Aziz o‘quvchilar!


Download 0.84 Mb.
bet111/136
Sana02.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1690597
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   136
Bog'liq
10-ona-tili-konspekt (1)

1-topshiriq. Berilgan gaplarda qo‘llangan morfologik vositalarning uslubiy vazifalarini tushuntiring.
1. Bu rangin iplardan to‘qilajak ulkan gilamni ko‘z oldimga keltirdim. (E. Vohidov) 2. Uning gapiradigan gaplari ularning ko‘ngillarida tugilgan og‘ir va chigal tugunchakni yo yechib yuborajak, yoki yana battaroq chigallashtirib, ikki yosh narsani – yana necha oy! – bir-biridan ajratib tashlayajakdi. (Cho‘lpon) 3. Keyin «Qimmatli sovg‘amizni qabul etgaysiz!» deya zarqog‘ozga o‘ralgan salmoqligina bir nimani qo‘limga tutqazdi. Rasmiyatga ko‘ra, uni darhol ochib ko‘rib, ko‘zlarimga ishonmadim. (Erkin A’zam) 4. Ularni sen dur-u gavhar dema, balki hodisalar toshi degin, bu toshlardan zaif-u notavonlarning boshi yorilgusidur. (Isajon Sulton)


2-topshiriq. Ko‘plik qo‘shimchasining uslubiy o‘ziga xoslik larini tushuntiring.
1. Kumushbibi og‘ir tin olib: Ko‘zlarimga ishonmayman, – dedi. 2. Otabek ko‘zlarini to‘ldirib qarab: Men ham, – dedi. 3. Ixtiyoriy emas, g‘ayriixtiyoriy ikkisi ham bir-birisidan birmuncha vaqt ko‘z ololmadilar. 4. Bularning yoniga bizga ma’lum kishi kelib to‘xtadi va ulardan so‘ra di: – Bek uyda milar? 5. Rahmat. Qushbegi ichkaridadirlar? – Ichkaridalar, – dedi Ahmadxon. (Abdulla Qodiriy)
IV.Mustahkamlash
3-topshiriq. Subyektiv baho ifodalovchi qo‘shimchalarning qo‘llanishiga diqqat qiling, ma’nolarini tushuntiring.
1. Umida yaxshi qizaloqmi, axir? (Tohir Malik) Eringiz oddiy ot o‘g‘risi bo‘lsa, bo‘lak gap edi, kelinposhsha, – dedilar. (Murod Mansur) 3. Bulardan yaxshilik kutma, surdik, – dedim men ham. Ammo joyimdan jilib ulgurmadim, changakdek bir qo‘l tirsagim tepasidan tutib, qattiq siqdi. – Qayoqqa surasiz, yigitcha?! (Murod Mansur) 4. Turobjon: Siz nega bormadingiz, dada? Qo‘chqor: Menmi? Yelkamni bosib turgan yuk
og‘irlik qildi-da, o‘g‘iltoy... (Sh. Boshbekov) 5. Unaqa dema, toychoq! Eshitsa, xafa bo‘ladi. (Erkin A’zam)
V.Baholash
Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa:
4-topshiriq. Shaxs-son, zamon va bo‘lishsizlik qo‘shimchalarining qanday uslubiy vazifalarda qo‘llanayotganini aniqlang.
1. Lekin nima ham derdingiz – tirikchilik, birovning ro‘zg‘orini birov tebratmaydi. (Erkin A’zam) 2. O‘shanda ham shunday bo‘ldi. Xiyobondan ketyapman-u, xayolim unda. (O‘. Umarbekov) 3. Keyin qarasam, bu ilonlar sizning yelkan gizga o‘rmalab chiqmoqda. (P. Qodirov) 4. Qarasam, hovlida bir o‘t yonyapti. (Tog‘ay Murod) 5. O‘zicha bir balolarni javraydimi-yey! Qochib ketging keladi. (Erkin A’zam) 6. Gumoningizni ayting bo‘lmasa! – dedi ellikboshi tajang bo‘lib. (Abdulla Qahhor) 7. U bundan foydalanmay qo‘ymaydi. Video salonlari ishini shu uyda davom ettirsa ajabmas. (Tohir Malik) 8. Na qo‘limni, na oyog‘imni qimirlata olaman. Na o‘ngarila olaman, na yuztuban tushib, yuzimni bedalarga burkay olaman. Bundanam ortiq xo‘rlik bo‘larmi?! (Murod Mansur)





Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling