«aziz anora durdona» xk daromadlari Tahlili Va Ularni Ko’paytirish Chora Tadbirlari «aziz anora durdona»
Download 229.42 Kb.
|
Zokirov Asadbek hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar Yil boshida Yil oxirida
- 1-bo’lim bo’yicha jami 561799 928081
- 2-bo’lim bo’yicha jami 748441 1182955
- Jami korxona aktivlari 1310240 2111036
- 5-jadval “AZIZ ANORA DURDONA” XK ning qisqartirilgan balansi, ming so’m Manba: Korxona moliyaviy natijalari ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi
- “AZIZ ANORA DURDONA” XK
- 4-jadval. “AZIZ ANORA DURDONA” XK da mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan tushgan tushum va mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan sof tushumlarning o’zgarish sur’atlari
- Fodalanilgan adabiyotlar ro’yxati
5-jadval “AZIZ ANORA DURDONA” XK ning qisqartirilgan balansi, ming so’m Manba: Korxona moliyaviy natijalari ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi Kurs ishi ob’yekti hisoblangan “AZIZ ANORA DURDONA” XK daromadlari tahlili shuni ko’rsatdiki, korxonada mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning realizatsiyasi o’tgan yilga nisbatan keskin kamaygan. Korxona balans ma’lumotlariga ko’ra, “AZIZ ANORA DURDONA” XK ning TMZlari o’tgan yilga nisbatan ikki barobar oshgan bo’lsa-da, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning aksariyat qismi realizatsiya qilinmasdan qolgan. Bizningcha, MChJda mahsulotlarni reklama qilish zarurati mavjud. Shuningdek, MChJ aktivlarining sezilarli qismi pul mablag’lari va debitorlik qarzlarda ham turibdi. Bu albatta aktivlarni bo’sh turganini bildiradi va ularni oborotga jalb qilish, daromadlarni oshirishning yana bir muhim manbalaridan hisoblanadi. Xulosa va takliflar Barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar xarajatlarini qoplaydigan va foyda olishini ta’minlaydigan yagona manba bu daromaddir. Aynan daromadlarni oshirish orqali ularning moliyaviy barqarorligi, xo’jalik faoliyati samaradorligi ta’minlanadi. Demak, korxonalarning yalpi daromadi tarkibi quyidagilar hisoblanar ekan: Daromadlar 1. Sotishdan olingan daromad 2. Asosiy faoliyatdan olingan daromad 3. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromad 4. Favqulotdagi daromad Korxonalarda daromadlar tahlilining bosh maqsadi korxona rahbariyatiga korxonaning hisobot davri mobaynida erishgan daromadlari haqidagi axborotlar bilan ta’minlash va ular o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ularni oshirish yo’llarini axtarib topish va ma’muriyatga tegishli tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat. Bunday axborotlar batafsil va foydalanish uchun qulay bo’lishi lozim. Taqdim etilayotgan axborotlarning qayd etilgan sifatlarga ega bo’lishi ko’p jihatdan korxonalar daromadlarini hisob va tahlil ob’yekti sifatida to’g’ri tasniflashga bevosita bog’liq. Asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromadlarni hisoblash chog’ida daromad e’tirof etilgan paytni aniqlash asosiy masala hisoblanadi. Asosiy xo’jalik faoliyatidan tushgan daromad xo’jalik yurituvchi sub’yektga kelgusida iqtisodiy naf tushishi ehtimoli bo’lgan paytda, shuningdek bu nafni ishonchli va aniq o’lchash mumkin bo’lgan paytda aks ettiriladi. Asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromad joriy narxlarda olingan yoki olinishi lozim bo’lgan tushum qiymati bo’yicha baholanadi. Daromad miqdori – olingan yoki olinishi lozim bo’lgan pul mablag’i yoki uning ekvivalentlaridan iborat. 4-jadval. “AZIZ ANORA DURDONA” XK da mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan tushgan tushum va mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan sof tushumlarning o’zgarish sur’atlari (ming so’m)
4-jadval ma’lumotlariga ko’ra, korxona hisobot yilida mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan 1877632ming so’m (o’tgan yilga nisbatan (-510931), o’zgarish sur’ati 21,4% kamaygan) , sotishdan sof tushumi esa 1852294ming so’m (o’tgan yilga nisbatan (-194979), o’zgarish sur’ati 9,52% kamaygan) daromad olgan. O’tgan yilda bu ko’rsatkichlar: mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan 2388563ming so’m, sotishdan sof tushum 2047273ming so’m bo’lgan. Kurs ishi ob’yekti hisoblangan “AZIZ ANORA DURDONA” XK daromadlari tahlili shuni ko’rsatdiki, korxonada mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning realizatsiyasi o’tgan yilga nisbatan keskin kamaygan. Korxona balans ma’lumotlariga ko’ra, “AZIZ ANORA DURDONA” XK ning TMZlari o’tgan yilga nisbatan ikki barobar oshgan bo’lsa-da, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning aksariyat qismi realizatsiya qilinmasdan qolgan. Bu esa, korxonaning YaDiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Ammo, «AZIZ ANORA DURDONA» XKkelgusi faoliyati davomida mahsulotlar realizatsiyasini oshirsa, bu ko’rsatkichlarni ijobiy holat sifatida ko’rish mumkin. XK jami aktivlarining katta qismi majburiyatlar hisobiga shakllantirilgan.Shuningdek, XK aktivlarining sezilarli qismi pul mablag’lari va debetorlik qarzlarda ham turibdi, bizningcha ularni oborotga jalb qilish zarurati mavjud. Fodalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1.U.P. Umurzakov, A.J. Toshboyev kechik beznis va tadbirkorlik asoslari Sano-standart” nashriyoti Toshkent-2014 2. Egamberdiev E., Xujakulov X. Kichik biznes va tadbirkorlik, T.: Ma’naviyat 2003, - 144 b. 3. Xodiev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. T.: TDIU, 2010. -2676 4, Tadbirkorlik asoslari. 1-qism. Asosiy tushunchalar, tadbirkorlik marketingi, tadbirkorlik madaniyati. - T.: TMI. Iqtisod-moliya, 2006. 5. Rashidov J. X, Toshboev A. J. , Mirkarimov B. G. Tashkiliy mulk. - T.: TIMI 2008, 122 b 6. Akromov E. A. Korxonaning faoliyatini moliyaviy tahlil qilish, Toshkent, TDIU, 2000 7. Abdullaev A. , Muftaydinov K. , Aybcshov X. Kichik biznesni boshqarish. -T.: Moliya. 2003. 192 b. 8. Internet saytlari: http://www. dit. perm, ru http://www. refportal. ru http://www. allbest, ru http://www. reflist. ru/docnext/12231/3. shtml http://el. tfi. uz/pdf/kbbbo - uzl. pdf. http://el. tfi. uz/pdf/bizmd - uzl. pdf. http://www. tfi. uz http://www. cer. uz www. review, uz www. uza. uz/business Ilovalar 1 M.Q.Pardayev va boshq. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. O’quv qo’llanma. Cho’lpon nomidagi NMIU, -T.: 2012, 3-b. 23-ilovaga qarang 3 3-ilovaga qarang 4 5-ilovaga qarang Download 229.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling