Azim toshkent 2000 yoshda


Download 272.5 Kb.
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi272.5 Kb.
#1624534
1   2   3   4   5
Bog'liq
AZIM TOSHKENT - 2000 YOSHDA

Toshkent

Shaharning tarixi eramizdan avvalgi III asrning oxiri — yozma manbalar va zamonaviy shaharning ichidagi qadimiy qo'rg'on qoldiqlari saqlanib qolgan davrdan boshlab kuzatilishi mumkin. Bu qadimiy shahar Salar arig'i bo'yida joylashgan Mingo'rik qo>g'onidir. Arxeologlar o'zlariinng qazlmalari asosida qo'rg'onning birinchi mustahkamlovchm inshootlari eramizdan avval 1-asrning oxirida — eramizning 1 asri boshida qurilgan, degan xulosaga kelganlar, ya'ni shahar 20 asrlik tarixga ega. Birinchi yozma manbalarning orasida Xitoy elchisi Chjan Tszan yozuvlariga asoslangan Xitoy solnomalarini aytib o'tish mumkin, Buyuk ipak yo'li bo'ylab birinchi karvon yo'lining o'tkazilishi shu elchining ismi bilan bog'liq deb hisoblanadi.


Turli nomlangan har xil Xitoy manbalarida shahar Shi deb nomlangan. U paytda bu shahar Kongyuy davlatining tarkibiga kirgan. Lekin uning eramizdagi III—IV asrning boshida parchalanib ketganligidan so'ng Shi kichik mustaqil davlatga aylanadi. Tez orada u O'rta Osiyoning hududida ulkan davlat yaratgan eftalitlar tomonidan bosib olingan. Xitoyning «Shi» nomli iyeroglifi tosh ma'nosini anglatadi. Lekin manbalar faqat bu nom bilan kifoyalanmaydi. Masalan, Erondagi Sosoniylar sulolasining vakili bo'lgan shoh Shopur 1 ning Zardushtiylik Ka'basida eramizinng 262 yilida yozilgan yozuvida «Choch» deb yozilgan edi.
Eramizning IV asridan boshlab Choch shahri ko'pgina to'qnashuvlarning markazida bo'lib qoladi. 550 yilda Turk hoqonligi tuziladi, unga turklar zabt etgan Choch shahri ham kirgan. Shaharga ko'chmanchi turk qabilalarining ko'p sonli aholisi kelgan. Turk hoqonligining ag'darilganligidan keyin Choch shahrini mahalliy hukmdorlar boshqarar edilar. VII—VIII asrlarda shaharning aholisi aralash edi. Jamoatchilikning sara qismini turk va so'g'd aholisining zodagonlari tashkil etar edi.713 yilda arab sarkardasi ibn Qutaybaning lashkarlari Choch shahriga yurish qilib, u yerda xalifaning hukmronligini o'rnatganlar. Shu vaqtda Toshkent vohasida, ilk o'rta asrlar davrida to'rrt a shahar va 20 ta qal'adan iborat bo'lgan tarmoq hosil bo'lib, ularning biri — Madinat ash-Shosh markaziy o'rin tutgan. Mingo'rik qal'asidagi qoldiqlari o'rganilgan shaharni arab manbalari shunday deb atar edilar.VII—VIII asrlarda Mingo'rik rivojlanib, gullab-yashnagan. Uning ichiga ark qal'asi va shaharning o'zi — Shahriston kirar edi. Islomning tarqalishi sekinlik bilan borar edi. Chochning aholisi Muqannaning ta'limotini qo'llab-quvvatladilar — xalifalik arboblariinng zulmiga qarshi bosh ko'tarib chiqdilar. Jazo choralari ko'rilib, Choch shahri yer bilan yakson etildi. Xarobalarga aylantirilgan shahar anchagacha avvalgi holatiga kela olmay, qachonlardir katta shahar bo'lgan Mingo'rik o'rnida asrlar bo'yi kichikkina qishloq mavjud bo'lgan. IX asrda xalifalikning hukumati bergan farmoyishga ko'ra shaharinng obodonchiligi va suvsozligi ehtiyojlari uchun katta mablag'lar ajratilgan.
IX—X asrlarning yozma manalarida shaharning yana bir nomi aytib o'tiladi — Binkent. U ark qal'asiga, ichki shaharga (shahriston yoki madina) va ikkita shahar yoni o'troq aholisi yashaydigan qismlariga bo'lingan: ichki (rabad-dexil) va tashqi (rabad-xaridj). Ark ikkita darvozasi bo'lgan devor bilan o'ralgan, uning ichida hukmdorning saroyi, xazina va zindon bo'lgan edi.IX—XII asrlar — hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyatning gullab-yashnab rivojlangan davri edi. Bu davr Movarounnahrning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi «oltin asr», «Musulmon Tiklanish davri» deb ataladi, bunda Toshkent shahri asosiy o'rinlardan birini egallab turar edi.X asrning oxirida Abu-Rayhon Beruniyning asarida poytaxtning nomi ilk bor Toshkent kabi yozilgan edi. XI asrning ikkinchi yarmida Toshkent nomi turk tilshunos olimi Mahmud Qoshg'ariy asarida aytib o'tilgan, olim Toshkent — Binkentning turkcha nomi ekanligini ta'kidlagan.XIII asrinng boshida Muhammad Xorazmshohning buyrug'ia ko'ra shahar umuman suv ta'minotidan mahrum etilgan bo'lib, aholisi uni tark etishga majbur bo'ldi. Mo'g'ul-tatar qo'shinlari bo'm-ush shaharga kirib borib, uni tagi bilan yo'q qilib tashladilar.Amir Temurning hukmronligi davrida Toshkent shahrida va uning atrofdarida katta qurilish ishlari olib borilgan. XIII asrda buzib tashlangan Banokat shahar qal'asi qata tiklanishb qurilgan va Amir Temuring o'g'li sharafiga Shohruhiya degan yangi nomni olgan. Oxirgi Temuriylarning davrida Toshkent goh Samarqandning oliy hukmdoriga, goh Buxoro hukmdoriga, goh Farg'ona hukmdoriga bo'ysunar edi.1503 yilda Toshkentni Shayboniyxon bosib olib, egallagan. Eng qudratli xonlardan biri bo'lgan Suyunij-xo'ja-sultonning hukmronligi paytida Toshkentning iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi roli ancha oshgan. Shayboniyzodalar va qozoq sultonlari o'rtasidagi poytaxtni egallash uchun kurash ko'p yillar mobaynida davom etgan.
XVI asrda Toshkent shahrida fuqarolik inshootlarini qurish keng avj olgan. Bu inshootlarning bir qismi bizning davrimizgacha yetib kelgan. 1554 yilda Navro'z Ahmad Shayboniylar davlatining oliy hukmdori bo'lib qoldi, unga Farg'ona shaharlari am bo'ysunadigan bo'ldi. Lekin Buxoroning qamal qilinishi natijasiz bo'lib chiqdi, xon esa Samarqand shahriga qaytganda o'z oromgohida o'ldirilgan.Shu XVI asrda Buxoro hukmdori Toshkentga yurishlar qilgan. 1582 yilda Abdullaxon Toshkentni o'ziga butunlay bo'ysundirib oldi. Birinchi ashtarxoniylarning hukmronligi davrida (XVII asr) Toshkentda qozoq sultonlari mustahkamlanib oldilar. Shu davrga kelib Toshkentning zamonaviy nomi barqaror bo'lib qoldi.1723 yilgacha Toshkent qozoqlarning qo'l stidaligicha qolaverdi, keyin u ulkan davlatini yaratgan jung'or qabilalarininghukmronligiga tushib qoldi. Ular uchun Toshkent daromad manbai sifatida muhim shahar bo'lgan. Ular hukmronlik qilgan davrda O'rta Osiyoda ilk bora shahardagi uylar va mulklarinng ro'yxati o'tkazilgan. Lekin 1758 yilda Xitoy jung'or davlatini tor-mor etganidan keyin Toshkent Xitoyning uzoq masofadagi hukmronligiga o'tib qoldi. Mintaqada shu davrga kelib yuzaga kelgan vaziyat Toshkent shahriga go'yoki mustaqil holda yashashga imkon berdi. Shu davrda shahar to'rtta dahadan (Shayhontohur, Beshyog'och, Ko'kcha va Sebzor dahalari) iborat edi, ularni to'rtta mustaqil hokimlar — xo'jalar boshqarar edi. Ularning boshqaruvi «to'rtta hokim davri» deb ataladi. Lekin ularing butun shaharni qo'lga kiritishga intilishlari qurolik to'qnashuvga olib keldi. Yunusxo'ja, vafot etgan Shayhontohur dahasi hokimining o'g'li g'alaba qozondi. U hokimiyat tepasiga chiqishi bilan o'z siyosati va o'z qo'shinlari bo'lgan yaxlit Toshkent davlati tuziladi. Artilleriya to'plarining joylashtirilishi hisobga olingan holda himoya devorlari barpo etiladi. Ularning balandligi 8 metrga, qalinligi esa asosi yonida 2 metrga yetgan. 8 ta kirish darvozasi qo'riqlanadigan bo'ldi. Toshkent davlati o'zining maxsus tangalarini zarb eta boshladi. Aholi ham Yunusxo'janig o'tkazgan siyosatini qo'llab-quvatlagan, chunki u barcha chora-tadbirlarni tinchlik manfaatlarida o'tkazar edi. Toshkentni Qo'qon xonligi XIX asrda bosib qo'lga kiritishi bilan mustaqillik davri barham topdi. Anhor qirg'og'ida baland devorlar bilan o'ralgan yangi Ark qo'rildi. Uning ichida o'z navbatida maxsus devor va uchta choh bilan o'ralgan qal'a qurilgan. Shu davrning shahar himoya devorida o'n ikkita darvoza bo'lgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida chor Rossiyasi tomonidan shaharni ishg'ol qilishga urinishlar bo'lib, 1865 yil 16 iyunda ular g'alabaga erishganlar, 1867 yilda esa u Turkiston general-gubernatorligining ma'muriy markaziga aylanadi. Eski shaharning sharqiy tomonidan yangi, yevropacha shahar bunyod etildi.Toshkent shuningdek Rossiya podshosiga yoqmagan kishilarni surgun qilish joyiga aylandi. Bu yerda XX asrga kelib revolyutsiya ruhidagi juda ko'p kishilar yig'ilgan edi, ular mahalliy yoshlar bilan muloqot qilib turib shaharni revolyutsiya voqealariga tayyorlab borganlar.1918 yil aprel oyida poytaxti Toshkent shahrida bo'lgan Turkiston avtonom respublikasi tuziladi. 1924 yilda milliy jihatdan ajratilish oqibatida poytaxti Samarqand bo'lgan O'zbek SSR hosil bo'ladi. 1930 yilda Toshkent qaytadan poytaxtga aylanadi.1991 yilda SSSR tarkibidan chiqib, O'zbekiston Respublikasi o'zini poytaxti Toshkent shahri bo'lgan mustaqil davlat deb e'lon qiladi.
Germaniyaning ko'hna va yirik madaniy markazlaridan biri hisoblangan Leypsig shahridagi "GRASSI" etnografiya muzeyida "Bir shahar qiyofasi: Toshkent - 2200 yoshda" mavzuida suratlar ko'rgazmasi ochildi. Ushbu madaniy tadbir mamlakatimizning Berlindagi elchixonasi tashabbusi bilan Toshkent Fotografiya uyi hamda Saksoniya federal otkasining Fan va madaniyat vazirligi hamkorligida tashkil etildi.Ko'rgazmaning tantanali ochilish marosimida Saksoniya federal otkasining davlat idoralari, siyosiy-iqtisodiy, ilmiy-madaniy doiralari, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi."GRASSI" etnografiya muzeyi direktori, doktor K. Daymel ko'rgazmani ochar ekan, CTzbekiston o'zining qadimiy shaharlari va madaniyati hamda dimyoga dong'i ketgan tarixiy-me'moriy obidalari bilan hamisha dunyo sayyohlarini o'ziga jalb qilib kelganini ta'kidladi. Bugungi ko'rgazma vositasida 2200 yillik tarixga ega boTgan Toshkent shahri bilan yanada yaqinroq tanishish imkoniyatining yaratilgani shahrimiz madaniy hayotidagi yorqin va unutilmas voqealardan boTib qoladi, dedi u.K. Daymel tadbir ishtirokchilariga ushbu muzeyda 2007 yilning mart oyidan boshlab CTzbekistan uchun alohida boTim ajratilgan boTib, unda o'zbek xalqining betakror madaniyati va tarixidan hikoya qiluvchi eksponatlar namoyish etib kelinayotganini malum qildi.
Mamlakatimiz poytaxtining boy tarixi va zamonaviy hayoti manzaralari aks etgan 40 dan ziyod fotosurat ushbu ko'rgazma peshtaxtalaridan joy oldi. Ular azim Toshkent shahrining turli zamonlar sinovlaridan mardonavorlik bilan o'tgani, hamisha yaratish, bunyodkorlik ishqi bilan yashagan shahar xalqining o'tmishi va bugungi faro von hayoti o'z aksini topgan.Tadbirda san'atkor Ari Boboxonov tomonidan qashqar rubobida ijro etilgan o'zbek mumtoz kuylari ko'rgazmaning ochilish marosimiga alohida shukuh baxsh etdi.Saksoniya federal oTkasi Fan va madaniyat vazirligining madaniyat boshqarmasi rahbari Tomas Fryu kcTrgazmadan olgan taassurotlari bilan IA Jahon bilan o'rtoqlashar ekan, "E'tiborga molik yana bir jihat shu bo'ldiki, bu yerda suratlar bilan birga xalqingizning milliy musiqasi namunalaridan ham bahramand bo'ldik. Toshkent shahri yubileyining Leypsigda tashkil etilgan ko'rgazmasi mamlakatlarimiz o'rtasidagi madaniy aloqalarning yanada kengayishiga xazmat qiladi, deb o'ylayman. O'z navbatida, bunday tadbirlarning o4kazilishi Germaniya xalqining O'zbekiston haqidagi, uning betakror tarixiy shaharlari to'g'risidagi bilimlarini yanada oshiradi" - deb ta'kidladi.Leypsig shahrida ochilgan ushbu ko'rgazma 2009 yilning fevral oyiga qadar davom etadi.

Download 272.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling