A‘zolar sistemasi ontofilogenezi. Qon aylanish nafas olish va hazm qilish. Tayyorladi 108-guruh talabasi Ergashov Xurshidbek


juft zahar bezlari ham ovqat hazm qilishda ishtirok etadi. Ingichka ichak


Download 10.85 Kb.
bet4/5
Sana02.04.2023
Hajmi10.85 Kb.
#1321803
1   2   3   4   5
Bog'liq
A‘zolar sistemasi ontofilogenezi. Qon aylanish nafas olish va ha-fayllar.org

juft zahar bezlari ham ovqat hazm qilishda ishtirok etadi. Ingichka ichak

bilan yo‘g‘on ichak chegarasida ko‘richak shakllangan, yo‘g‘on ichak yo‘li

kloakaga ochiladi.

Sutemizuvchilarda oziqning xilma-xilligi tufayli hazm sistemasida

Sutemizuvchilarda oziqning xilma-xilligi tufayli hazm sistemasida

moslanishlar paydo bo‘lgan. Og‘iz bo‘shlig‘i burmali lablar bilan o‘ralgan. Bu moslanish bolasini sut bilan boqish hisobiga hosil bo‘lgan. Og‘iz bo‘shlig‘ida yuzasi ta’m bilish retseptorlari o‘rin olgan ko‘p so‘rg‘ichlardan iborat til, uch Ixtisoslashgan tishlarning paydo bo‘lishi sutemizuvchilar hazm sistemasidagi muhim moslanish hisoblanadi.Ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz, qizilo‘ngach, oshqozon (sodda yoki Murakkab), ingichka, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakdan iborat. Ichaklarning o‘lchami kattalashgan. ayniqsa, ko‘richak uzaygan. Chuvalchangsimon

o‘simta ham ovqat hazm qilishda qatnashadi. Hazm bo‘lmagan oziq anal teshigi orqali tashqariga chiqariladi.

Nafas olish sistemasi filogenezi

Boshskeletsizlarda halqum devorining ikki yonida jabra yoriqlari joylashgan. Jabra yoriqlari jabra oldi bo‘shlig‘iga ochilib, unga kirgan suv maxsus teshik orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Baliqlarda jabra yoriqlari devorlarida kapillar qon tomirlarga ega bo‘lgan jabra yaproqlari paydo bo‘ladi. Baliqlarda jabra yoriqlari soni kamaygan bo‘lsa-da, lekin nafas olish sathi kapillarlar to‘ri hisobiga kengayadi. Panjaqanotli baliqlarda oxirgi jabra yoylari orqa tomonidan suzgich pufagi shakllanadi. Embriogenez davrida yuzaga kelgan suzgich pufagi va halqum orasidagi bog‘lanish keyin ham saqlanib qoladi. Shuning uchun halqumga tushgan havo hech qanday to‘siqsiz suzgich pufagiga o‘tadi. Bunday xususiyat suzgich pufagini o‘pkaga aylanishi uchun zamin bo‘ladi.

Sutemizuvchilarda nafas yo‘llari kiprikchali epiteliy bilan qoplangan. ular ovqat hazm qilish sistemasidan to‘liq ajralgan va faqat halqumqismida kesishadi. Bronxlar ko‘p marta tarmoqlanib, bronxiolalar va alveolalar o‘pka pufakchalari bilan tugaydi. Alveolalar devori bir qavat epiteliydan iborat bo‘lib, kapillarlar to‘ri bilan o‘ralgan. Alveolalarning soni turli sutemizuvchilarda har xil bo‘ladi. Ular hisobiga gaz almashinuvi sathi kengayadi. Ko‘krak bo‘shlig‘i qorin bo‘shlig‘idan diafragma bilan ajralib turadi. Diafragmada muskul to‘qimasi yaxshi rivojlangan bo‘lib, nafas olish harakatlarida juda muhim ahamiyatga ega


Download 10.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling