«aziz anora durdona» xk daromadlari Tahlili Va Ularni Ko’paytirish Chora Tadbirlari «aziz anora durdona»
«AZIZ ANORA DURDONA» XK daromadlari tahlili va ularni ko’paytirish chora-tadbirlari»
Download 229.42 Kb.
|
Zokirov Asadbek hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.»AZIZ ANORA DURDONA» XK Daromadlari Tahlili Va Ularni Ko’paytirish Chora-Tadbirlari Ushbu kurs ishi “AZIZ ANORA DURDONA” XK
- “AZIZ ANORA DURDONA” XK
- AZIZ ANORA DURDONA” XK
- AZIZ ANORA DURDONA” XK ning Ustav fondi, mulki, daromad va uning taqsimoti, zararlarni qoplash
«AZIZ ANORA DURDONA» XK daromadlari tahlili va ularni ko’paytirish chora-tadbirlari» deb nomlangan bo’lib, unda «AZIZ ANORA DURDONA» XK ning faoliyati haqida umumiy ma’lumotlar berilgan va «AZIZ ANORA DURDONA» XKning alohida faoliyat turlariga doir daromadlarni tahlili, ularni oshirish chora-tadbirlari o’rin olgan. Shuningdek, ushbu bobda xulosa, taklif, tavsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va internet saytlari ham berilgan.
1.»AZIZ ANORA DURDONA» XK Daromadlari Tahlili Va Ularni Ko’paytirish Chora-Tadbirlari Ushbu kurs ishi “AZIZ ANORA DURDONA” XK misolida yozilgan. «Дилшод» MChJ ning faoliyati haqida ma’lumot beradigan bo’lsak, “AZIZ ANORA DURDONA” XK O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi №3202-ПФ sonli «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi farmoniga asosan va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi № 189 sonli «Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi qaroriga asosan va O’zbekiston Respublikasi Davlat Mulk Qo’mitasi Samarqand viloyat boshqarmasining 2003-yil 27-dekabrdagi ta’sischilik shartnomasiga asosan tashkil etilgan. “AZIZ ANORA DURDONA” XK ning Ustavi yangi tahrirda 2019-yil 21-avgustda jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi qarori bilan tasdiqlangan. Ta’sischilar: O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslar. “AZIZ ANORA DURDONA” XK (bundan keyin jamiyat) ning manzilgohi: O’zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati, 141503, Pastdarg’om tumani, Mullamirza qishlog’i. Jamiyat Samarqand viloyati Pastdarg’om tumani huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspeksiyasi tomonidan davlat ro’yxatiga o’tkazgan kunidan boshlab yuridik shaxs huquqiga ega bo’ldi. “AZIZ ANORA DURDONA” XK ning asosiy maqsadi va faoliyati: alkogol maxsulotlar, sharbatlar, oziq-ovqat mahsulotlari, savdo-sotiqni tashkil qilish; O’zbekiston Respublikasi tovar bozorini shakllantirish va boyitishda faol qatnashish; foyda (daromad) olish va olingan foydani jamiyatning tijorat va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga, ta’sischilarning va jamiyat xodimlarining moddiy ahvolini yaxshilashga sarflash; vino, vinomahsulot, konyak, likyor-aroq mahsulotlari va uzum spirit ichimliklarni sotish. yuqori hosilli sharobbop navli uzumlarning ko’chatlarini, donakli va urug’li mevalarni sotish, qishloq xo’jalik va chorvachilik mahsulotlari sotish oziq-ovqat tovarlari va mahsulotlari, vino pivo, sharbatlar, tomat va konserva mahsulotlari hamda alkogolsiz ichimliklar sotish: xalq iste’moli mollari (tikilgan kiyimlar, attorlik, trikotaj, to’qimachilik va sovg’abop mahsulotlar, metalldan, yog’ochdan, plastmassadan, charmdan mahsulotlar, mebel)larni sotish; yuridik va jismoniy shaxslardan jun, qorakul, jun xom-ashyosi, uzum va quruq mevalarni tayyorlash, ularni sotish yuridik va jismoniy shaxslardan ikkilamchi xom-ashyoni, makulaturani, va temir-tersakni sotish; yuridik va yakka shaxslarning barcha markadagi avtomashinalariga va avto-transportiga texnik extiyot qisimlarni sotish yuk ortish tushirish ishlarini bajarish va boshqalar. “AZIZ ANORA DURDONA” XK ning Ustav fondi, mulki, daromad va uning taqsimoti, zararlarni qoplash Jamiyatning sotish va moliyaviy faoliyatini amalga oshirish uchun ishtirokchilarning pul va mulk tariqasida bergan badallardan tashkil topgan. Miqdori 656 925 000 (olti yuz ellik olti million to’qqiz yuz yigirma besh ming) so’m bo’lgan Ustav fondi shakllangan. Ishtirokchilarning Ustav fondidagi foiz, pul hisobidagi kiritilgan badallari va ishtirokchilar umumiy yig’ilishidagi ovoz soni quyidagicha:
Download 229.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling