58.VIRUS NUKLEIN KISLOTASI TIPI VA ZANJIRIGA ASOSLANGAN KLASIFIKASIYASI:
• Mazkur klassifikatsiyada barcha viruslar nuklein kislotasining tipiga qarab ikkiga bo‘lingan, ya’ni Dezoksiviruslar va Riboviruslar. Bularning har biri o‘z navbatida ikkizanjirli va birzanjirli DNK guruhiga hamda ikkizanjirli va birzanjirli RNK guruhlariga bo‘lingan. Endigi bo‘linishlar asosida virionning tuzilishi simmetriyasi va qobiqqa egaligi asosida bo‘ladi.
59. Kriptogrammalarga asoslangan klassifikatsiya
• Kriptogrammada quyidagi elementlar bo‘lib, virus xususiyatlari harflar - simvollar orqali belgilanadi. Har bir kriptogramma 4 juft simvollardan iborat:
• Birinchi juftlik. Nuklein kislota tipi va molekuladagi zanjirlar sonini ifodalaydi. RNK( R) yoki DNK(D) zanjirlar sonining belgilari: • 1-bir zanjirli; 2- ikki zanjirli;
• Ikkinchi juftlik. Nuklein kislotalarning molekulyar massasi (dalton, millionlarda). Virus zarrasidagi nuklein kislota miqdori (foizda). Bu miqdor yuqumli virus zarrasi tarkibini ifodalaydi.
• Uchinchi juftlik. Virion shakli va nukleokapsid shakli (virus nuklein kislotasi va unga musthkam birikkan oqsil); • Virus strukturasini izohlovchi simvollar: • S - sferasimon; • E - tomonlari parallel bo‘lgan uzunchoq struktura; • U - ikki uchi yumaloq, tomonlari parallel, uzunchoq struktura; • X - murakkab struktura
• To‘rtinchi juftlik. Virus yuqadigan (kasallantiradigan) xo‘jayin tipi va virus tashuvchilar tipi. Kriptogrammalarga asoslangan klassifikatsiy
Do'stlaringiz bilan baham: |