ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

Qarsaklar.
Àshulalar, raqslar.
USMON G‘ÀNI: — Navbat yana tabrikka. Gollandi-
yada tajriba o‘tkazayotgan qizimiz Umidaxonim Õur-
shida opalarini tabriklab, she’riy maktub jo‘natgan. 
O‘qib berishni Bahromdan so‘rasak. 
BÀHROM: — Boshida ikki og‘izgina nemischa so‘zi 
ham bor ekan, buni o‘qimay qo‘ya qolay. Rozimisizlar? 
Unda she’rni o‘qiyman.  
Yo‘l boshida yig‘lab qolgan,
Boshim silab-silab qolgan,
Tezroq qayt deb, imlab qolgan,
Àyajonimga assalom.
To‘ylarida bo‘lolmadim,
Tabrik so‘zi aytolmadim,
Õizmatini qilolmadim,
Opajonimga assalom.
Yasanishib kelganlarga,
Sovg‘a-salom berganlarga,
So‘zdan gullar terganlarga,
Qayta-qayta assalom.
Sigir boqqan opajonlar,
Sutlar soqqan opajonlar,
Qo‘li chaqqon opajonlar,
Barchangizga assalom.
Buzoqlarim unib-o‘ssin,
Savri xolam qarab tursin,
Yem-xashakni ko‘p-ko‘p yesin,
Õolajonim assalom.


338
Shivir-shivir gaplashardik,
Dilni-dilga ulashardik,
Goho kulib yig‘lashardik,
Dugonalar assalom.  
Êiygin doim atlas nimcha,
Degandingiz qori pochcha,
Shim kiymadim shu kungacha,
Qori pochcha assalom. 
Sigir ko‘p Gollandiya,
Har sigirki misli tuya,
Yana tag‘in ot-u biya,
Shulardan ham assalom.
Tagobimiz bahor ekan,
Êo‘p yashnagan gulzor ekan,
Êishilari dildor ekan,
Qishlog‘imga assalom. 
She’r o‘qilayotgan paytda ichkarida qiz uzatib kelgan 
boshqa ayollar davrasida o‘tirgan Inoyat aya yig‘lab-
yig‘lab olayapti. 
USMON G‘ÀNI: — Endigi so‘z muhabbatning otash 
kuychilari bo‘lgan Tagobli xonanda qizimizga. Shirin 
nafaslari bilan barchani maftun etgan ukalarimizga. 
ÀÊROM:  — Yo‘q, yo‘q, endigi so‘z menga, g‘isht 
zavodining ilg‘or ishchisi Àkromjonga. 
Qornini o‘ynatib, she’r o‘qiy boshlaydi.   
Yantog‘ining yog‘i yo‘q,
Laqqashiqildoq.
Odamingning sog‘i yo‘q,
Laqqashiqildoq.


339
Omborchiga qiz berma,
Laqqashiqildoq.
Omborlari bo‘sh bo‘lar, 
Laqqashiqildoq. 
Êambag‘alga qiz berma,
Laqqashiqildoq.
Haydagani qo‘sh bo‘lar,
Laqqashiqildoq.
Yolg‘on so‘zni so‘zlama,
Laqqashiqildoq.
Àyyorlikni o‘ylama,
Laqqashiqildoq.
Yolg‘onchining sho‘ri bor,
Laqqashiqildoq.
Àyyorlikning go‘ri bor,
Laqqashiqildoq.
Êuyovimiz zo‘r ekan,
Laqqashiqildoq.
Êelinimiz hur ekan,
Laqqashiqildoq.
O‘g‘il ko‘rsin, qiz ko‘rsin,
Laqqashiqildoq.
Yoshlari ham yuz bo‘lsin,
Laqqashiqildoq.
G‘ishtchilar nomidan ushbu oltin soatni kelinimiz 
Õurshidaxonga, ushbu qo‘lbola chust nusxa do‘ppi 
beklar begi Beksultonga!
Qarsaklar.


340
USMON G‘ÀNI: — Àziz hamqishloqlar, to‘yimizga 
viloyat hokimi Sattor Shokirovich, Tadbirkorlar pal-
atasining jonkuyar, mehribon rahbari Salimaxonim 
va yana ancha aziz mehmonlar tashrif buyurishdi. 
O‘rnimizdan turib, qarsaklar bilan kutib olaylik.
Shokalon betoqlana boshlaydi, negadir o‘zini 
qo‘ygani joy topolmay qoladi, nihoyat o‘rnidan turib, 
orqa tomon bilan chiqib keta boshlaydi.
USMON G‘ÀNI: — E, ha, amaki, to‘y endi boshla-
nayapti-ku.
SHOÊÀLON: — Yomon narsa yegan bo‘lsam kerak, 
qornim og‘ribroq turibdi. 
USMON G‘ÀNI: —  Ehtimol, ichburug‘ bo‘lgandirsiz.
SHOÊÀLON: — Shunaqaga o‘xshaydi.
(Shokalon to‘yxonadan uzoqlashgan sari g‘azabi 
oshib, yer tepinib boradi.) Yo‘q, yo‘q, senlarga yuz 
gektar yerni berib qo‘yib, tomosha qilib o‘tiradigan 
ahmoqlardan emasman. Shafqatsiz o‘yinni men emas
senlar boshladilaring. Endi mendan ko‘rasanlar. Shu 
kungacha to‘pponchadan pisillatib otib kelayotgan 
edim... O‘qlab qo‘ygan zambaraklarim tek turibdi... 
Mana endi otaman.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling