olimlarning qo’llanmasi hisoblanadi. Ibn Sino «juda og’ir va mashaqqatli hayot kechirgan» shunga qaramasdan ilm-fanning hamma sohalarida o’zining o’chmas izini qoldirgan.

Ibn Sino jahonda birinchi bor psixologiya fanida tajriba amalga oshirgan alloma hisoblanadi. U emotsional holatlar bo’yicha dastlabki tajribalarni amalga oshirgan. Uning «Tadbiri manozil» asarida ta’lim-tarbiyada uning psixologik asoslariga alohida e’tibor bergan. Bu asarda alohida bob bo’lib, bu bob boalarni tarbiyalash, maktabda o’qitish deb nomlanadi.



Ibn Sino birinchi bor tarbiyada suhbat metodini qo’llashni taklif etadi. Bolalarni o’qitishda va tarbiyalashda bir guruhda yoki jamoada tarbiyalansa, ular faoliyat turlarini amalga oshirishda bir-biriga moslashadi, bir-biriga hurmat-e’tibori kuchayadi va jamoaning ta’sirida eraksiz odatlarni yo’qotadi deb ta’kidlaydi. Bu bilan u birinchi bor ijtimoiy psixologiya asoslariga ham asos soldi. Bundan tashqari Ibn Sino tarbiya metodlari haqida ham to’xtalib o’tadi. Tarbiya metodlaridan oila tarbiyasi, oilda bola tarbiyasini amalga oshirishda regional xususiyatlarni qo’llash zarurligini ta’kidlaydi. Ibn Sino shaxs taraqqiyotida musiqaning o’rni haqida ham to’xtalib o’tadi. U allaning ahamiyati haqida shunday deydi: «Aytilgan qo’shiqning so’zlari tanaga qaratilgan bo’lsa, uning ohangi bolaga qaratilgan »,-deydi. Ibn Sino Aristotel’ va Farobiy ta’limotiga asoslanib ruh va tana haqidagi ta’limot doirasida fikr yuritgan. CHunki u ham o’zidan oldingi allomalar kabi tana va ruh haqidagi ta’limotni, jon ta’limoti doirasida ta’kidlaydi. Bundan tashqari Farobiy tarbiyaning qattiq va yumshoqligi haqida ham o’z fikrlarini bayon qiladi. Bu o’z navbatida tarbiya psixologiyasining asosiy g’oyasi va metodlaridan biri hisoblanadi. Uning fikricha shogirdga ta’lim-tarbiya berishda haddan tashqari qattiqqo’llik ustozga nafrat hissini uyg’otadi. Uning ruhida o’z ustoziga nisbatan qarama-qarshilikni yuzaga keltiradi. Tarbiyadagi haddan tashqari yumshoqlik esa, shogirdga ustozga nisbatan mensimaslik hissini yuzaga ketiradi. Ibn Sinoning tibga oid yozgan asarlarining 30 dan ortigʻi bizgacha yetib kelgan, ularning orasida „Qonun“ kabi tibbiy ensiklopediya bilan bir qatorda tibning ayrim nazariy va amaliy masalalariga bagʻishlangan turli hajmdagi „Urjuza fi-ttibb“ („Tibbiy ur-juza“), „alAdviyat alqalbiya“ („Yurak dorilari“), „Dafʼ almadorr al-kulliya an-al-abdon al-insoniya“ („Inson badaniga yetishgan barcha zararlarni yoʻqotish“), „Kitob al-qulanj“ („Qulanj haqidagi kitob“), „Maqola fi-nnabz“ („Tomir urishi haqida makr-la“), „Risola fi-l-boh“ („Shahvoniy quvvat haqida risola“), „Risola fi tadbiri al-musofirin“ („Safardagilarning tadbiri haqida risola“), „Risola fi xifz as-sihha“ („Sogʻliqni saqlash haqida risola“), „Risola fi-s-sikanjubin“ („Sikanjubin haqida risola“), „Risola fi-lfasd“ („Qon olish haqida r.isola“), „Risola fi-lhindabo“ („Sachratqi haqida risola“) kabi risolalari ham bor.
Ibn Sino oʻz davridagi ilmlar tasnifi masalasiga ham jiddiy eʼtibor bilan karadi va bu soqada „Aqsom al-ulum alaqliya“ („Aqliy ilmlar tasnifi“) nomli asar yozdi. Unda olim aqliy ilmlarni hikmat — falsafa ilmlari deb olib, ularni nazariy va amaliy qismlarga boʻldi. Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Nazariy falsafa 3 ga boʻlinadi: 1) quyi darajadagi ilm, yaʼni tabiatshunoslik (tib, kimyo, astrologiya va boshqalar); 2) oʻrta darajadagi ilm — mat. (geometriya, arifmetika, astronomiya, musiqa); 3) oliy darajadagi ilm — metafizika (ilohiyot). Amaliy falsafa ham uch kiyem (axloq, iqtisod va siyosat) ga boʻlinib, birinchisida bitta shaxs, uning feʼl-atvori qanday boʻlishi haqida; ikkinchisida insonlarning oilada, xoʻjalik ishlarida bir-biri bilan munosabatlari qanday boʻlishi va uchinchisida shahar yoki oʻlka miqyosida kishilarning bir-biri bilan munosabati qanday boʻlishi, davlatni idora qilish haqida ran boradi. Bu turkumlar ham mayda tarmoqlarga boʻlinib ketadi. Asarda 29 ilm tarmogʻi tilga olinadi, Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda insonlar oʻzaro yordam asosida yashashlari kerak deb taʼkidlaydi. Jamiyat kishilarning oʻzaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini aytadi. Jamiyat aʼzolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi lozim. Agar hokim podshoning oʻzi adolatsizlikka yoʻl qoʻysa, xalqning unga qarshi qoʻzgʻoloni toʻgʻri va jamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlanmogʻi kerak, deb hisoblaydi. Oʻzining axloq toʻgʻrisidagi fikrlarida insonlarning kundalik ishlaridagi eng zarur axloqiy munosabatlarga, kamtarlik, izzathurmat, jasurlik, toʻgʻrilik, sofdillik kabi xulqiy qoidalarga alohida eʼtibor beradi.
Ibn Sino oʻzining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va Gʻarb madaniyatining rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Sharqning Umar Xayyom, Abu Ubayd Juzjoniy, Nasriddin Tusiy, Fariduddin Attor, Ibn Rushd, Nizomiy Ganjaviy, Faxriddin Roziy, atTaftazoniy, Nosir Hisrav, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ulugʻbek, Bedil, Bahma-nyor ibn Marzbon kabi mutafakkir va olimlari oʻz asarlarida Ibn Sino taʼlimoti va ilmiy gʻoyalarini davom ettirdilar. Yevropada allomaning asarlari 12-asr dan boshlab lotin tiliga tarjima qilinib, universitetlarda oʻqitila boshlandi. Yevropaning mashhur faylasuf va tabiatshunos olimlaridan Jordano Bruno, Gundisvalvo, Vilgelm Overnskiy, Aleksandr Gelskiy, Albert fon Bolshtedt, Foma Akvinskiy, Rojer Bekon, Dante va boshqalar I. S.ning ilgʻor fikrlaridan oʻz ijodlarida foydalandilar va uning nomini zoʻr hurmat bilan tilga oldilar.
Ibn Sino ilmiy merosini oʻrganish ishlari yangi davrga kelib jadal tus oldi va natijada chet el hamda Oʻzbekistonda maxsus ilmiy yoʻnalish — sinoshunoslik vujudga keldi. „Tib qonunlari“ning lotincha tarjimasi toʻliq holda 40 marta nashr etildi. Uning ayrim qismlari nemis, ingliz va fransuz tillariga tarjima qilindi, olimning falsafiy va boshqa sohalarga oid asarlari ham jahonning bir necha tillarida nashr etildi, uning ijodiga oid qator yirik tadqiqotlar yaratildi. Jahonning turli kutubxonalarida Ibn Sino asarlarining qoʻlyozmalari saqlanadi, shu jumladan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ham alloma qalamiga mansub 50 asarning 60 ta qoʻlyozmasi mavjud. Yevropa olimlari Ye. Bishmann, Yu. Rus-ka Karra de Vo, X. Korbin, Kruz Xernandez, L. Garde, A. M. Guashon, X. Ley, P. Morividj, J. Saliba hamda arab, turk va eron olimlari M. U. Najotiy, A. N. Nodir, J. Sh. Qanavotiy, Said Nafisiy, Yahyo Maxdaviy, Umar Farrux, E. Ihsonoʻgʻlu, F. Rahmon, M. Muso, H. Gʻaraba, M. Shohvardiy va boshqa Ibn Sino ijodini oʻrganishga maʼlum hissa qoʻshdilar. Rossiyalik olimlardan Ye. E. Bertels, A. Ya. Borisov, I. S. Braginskiy, S. I. Grigoryan, B. A. Petrov, B. A. Rozenfeld, V. N. Ternovskiy, A. V. Sagadeyev, M. M. Rojanskaya, Tojikiston olimlaridan S. Ayniy, M. Dinorshoyev, T. Mardonov, N. Rahmatullayev, A. Bahovuddinov, Yu. Nuraliyev bu yoʻnalishning rivojlanishiga xizmat qildilar. Oʻzbekistonda Ibn Sino asarlarini tarjima va tadqiq etishda sharqshunos olimlar S. Mirzayev, A. Murodov, A. Rasulov, U. I. Karimov, Yu. N. Zavadovskiy, A. A. Semyonov, M. A. Salye, P. G. Boʻlgakov, Sh. Shoislomov, E. Talabov, H. Hikmatullayevlar ulkan ishlarni amalga oshirdilar. T. N. Qori-Niyoziy, I. M. Moʻminov, M. M. Xayrullayev, M. N. Boltayev, A. Axmedov, G. P. Matviyevskaya, V. K. Jumayev, N. Majidov, O. F. Fayzullayev, M. B. Baratovning monografiya va maqolalarida Ibn Sino ijodining turli qirralari tadqiq etilgan. Rus antropologi M. M. Gerasimov, bir necha tarixiy shaxslar qatori, Ibn Sinoning ham kalla suyagi asosida haykalportretini yaratgan. Andijon tibbiyot instituti xodimlari (Yu. O. Otabekov, Sh. H.Hamidullin, Ye. S. Sokolova) Ibn Sinoning ilmiy asoslangan timsolini haykal-byustda tasvirladilar (1965). Oʻzbekistonlik rassom S. Marfin Ibn Sino badiiy portretini ishlagan (1968). Ibn Sino haqida „Oʻzbekfilm“ studiyasi ijodkorlari (rej. E. Eshmuhamedov; O. Agishev, E. Eshmuhamedov ssenariysi) „Dahoning yoshligi“ tarixiy-biografik badiiy filmini (1984) yaratdilar.
Oʻsimliklarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan mashhur shved botanigi Karl Linney (1707—78) doimo yashil boʻlib turuvchi bir tropik daraxtni Ibn Sino sharafiga Avitsennia deb atadi. Oʻzbekiston yerida topilgan (1956) yangi mineral Ibn Sino nomi bilan Avitsennit deb ataladi. Buxoro shahar va Afshona qishlogʻida Ibn Sinoga haykal oʻrnatildi, Belgiyaning Kortreyk shaxrida ham Ibn Sino ga qoʻyilgan (2000) haykal bor. Afshonada Ibn Sino muzeyi ochildi. Oʻzbekiston va Tojikistondagi tibbiy oliy va oʻrta bilim yurtlariga, nashriyotga (qarang Ibn Sino nomidagi nashriyot), sanatoriy, shifoxona, kutubxona, maktab, koʻcha, jamoa xujaliklari, turar joy mavzelariga Ibn Sino nomi berildi. Tojikistonda fan sohasida katta yutuklarni taqdirlash uchun Ibn Sino nomidagi respublika davlat mukofoti taʼsis etilgan. .
Mavzu: Abu Ali Ibn Sinoning psixologik qarashlari.
Reja:

  1. Ibn Sino o’zining ilmiy dunyoqrashi bilan butun jahonda fan taraqqiyotiga va uning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan olim.

  2. Ibn Sino jahonda birinchi bor psixologiya fanida tajriba amalga oshirgan alloma hisoblanadi.

  3. Ibn Sinoning tibga oid yozgan asarlarining 30 dan ortigʻi bizgacha yetib kelgan.

  4. Abu Ali Ibn Sinoning falsafiy qarashlari.

  5. Xulosa.

Download 18.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling