Aziz o‘quvchilar!
Download 0.84 Mb.
|
10-ona-tili-konspekt (1)
87-mashq. Gaplarni o‘qing. Rasmiy, badiiy va so‘zlashuv uslublarida qo‘llangan undalmalarni izohlang.
1. Qadamlaringizga gul bitsin, akalar! (A. Yo‘ldoshev) 2. Hamqishloq, yaqinda muddatingiz tugab uyga ketasiz, – dedi u past tovushda. (Said Ahmad) 3. Hurmatli Hoshimjon Olimjonov, bilim yurti talabalari bilan uchrashuvga kelishingizni iltimos qilamiz. (Said Ahmad) 4. To‘xtang, ota! Gapini tamomlasin! (O‘. Umarbekov) 5. Qani, To‘xta xola, gapiring! (Abdulla Qahhor) 6. Ko‘p bema’ni ish qilibsiz-da, o‘g‘lim! (Abdulla Qahhor) 7. Uydagilar yaxshi o‘tirishibdimi, Xolida? – dedim uning qadamiga qarab ohista borarkanman. (O‘. Hoshimov) 8. Gapiring, Erkin aka! — dedi u qizarib ketgan ko‘zlarini menga tikib. (O‘. Hoshimov) 9. Ochiq-oshkora ishlash uslubi shunday bo‘ladi, muhtaram xonimlar! Demokratiya deydi buni. (Erkin A’zam) 10. Hurmatli o‘rtoq Saidova, «Yosh lik» kompleks binosining jyuri a’zolari sizning loyihangiz bilan tanishib chiqdi. Jyuri sizga shu loyiha uchun birinchi mukofot berilishini loyiq topdi... (O‘. Umarbekov) 88-mashq. Berilgan gaplardagi undalmalarning emotsional-ekspressiv bo‘yog‘ini izohlang. 1. E, hoy, anor olib bermadimmi? – dedi Turobjon mayin tovush bilan, ammo bu mayin tovushdan qo‘rqqulik edi. (Abdulla Qahhor) 2. Katta ketma, bola! Mening kuragim faqat o‘lganimda – go‘rda yotganimda yerga tegadi. (Said Ahmad) 3. Hurmatli radiotinglovchilar, biz shahrimizning yirik kor xonalaridan biridamiz. (Said Ahmad) 4. Kelinimiz Binafshaxon va kuyovimiz Akmaljonlarning muhtarama onalarini davraga taklif qilamiz! Marhamat, jondan aziz onajonlar! (Sharof Boshbekov) 5. Qalay, onajon, xursandmisiz? – dedi u yo‘lda yonma-yon o‘tirishar ekan. (Sh. Xolmirzayev) Qo‘y, xotin, ko‘pam zorlanma. (Said Ahmad) 6. Enajon, sig‘may qolasizmi deyman? (Sh. Xolmirzayev) 7. Qizim, men Zumradni seni o‘ylab, ukangni o‘ylab olib keldim. (O‘. Umarbekov) 8. Bor ekansiz-ku, Qobiljon aka! (O‘. Umarbekov) 89-mashq. Undalmalarni aniqlab, ularning uslubiy ma’no larini sharhlang. 1. Singlim, men o‘n kunda qaytib kelaman, kelgunimcha o‘rtog‘ingiz bilan birga bo‘ling. Xo‘pmi, singlim? (Abdulla Qahhor) 2. Haligini aytmadingiz, Boqijon aka, – dedi qiz. (Abdulla Qahhor) 3. Mayda bolalar bilan bel olishadigan bachkana polvon bo‘lib qoldingmi, Jalol, – derdi boshini sarak-sarak qilib. (Said Ahmad) 4. O‘rtoqlar, bugun maj lisimizda bitta masala ko‘riladi. (O‘. Umarbekov) 5. Shu deyman, domla, yoshingiz ham bir joyga borib qoldi. (Said Ahmad) 6. Beziyon, taqsir, beziyon... Biz ham bundan bis yor no‘sh aylaganmiz. (O‘. Hoshimov) 7. Hov, kalla bormi, senda? (Tohir Malik) 90-mashq. Undalamalarning gap tarkibidagi o‘rni va emotsionalekspressiv bo‘yog‘ini aniqlang. 1. Turobjon tugunchani orqasiga bekitib, tegishdi: – Akajon, degin! – Akajon! Jo-on aka!.. (Abdulla Qahhor) 2. E, e, yigitcha! Qani, bu yoqqa keling-chi! Ho‘, barakalla, mulla Suyar! (Abdulla Qahhor) 3. Siz ham, hurmatli o‘quvchi, men ham bir narsaga sevinishimiz kerak. (O‘. Umarbekov) 4. Biro dar, shu ortib qolgan lakni menga bersangiz. (Said Ahmad) 5. Yashang, xo‘jayin. Boshingiz oltin-da. (A. Yo‘ldoshev) 6. Er mat: «Yo Egam, o‘zingdan madad!» – dedi uni bir siltab ko‘tarib, oyog‘ini yerdan uzdi. (Said Ahmad) 7. Bu sizning fuqarolik burchingiz, aka. (A. Yo‘ldoshev) 8. Shoikrom siltanib qaddini rostladi. – Ovozini o‘chir, Xadicha! (O‘. Hoshimov) 9. Sendan nega gina qilarkan, bolam, – dedi Umri xola ayvon labida to‘xtab. (O‘. Hoshimov) A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan vaqt so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling