Azeotrop aralashmalar va ularni ajratish. Suyuqlikning o’zaro erishi


Download 167.01 Kb.
bet2/4
Sana14.05.2023
Hajmi167.01 Kb.
#1458616
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-AZEOTROP ARALASHMALAR VA ULARNI AJRATISH. SUYUQLIKNING O’ZARO ERISHI.

Aralashmalarda azeotropni hosil bo’lishi salbiy holdir. Uni yo’qotish yullaridan biri-tashqari bosimni o’zgartirish-bu bilan aralashmaning qaynash temperaturasi o’zgaradi. Tashqi bosim o’zgarishi bilan azeotrop tarkibi va temperatura egrisidagi ekstremum nuqta o’rni o’zgaradi va ba’zi xollarda u yuqolishi ham mumkin.

Misol: Suv–etil spirti sistemasi ustidagi bosim 1013 dan 133 gPa gacha kamayganda azeotrop aralashma tarkibi 89,5 dan 99,6 % etanolgacha o’zgaradi.

Suyuqliklarni o’zaro erishi.

Suyuqliklarni o’zaro erishi.

Ikki suyuqlikni bir – birida erishini kuzatadigan bo’lsak 3 holatni kuzatish mumkin:

a) umuman bir-birida erimasligi (aralashmaslik)

b) qisman bir-birida erishi;

v) bir-birida hoxlagan nisbatda aralashishi (erishi) mumkin.

Biz bu bobda ikkinchi holni ya’ni ikki suyuqliklarning bir-birida chekli erishishini ko’ramiz.

Misol tariqasida anilin – suv sistemasini ko’raylik. Bu ikki modda bir-birida ma’lum miqdordagina eriydi. Quyidagi chizmada shu sistema keltirilgan.

AV egrisi suv qavati tarkibining temperaturaga bog’liqligini, VS egrisi anilin qavatining tarkibini temperaturaga bog’liqligini ifodalaydi. Temperatura ortgan sari o’zaro anilinning suvdagi va suvning anilindagi eruvchanligi ortib boradi. Ikkala qavat tarkibi bir xil bo’lgandan so’ng egrilar V nuqtada qo’shilishadi. V nuqta – yuqori kritik nuqta, 440,6 0S – yuqori kritik temperatura deb ataladi. Bu temperaturadan yuqorida anilin va suv hoxlagan nisbatda, to’la-to’kis bir-birida eriydi.

a1a2 va v1v2 chiziqlar (konnodalar deb ataladi) yondosh muvozanat qavatlarning figurativ nuqtalarini birlashtiradi. AVS egridan tashqari bir fazalik sistemalar sohasi, AVS egrisi ichkarisi qavatlanish sohasidir.

Ba’zi sistemalarda aksincha, minimum nuqta mavjud bo’lishi mumkin. Masalan, suv-trietilamin sistemasida eruvchanlikning quyi kritik temperaturasi mavjud.

Ba’zi bir sistemalarda yuqori va quyi eruvchanlik kritik temperaturasi mavjud bo’lishi mumkin.


Download 167.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling