Azim toshkent 2000 yoshda


Download 272.5 Kb.
bet5/5
Sana19.06.2023
Hajmi272.5 Kb.
#1624534
1   2   3   4   5
Bog'liq
AZIM TOSHKENT - 2000 YOSHDA

TOSHKENT 2200 YOSHDA

Shaharning tarixi eramizdan avvalgi III asrning oxiri - yozma manbalar va zamonaviy shaharning ichidagi qadimiy qo'rg'on qoldiqlari saqlanib qolgan davrdan boshlab kuzatilishi mumkin. Bu qadimiy shahar Arxeologlar o'zlariirmg qazilmalari asosida qo'rg'onning birinchi mustahkamlovchi inshootlari eramizdan avval 1-asrning oxiri da - eramizning 1 asri boshida qurilgan, degan xulosaga kelganlar, ya'ni shahar 20 asrlik tarixga ega. Birinchi yozma manbalarning orasida Xitoy elchisi Chjan Tszan yozuvlariga asoslangan Xitoy solnomalarini aytib o'tish mumkin, Buyuk ipak yo'li bo'ylab birinchi karvon yo'lining o'tkazilishi shu elchining ismi bilan bog'liq deb hisoblanadi.


Xitoy manbalarida shahar Shi deb nomlangan. U paytda bu shahar Kongyuy davlatining tarkibiga kirgan. Lekin uning eramizdagi III - IV asrning boshida parchalanib ketganligidan so'ng Shi kichik mustaqil davlatga aylanadi. Xitoyning «Shi» nomli iyeroglifi tosh ma'nosini anglatadi. Lekin manbalar faqat bu nom bilan kifoyalanmaydi. Masalan, Erondagi Sosoniylar sulolasining vakili bo'lgan shoh Shopur 1 ning Zardushtiylik Ka'basida eramizinng 262 yilida yozilgan yozuvida «Choch» deb yozilgan edi..
IX-X asrlarning yozma manalarida shaharning yana bir nomi aytib o'tiladi - Binkent. U ark qal'asiga, ichki shaharga (shahriston yoki madina) va ikkita shahar yoni o'troq aholisi yashaydigan qismlariga bo'lingan.IX-XII asrlar - hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyatning gullab-yashnab rivojlangan davri edi. Bu davr Movarounnahrning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi «oltin asr», «Musulmon Tiklanish davri» deb ataladi, bunda Toshkent shahri asosiy o'rinlardan birini egallab turar edi.
X asrning oxirida Abu-Rayhon Beruniyning asarida poytaxtning nomi ilk bor Toshkent kabi yozilgan edi. XI asrning ikkinchi yarmida Toshkent nomi turk tilshunos olimi Mahmud Qoshg'ariy asarida aytib o'tilgan, olim Toshkent - Binkentning turkcha nomi ekanligini ta'kidlagan.
Amir Temurning hukmronligi davrida Toshkent shahrida va uning atrofdarida katta qurilish ishlari olib borilgan. XIII asrda buzib tashlangan Banokat shahar qal'asi qayta tiklangan va Amir Temuring o'g'li sharafiga Shohrahiya degan yangi nomni olgan
Shu davrlarda shahar to'rtta dahadan (Shayhontohur, Beshyog'och, Ko'kcha va Sebzor dahalari) iborat edi, ularni to'rtta mustaqil hokimlar - xo'jalar boshqarar edi. Ularning boshqaruvi «to'rtta hokim davri» deb ataladi. Lekin ularing butun shaharni qo'lga kiritishga intilishlari qurolik to'qnashuvga olib keldi. Yunusxo'ja, vafot etgan Shayhontohur dahasi hokimining o'g'li g'alaba qozondi Toshkentni Qo'qon xonligi XIX asrda bosib qo'lga kiritishi bilan mustaqillik davri barham topdi. Anhor qirg'og'ida baland devorlar bilan o'ralgan yangi Ark qurildi. Uning ichida o'z navbatida maxsus devor va uchta choh bilan o'ralgan qal'a qurilgan. Shu davrning shahar himoya devorida o'n ikkita darvoza bo'lgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida chor Rossiyasi tomonidan shaharni ishg'ol qilishga urinishlar bo'lib, 1865 yil 16 iyunda ular g'alabaga erishganlar, 1867 yilda esa u Turkiston general-gubernatorligining ma'muriy markaziga aylanadi. Eski shaharning sharqiy tomonidan yangi, yevropacha shahar bunyod etildi..
1918 yil aprel oyida poytaxti Toshkent shahrida bo'lgan Turkiston avtonom respublikasi tuziladi. 1924 yilda milliy jihatdan ajratilish oqibatida poytaxti Samarqand bo'lgan O'zbek SSR hosil bo'ladi. 1930 yilda Toshkent qaytadan poytaxtga aylanadi.
1991 yilda SSSR tarkibidan chiqib, O'zbekiston Respublikasi o'zini poytaxti Toshkent shahri bo'lgan mustaqil davlat deb e'lon qiladi.
Download 272.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling