«aziz anora durdona» xk daromadlari Tahlili Va Ularni Ko’paytirish Chora Tadbirlari «aziz anora durdona»


Download 229.42 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi229.42 Kb.
#1584673
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zokirov Asadbek hisobot


Mundarija:


Kirish



  1. «AZIZ ANORA DURDONA» XK Daromadlari Tahlili Va Ularni Ko’paytirish Chora Tadbirlari

  2. «AZIZ ANORA DURDONA» XK da asosiy faoliyatga oid daromadlarning tahlili




  1. «AZIZ ANORA DURDONA» XK da asosiy bo’lmagan faoliyatga oid daromadlarning tahlili

  2. «AZIZ ANORA DURDONA» XK ning daromadlarini oshirish yo’llari



Xulosa


Fodalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar

Kirish

Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi o’z navbatida, mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirib uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlari sharoitida, ya’ni doimiy va tez o’zgarishlar zamonida har bir xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariyati raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishi, barqaror rivojlanishga erishib, o’zining yashovchanligini ta’minlash yo’llarini o’rganib, yangi-yangi g’oya va takliflarni ishlab chiqishi lozim. Bu o’z navbatida, xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini, unda sodir bo’ladigan iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni va munosabatlarni muntazam ravishda tahlil qilib borishni taqozo qiladi1.


Respublikamiz iqtisodiyotining dinamik rivojlanishi aholi daromadlari va hayot darajasi yanada oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlamoqda. Mulkchilik shakllari turli xil bo’lgan subyektlarning tashkil topish jarayonida ularni boshqarish, faoliyatini nazorat qilish, tahlil qilish va ma’muriyat tomonidan tezkor qarorlarning qabul qilinishiga asos bo’ladigan zarur ma’lumotlarni asosan buxgalteriya hisobi taqdim etadi. Barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar ishlab chiqarish va tijorat faoliyatlarini buxgalteriya hisobida qayd etib borishlari va moliyaviy hisobotlarni tuzishlari, bu ma’lumotlarni ichki va tashqi iste’molchilar (rahbariyat, investorlar, aksiyadorlar, soliq organlari, banklar)ga taqdim qilishlari shart. Barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar xarajatlarini qoplaydigan va foyda olishini ta’minlaydigan yagona manba bu daromaddir. Aynan daromadlarni oshirish orqali ularning moliyaviy barqarorligi, xo’jalik faoliyati samaradorligi ta’minlanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida daromadlarning oshishidan nafaqat korxonalarning o’zlari, ularning ta’sischilari, investorlari, shuningdek davlat ham manfaatdordir. Shuning uchun, daromadlarni uzluksiz ravishda ko’paytirib borish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omillaridan hisoblanadi. Bu esa korxona tahlilchilari uchun bir qancha vazifalarni yuklaydi, ya’ni, daromadlarni to’g’ri aniqlanganligini tekshirish, ularni hisobot davridagi o’zgarishiga baho berish, bu ko’rsatkichlarga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash, daromadlarni oshirishning ichki imkoniyatlarini axtarib topish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va shu kabilarni. Umuman daromad deganda hisobot davrida korxona aktivlarini ko’payishi yoki uning majburiyatlarini kamayishi tushuniladi.
Kurs ishi «AZIZ ANORA DURDONA» XK misolida yozilgan va uni yozishdan maqsad, «AZIZ ANORA DURDONA» XK faoliyatida daromadlarning tan olinishi, ularni turlari bo’yicha tahlil qilish va moliyaviy hisobotlardagi holatiga tahlil yuzasidan baho berish va ma’muriyat uchun tegishli ichki imkoniyat (rezerv)larni aniqlash, shular yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir. «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida daromadlar tahlilining nazariy asoslari» deb nomlangan. Unda daromadlarning buxgalteriya hisobi ob’yekti sifatidagi talqini, alohida belgilari bo’yicha tasniflanishi, daromadlarni tahlil qilishning vazifalari, ma’lumotlar manbayi hamda daromadlarni hisobga olishga asos bo’luvchi tamoyillar va mezonlar yoritilgan.

Download 229.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling