A‘zolar sistemasi ontofilogenezi. Qon aylanish nafas olish va hazm qilish. Tayyorladi 108-guruh talabasi Ergashov Xurshidbek
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda qon
Download 10.85 Kb.
|
A‘zolar sistemasi ontofilogenezi. Qon aylanish nafas olish va ha-fayllar.org
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda qonSuvda hamda quruqlikda yashovchilarda qon taloq, jigar, suyak ko‘migida ishlab chiqariladi. Yurak ikkita bo‘lmacha va bitta qorinchadan iborat bo‘lib, ikkita doira bo‘ylab harakat qiladi. Lekin ushbu qon aylanish doiralari bir-biridan butunlay ajralmagan. Yurak qorinchasidan arterial konus boshlanadi. Undan 3 juft arteriya tarmoqlanadi. Bir juft o‘pka-teri arteriyalari orqali venoz qon o‘pka va teriga boradi. Kislorodga to‘yingan qon o‘pka venasi orqali chap bo‘lmachaga, teri venasi orqali esa kovak venaga quyiladi. Bu kichik qon aylanish doirasi hisoblanadi. Qorinchadagi aralash qon bir juft (o‘ng va chap) aorta yoyi orqali tanaga aralash qon, bir juft uyqu arteriyalari orqali hali aralashib ulgurmagan arterial qon miyaga boradi. Miyadan va tanadan yig‘ilgan venoz qon kovak venalar orqali o‘ng bo‘lmachaga quyiladi. Bu katta qon aylanish doirasi hisoblanadi. Bularda yurak urishi (puls) past 40–50 tani, ba’zilarida 20–30 tani tashkil qiladi Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlik hayvonlari bo‘lib, qon suyak ko‘migi va taloqda ishlab chiqiladi. Ularning yuragi ikkita bo‘lmacha va bitta qorinchadan iborat. Qorincha chala to‘siq bilan ajralgan bo‘ladi.. Timsohlarda to‘siq to‘liq bo‘lib, yuragi to‘rt kamerali. Lekin sudralib yuruvchilarning barchasida tanada aralash qon oqadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilardan farqli ravishda sudralib yuruvchilarda qorinchadan mustaqil ravishda 3 ta qon tomiri chiqadi. Qorinchaning chap tomonidan arterial qonga o‘ng aorta yoyi chiqib, undan bosh miyaga ketuvchi uyqu arteriyasi, o‘rta qismidan tanaga ketuvchi chap aortayoyi, o‘ng tomonidan o‘pkaga ketuvchi venoz qonga ega o‘pka arteriyasi boshlanadi. O‘ng va chap aorta yoylari birlashib orqa aortani hosil qiladi. Shuning uchun miyaga arterial qon, tanaga aralash qon, o‘pkaga esa venoz qon boradi. O‘pka venalari chap bo‘lmachaga quyiladi. Bosh miya va tanadan keluvchi venoz qon o‘ng bo‘lmachaga quyiladi. Qushlar va sutemizuvchilarning yuragi to‘rt kamerali, arterial va venoz qon aralashmaydi. Ular issiqqonli hayvonlar hisoblanadi. Qushlarda qon suyak ko‘migi va taloqda hosil bo‘ladi. Yuragi o‘ng va chap bo‘lmacha, o‘ng va chap qorinchadan iborat. Yurakning chap tomonida arterial qon, o‘ng tomonida venoz qon bo‘ladi. Chap qorinchadan boshlangan o‘ng aorta ravog‘i yurakni o‘ngdan aylanib, tanani arterial qon bilan ta’minlaydi. Qushlarda aorta o‘ngdan aylanishi bilan sutemizuvchilardan farq qiladi. Tanadagi organ va to‘qimalarda gaz almashinuvidan hosil bo‘lgan venoz qon jigar orqali kovak venalarga va ulardan yurakning o‘ng bo‘lmasiga, o‘pkadan keladigan arterial qon esa, chap bo‘lmachaga quyiladi. Qushlarda yurak minutiga 500 marta uradi. Chunki, ularda moddalar almashinuvi jadal, tana harorati baland, +42°C ni tashkil qiladi ( Download 10.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling