ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

Õurshida bir dunyo hujjatlar solingan papkalarni 
qo‘ltiqlab chiqib ketadi. 
* * *
Êechki payt. Quyosh qizarib botmoqda. Umida yaylo-
vdan buzoqlarini qaytarib olib kelyapti. Yonida Bahrom.
BÀHROM: — Umida, ketishing aniqmi?
UMIDÀ: — Àyajonim opangning to‘yidan keyin 
jo‘narsan degandilar, bo‘lmadi.
BÀHROM: — Nega bo‘lmadi?
UMIDÀ: — Gollandiya elchixonasidan opamga xat 
keldi. 
BÀHROM: — Bitta o‘zing jo‘naysanmi?
UMIDÀ: — Viloyatimizdan uchta qiz birga ketar 
ekanmiz.
BÀHROM: — O‘g‘il bolaga o‘rin yo‘qmikin?
UMIDÀ: — Bilmadim. 
BÀHROM: — Rostini aytaymi... Men sensiz kasal 
bo‘lib qolaman.
UMIDÀ: — Êasal bo‘lib qolsangiz, ho‘ shahardagi 
qo‘li yumshoq qizlaringizga borarsiz. 
BÀHROM: — O‘shanda hazillashuvdim deb ming 
marta aytdim-ku.
UMIDÀ: — Qasam ichmadingiz-ku.
BÀHROM: — Àllohim nomini o‘rtaga qo‘yib ayta-
manki...
UMIDÀ: — Bo‘ldi, bo‘ldi. Men qaytgunimcha hech 
shaharga bormayman, deb so‘z bering.
BÀHROM: — Qachon qaytasan o‘zi?


330
UMIDÀ: — Bir yilga ketyapman, dedim-ku. Õurshi-
da opam ishlagan fermaga boryapman.
BÀHROM: — Umida, bitta o‘pay.
UMIDÀ: — Nari turing, hamma qarab turibdi. 
BÀHROM: — Àtrofda hech kim yo‘q-ku.
UMIDÀ: — Buzoqlarim qarab turibdi, nari turing
yig‘layman.
BÀHROM: — Bo‘pti, bo‘pti, yig‘lama, tegmayman. 
Bitta she’r o‘qib beraymi?
UMIDÀ (chinakam yig‘lamsirab): — O‘qisangiz o‘qi-
yvering.
Bahrom o‘qiydi, qiz ko‘zi namlanib g‘amgin tinglaydi.
BÀHROM: — Olislarga ketar bo‘lsang, 
Maqsadingga yetar bo‘lsang, 
Maktublar ham bitar bo‘lsang, 
Jonim, meni unutmagin.
Yo‘llaringga ko‘zim tikay,
Senga atab gullar ekay,
Lovullagan she’rlar bitay, 
Jonim, meni unutmagin.
Sevib qolgan devonaman,
Erta-yu kech parvonaman,
Elga bo‘lgan afsonaman,
Jonim, meni unutmagin.
Tashlab ketma Bahromingni,
Sensiz holi harobingni,
Àlloh bersin savobingni,
Jonim, meni unutmagin.
Umida buzoqlari ortidan yig‘lab borayapti.


331
* * *
Õurshidaning dashtdagi poyonsiz yeri. Ikki-uch mu-
taxassis, Õurshida, Àbdusamat, Beksulton, O‘nboshi, 
Usmon G‘ani beton qoradigan kichik sex qurish uchun 
joy tanlashyapti.
O‘NBOSHI: — Sutkasiga qancha beradi bu quril-
mang?
MUTÀÕÀSSIS:  — Beton aralashmasini so‘rayap-
sizmi?
O‘NBOSHI: — Ha, o‘shandan.
MUTÀÕÀSSIS:  – Yaxshi yigitlar bo‘lsa, qirq ton-
nagacha olsa bo‘ladi. 
O‘NBOSHI: — Shlakli blokdan-chi?
MUTÀÕÀSSIS:  — To‘rt ming tonnagacha chiqa radi. 
ÕURSHIDÀ: — Àmaki, mana shu yovvoyi bedalar 
ekiladigan dashtingizdan ozgina olamiz-da, Beksulton 
akam bilan shu yerni tanladik. Birinchidan, ho‘v ana 
— shag‘al yaqin, ikkinchidan, ariq ochib suv keltirsa 
bo‘ladi, bo‘lmasa bu yerga mashinada suv tashib ul-
gurib bo‘lmaydi. 
BEÊSULTON: — Dada, hisob-kitobi ham uncha 
yomon emas, arzon.
ÕURSHIDÀ: — Bir yilga qolmay o‘zini oqlaydi. 
O‘NBOSHI: — Ishqilib, qarzni ko‘p olmadilaringmi?
ÕURSHIDÀ: — Yo‘q, asosan, o‘zimizdan chiqdi, nov-
voslarni tirik vaznida yaxshigina pulladik. 
Yaqinginalarida yengil mashina to‘xtaydi. Rulda 
Shoumar, yonida otasi Shokalon.
SHOÊÀLON: — E-e, qo‘shnilar, yaxshi ish bosh-
labsizlar-u, bir og‘iz aytmabsizlar-da. Haliyam kech 
emas, Shoumarni sherik qilasizlar. 
BEÊSULTON: — Êech qoldilaring, bank bilan shart-
noma tuzib, pulini ham o‘tkazib bo‘ldik.


332
SHOÊÀLON: — Nahotki qishloq fermerlar uyush-
masining bosh maslahatchisi bo‘la turib, bu ishlardan 
bexabar qolgan bo‘lsam. 
ÕURSHIDÀ: — Sizlar ham meva quritadigan mosla-
ma qurganlaringda biz bexabar qolgandik. 
SHOUMÀR: — Beksulton o‘rtoq, araz-turazni 
yig‘ishtiraylik, proyektga meniyam sherik qilasan.
BEÊSULTON: — Àytayapman-ku, biz allaqachon 
ish boshlab yuborganmiz.
SHOUMÀR  (ovozini balandlatib): — Qo‘shasan, 
deyapman!
SHOÊÀLON: — Ha o‘g‘lim, ikki o‘rtoq ahillik bilan 
ishlanglar. Bu qurilmadan viloyat hokimining ham 
xabari bor. Mana hozir gaplashaman (Cho‘ntagidan 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling