Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
Darsning jihozi: Darslik, ko’rgazmali qurollar.
Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
D arsning texnik chizmasi:
Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
1. Muayyan uslubiy vazifaga xos qanday morfologik vositalarni bilasiz?
2. Qaysi zamon shakli uslub talabi bilan ko‘tarinki ruhni yuzaga keltiradi?
3. Qaysi morfologik vosita hurmatlash, ta’kidlash, kesatish, gumon, umumlashtirish kabi uslubiy vazifalarda qo‘llanishi mumkin?
4. Kelishik shakllari uyushiq bo‘laklarning har biriga alohida-alohida qo‘shilsa, qanday uslubiy ma’no namoyon bo‘ladi?
5. Qaysi kelishik shakllarining qisqargan holda qo‘llanishi tasviriylikni kuchaytiradi?
6. O‘zbek tilida subyektiv baho ifodalovchi maxsus qo‘shimchalar bormi? Ularga misollar keltiring.
7. -toy, -(a)loq, -poshsha erkalash shakllari «piching, kesatish» singari uslubiy ma’nolarda qo‘llanadimi?
8. Shaxs-son qo‘shimchalarining uslubiy xususiyatlari deganda, nimani tushunasiz?
9. Inkor ifodalovchi qo‘shimchalarning takror qo‘llanishi bilan qanday uslubiy ma’no namoyon bo‘ladi?
10. Undalmalar gap ichida va oxirida kelganda, qanday subyektiv bahoni ifodalaydi?
12. Kirishlar kiritmalardan qanday xususiyatiga ko‘ra farq qiladi?
13. Erta kelsang bo‘lmasmidi?! yoki Erta kelishga kelishmaganmidik?! tarzidagi gaplarda so‘roq mazmuni bilan birga yana qanday uslubiy ma’nolar mavjud?
14. So‘zlashuv, publitsistik va badiiy uslubga oid gaplarda so‘z tartibining o‘zgarishi qanday qo‘shimcha ma’no nozikliklarini namoyon etadi? Bunda mantiqiy urg‘uning ishtiroki qanday bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |