Azim toshkent 2000 yoshda


Download 272.5 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi272.5 Kb.
#1624534
  1   2   3   4   5
Bog'liq
AZIM TOSHKENT - 2000 YOSHDA




AZIM TOSHKENT - 2000 YOSHDA!


Toshkent shahrining 2200 yilligi mamlakatimizda nishonlanadigan katta to'y ekani barobarida, dtmyo miqyosida muhim ahamiyatga ega ulkan voqea hamdir. Vatanimizning muqaddas ostonasi, davlatimizning bosh shahri bo'Imish azim Toshkent bilan butun O'zbekiston xalqi, barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz.
I.A.Karimov

Shaharning tarixi eramizdan avvalgi III asrningoxiri - yozma manbalar va zamonaviy shaharning ichidagi qadimiy qo'rg'on qoldiqlari saqlanib qolgan davrdan boshlab kuzatilishi mumkin.Buqadimiy shahar Salar arig'i bo'yida joylashganMingo'rik qog'onidir. Arxeologlar o'zlarining qazlmalari asosida qo'rg'onning birinchi mustahkamlovchi inshootlari eramizdan avval I asrning oxirida - eramizning I asri boshida qurilgan, degan xulosaga kelganlar, ya'ni shahar XX asrlik tarixga ega. Birinchi yozma manbalarning orasida Xitoy elchisi Chjan Tszan yozuvlariga asoslangan Xitoy solnomalarini aytib o'tish mumkin, Buyuk ipak yo'li bo'ylab birinchi karvon yo'lining o'tkazilishi shu elchining ismi bilan bog'liq deb hisoblanadi.
Turli nomlangan har xil Xitoy manbalarida shahar Shi deb nomlangan. U paytda bu shahar Kongyuy davlatining tarkibiga kirgan. Lekin uning eramizdagi III - IV asrning boshida parchalanib ketganligidan so'ng Shi kichik mustaqil davlatga aylanadi. Tez orada u O'rta Osiyoning hududida ulkan davlat yaratgan eftalitlar tomonidan bosib olingan. Xitoyning "Shi" nomli iyeroglifi tosh ma'nosini anglatadi. Lekin manbalar faqat bu nom bilan kifoyalanmaydi. Masalan, Erondagi Sosoniylar sulolasining vakili bo'lgan shoh Shopur 1 ning Zardushtiylik Ka'basida eramizinng 262 yilida yozilgan yozuvida "Choch" deb yozilgan edi.
Eramizning IV asridan boshlab Choch shahri ko'pgina to'qnashuvlarning markazida bo'lib qoladi. 550 yilda Turk hoqonligi tuziladi, unga turklar zabt etgan Choch shahri ham kirgan. Shaharga ko'chmanchi turk qabilalarining ko'p sonli aholisi kelgan. Turk hoqonligining ag'darilganligidan keyin Choch shahrini mahalliy hukmdorlar boshqarar edilar.VII - VIII asrlarda shaharning aholisi aralash edi. Jamoatchilikning sara qismini turk va so'g'd aholisining zodagonlari tashkil etar edi.713 yilda arab sarkardasi ibn Qutaybaning lashkarlari Choch shahriga yurish qilib, u yerda xalifaning
h ukmronligini o'matganlar. Shu vaqtda Toshkent vohasida, ilk o'rta asrlar davrida to'rrta shahar va 20 ta qal'adan iborat bo'lgan tarmoq hosil bo'lib, ularning biri - Madinat ash-Shosh markaziy o'rin tutgan. Mingo'rik qal'asidagi qoldiqlari o'rganilgan shaharni arab manbalari shunday deb atar edilar.
VII - VIII asrlarda Mingo'rik rivojlanib, gullab-yashnagan. Uning ichiga ark qal'asi va shaharning o'zi - Shahriston kirar edi. Islomning tarqalishi sekinlik bilan borar edi. Chochning aholisi Muqannaning ta'limotini qo'llab-quvvatladilar - xalifalik arboblarining zulmiga qarshi bosh ko'tarib chiqdilar. Jazo choralari ko'rilib, Choch shahri yer bilan yakson etildi. Xarobalarga aylantirilgan shahar anchagacha avvalgi holatiga kela olmay, qachonlardir katta shahar bo'lgan Mingo'rik o'rnida asrlar bo'yi kichikkina qishloq mavjud bo'lgan. IX asrda xalifalikning hukumati bergan farmoyishga ko'ra shaharining obodonchiligi va suvsozligi ehtiyojlari uchun katta mablag'lar ajratilgan.
IX-X asrlarning yozma manbalarida shaharning yana bir nomi
aytib o'tiladi - Binkent. U ark qal'asiga, ichki shaharga
(shahriston yoki madina) va ikkita shahar yoni o'troq aholisi
yashaydigan qismlariga bo'lingan: ichki (rabad-dexil) va tashqi
(rabad-xaridj). Ark ikkita darvozasi bo'lgan devor bilan
Hgan, uning ichida hukmdorning saroyi, xazina va zindon bo'lgan edi.
IX-XII asrlar - hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyatning gullab-yashnab rivojlangan davri edi. Bu davr Movarounnahrning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi "oltin asr", "Musulmon Tiklanish davri" deb ataladi, bunda Toshkent shahri asosiy o'rinlardan birini egallab turar edi.X asrning oxirida Abu-Rayhon Beruniyning asarida poytaxtning nomi ilk bor Toshkent kabi yozilgan edi. XI asrning ikkinchi yarmida Toshkent nomi turk tilshunos olimi Mahmud Qoshg'ariy asarida aytib o'tilgan, olim Toshkent - Binkentning turkcha nomi ekanligini ta'kidlagan.
XIII asrinng boshida Muhammad Xorazmshohning buyrug'ia ko'ra shahar umuman suv ta'minotidan mahrum etilgan bo'lib, aholisi uni tark etishga majbur bo'ldi. Mo'g'ul-tatar qo'shinlari bo'm-ush shaharga kirib borib, uni tagi bilan yo'q qilib tashladilar.Amir Temurning hukmronligi davrida Toshkent shahrida va uning atrofdarida katta qurilish ishlari olib borilgan. XIII asrda buzib tashlangan Banokat shahar qal'asi qata tiklanishb qurilgan va Amir Temuring o'g'li sharafiga Shohruhiya degan yangi nomni olgan. Oxirgi Temuriylaming davrida Toshkent goh Samarqandning oliy hukmdoriga, goh Buxoro hukmdoriga, goh Farg'ona hukmdoriga bo'ysunar edi.1503 yilda Toshkentni Shayboniyxon bosib olib, egallagan. Eng qudratli xonlardan biri bo'lgan Suyunij-xo'ja-sultonning hukmronligi paytida Toshkentning iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi roli ancha oshgan. Shayboniyzodalar va qozoq sultonlari o'rtasidagi poytaxtni egallash uchun kurash ko'p yillar mobaynida davom etgan.XVI asrda Toshkent shahrida fuqarolik inshootlarini qurish keng avj olgan. Bu inshootlarning bir qismi bizning davrimizgacha yetib kelgan. 1554 yilda Navro'z Ahmad Shayboniylar davlatining oliy hukmdori bo'lib qoldi, unga Farg'ona shaharlari am bo'ysunadigan bo'ldi. Lekin Buxoroning qamal qilinishi natijasiz bo'lib chiqdi, xon esa Samarqand shahriga qaytganda o'z oromgohida o'ldirilgan.
Shu XVI asrda Buxoro hukmdori Toshkentga yurishlar qilgan. 1582 yilda Abdullaxon Toshkentni o'ziga butunlay bo'ysundirib oldi. Birinchi ashtarxoniylarning hukmronligi davrida (XVII asr) Toshkentda qozoq sultonlari mustahkamlanib oldilar. Shu davrga kelib Toshkentning zamonaviy nomi barqaror bo'lib qoldi.1723 yilgacha Toshkent qozoqlarning qo'l ostidaligicha qolaverdi, keyin u ulkan davlatini yaratgan jung'or qabilalarining hukmronligiga tushib qoldi. Ular uchun Toshkent daromad manbai sifatida muhim shahar bo'lgan. Ular hukmronlik qilgan davrda O'rta Osiyoda ilk bora shahardagi uylar va mulklarinng ro'yxati o'tkazilgan. Lekin 1758 yilda Xitoy jung'or davlatini tor-mor etganidan keyin Toshkent Xitoyning uzoq masofadagi hukmronligiga o'tib qoldi. Mintaqada shu davrga kelib yuzaga kelgan vaziyat Toshkent shahriga go'yoki mustaqil holda yashashga imkon berdi. Shu davrda shahar to'rtta dahadan (Shayhontohur, Beshyog'och, Ko'kcha va Sebzor dahalari) iborat edi, ularni to'rtta mustaqil hokimlar - xo'jalar boshqarar edi.
Ularning boshqaruvi "to'rtta hokim davri" deb ataladi. Lekin ularing butun shaharni qo'lga kiritishga intilishlari qurolik to'qnashuvga olib keldi. Yunusxo'ja, vafot etgan Shayhontohur dahasi hokimining o'g'li g'alaba qozondi. U hokimiyat tepasiga chiqishi bilan o'z siyosati va o'z qo'shinlari bo'lgan yaxlit Toshkent davlati tuziladi. Artilleriya to'plarining joylashtirilishi hisobga olingan holda himoya devorlari barpo etiladi. Ularning balandligi 8 metrga, qalinligi esa asosi yonida 2 metrga yetgan. 8 ta kirish darvozasi qo'riqlanadigan bo'ldi. Toshkent davlati o'zining maxsus tangalarini zarb eta boshladi. Aholi ham Yunusxo'janig o'tkazgan siyosatini qo'llab-quvatlagan, chunki u barcha chora-tadbirlarni tinchlik manfaatlarida o'tkazar edi. Toshkentni Qo'qon xonligi XIX asrda bosib qo'lga kiritishi bilan mustaqillik davri barham topdi. Anhor qirg'og'ida baland devorlar bilan o'ralgan yangi Ark qo'rildi. Uning ichida o'z navbatida maxsus devor va uchta choh bilan o'ralgan qal'a qurilgan. Shu davrning shahar himoya devorida o'n ikkita darvoza bo'lgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida chor Rossiyasi tomonidan shaharni ishg'ol qilishga urinishlar bo'lib, 1865 yil 16 iyunda ular g'alabaga erishganlar, 1867 yilda esa u Turkiston general-gubernatorligining ma'muriy markaziga aylanadi. Eski shaharning sharqiy tomonidan yangi, yevropacha shahar bunyod etildi.
Toshkent shuningdek Rossiya podshosiga yoqmagan kishilarni surgun qilish joyiga aylandi. Bu yerda XX asrga kelib revolyutsiya ruhidagi juda ko'p kishilar yig'ilgan edi, ular mahalliy yoshlar bilan muloqot qilib turib shaharni revolyutsiya voqealariga tayyorlab borganlar.1918 yil aprel oyida poytaxti Toshkent shahri da bo'lgan Turkiston avtonom respublikasi tuziladi. 1924 yilda milliy jihatdan ajratilish oqibatida poytaxti Samarqand bo'lgan O'zbek SSR hosil bo'ladi. 1930 yilda Toshkent qaytadan poytaxtga aylanadi.1991 yilda SSSR tarkibidan chiqib, O'zbekiston Respublikasi o'zini poytaxti Toshkent shahri bo'lgan mustaqil davlat deb e'lon qiladi.


TOSHKENT-BUGUNGI KUNDA!


Mustaqillik yillarida Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan milliy qadriyatlarimizni tiklash, tariximizni chuqur o'rganish, me'moriy yodgorliklar hamda ziyoratgohlarni asrab-avaylash, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan buyuk allomalarimiz va Sharqning ma'rifat beshigi sifatida dovrug' qozongan qadimiy shaharlarimizning yubileylarini nishonlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'tgan davrda Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Marg'ilon kabi shaharlarimizning qutlug' to'ylari xalqaro miqyosda nishonlangani buning yaqqol dalilidir, deya xabar beradi O'zA.


Davlatimiz rahbarining 2008 yil 2 aprelda qabul qilingan "Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida"gi qarori bu borada amalga oshirayotgan ezgu ishlarimiz izchil va bardavom ekanini yana bir bor tasdiqladi. YUNESKO Bosh konferensiyasining 34-sessiyasi qaroriga ko'ra, mazkur xalqaro tashkilot poytaxtimizning yubileyi bilan bog'liq tadbirlarda faol ishtirok etadi.


Demak, mamlakatimiz poytaxtida keyingi yillarda tarixiy obidalarni tiklash, shaharni obod etish, xalq farovonligini oshirishda chinakam tarixiy ahamiyat kasb etayotgan bunyodkorona ishlar ko'lami yanada yangi, yuqori bosqichga ko'tariladi. Zotan, Buyuk ipak yo'lida joylashgan hamda necha asrlar bo'yi shonli tariximiz, milliy qadriyatlarimizning shakllanishi va rivojlanishida alohida o'rin tutgan qadimiy va navqiron shahrimiz yubileyini poytaxtimizning yuksak nufuzi va mavqeiga munosib ravishda nishonlashdek sharafli va mas'uliyatli vazifa oldimizda turibdi.



Download 272.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling