ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

Umidani kelin qilsam yerning yarmini olaman deb 
o‘ylaydi u o‘zicha. 
* * *
Inoyat ayaning hovlisi. Àyvonda Inoyat, qori poch-
cha, Sabriniso, Shokalonlar o‘tirishibdi. Gap bilan In-
oyatni o‘rtaga olishgan.


323
QORI:  — Boshingni ko‘taribroq o‘tir, seni otga 
mindirib, opqochib ketgani kirganimiz yo‘q, obbo, 
shuncha obro‘li odamlar sovchi bo‘lib kelibdi-yu, ta-
mannolarini qarang.
INOYAT: — Qori pochcha!
QORI:  — Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam 
ham boshi ochiq ayol bilan beva erkakning boshini 
darrov qo‘shib qo‘yganlar. Bo‘lmasa, yurtga vazmin-
chilik keladi, deganlar.
INOYAT: — Jon amaki, mengayam quloq soling.
QORI:  — Badr jangini eshitganmisan?
INOYAT: — Eshitganim yo‘q.
QORI:  — Uxud jangini-chi?
INOYAT: — Bilmayman, deyapman-ku.
QORI:  — Bular Qur’oni karimda yozilgan. Payg‘am-
barimiz (s.a.v.) ana shu janglarda nobud bo‘lgan erk-
ag-u ayollarning boshini darrov bir-biriga qovushtir-
ganlar. Mana shuning uchun ham Àlloh musulmon-
chilikka rivoj bergan.
INOYAT: — Tagob qishlog‘ida bo‘ladigan musulmon-
chilik mening erga tegishimga bog‘liq bo‘lib qoldimi?
SHOÊÀLON: — Boshi ochiq holda yurishing, 
O‘nboshining vaqti bemahal senikiga kirib-chiqib 
turishi... Har xil bema’ni gaplarga sabab bo‘layapti. 
INOYAT: — Voy xudoyim-ey, gapirishga navbat 
berasizlarmi, yo‘qmi?
QORI:  — Bugun biz gapiramiz. Odamlar, e, qori 
pochcha, bir kosa suv bilan xuddi payg‘ambarim-
iz (s.a.v.) qilgandek, ikkovlarini so‘ratib qo‘ysangiz 
bo‘lmaydimi, deyishayapti.
INOYAT: — Uh-h (Jahl bilan turib ketadi). 
SÀBRINISO:  — Inoyatxon, bilaman, sizga er kerak 
emas, lekin popukdek uch qizingiz bor, ularga mehri-
bon ota kerak. Êeyin Õurshidaxon bilan Beksultonning 
to‘ylarini tartibli o‘tkazish uchun akam bilan ikkovlar-
ing bir yoqadan bosh chiqarib turishlaring kerak.


324
QORI:  — Õudo xohlasa, O‘nboshi ikkovlaringning 
nikohingni ham o‘zim o‘qiyman (Hovuchini ochib). Iloyo 
omin...
INOYAT: — Voy to‘xtang, O‘nboshi amaki bilan o‘zim 
bir gaplashib ko‘ray, tavba qildim-ey...
* * *
Sovchilar chiqib ketishayapti, qori pochcha to‘xtab, 
Sabrinisoning yengidan tortadi.
QORI:  — Singlim, kirib ayting, nomiga bo‘lsa ham 
kichkinagina bir tuguncha qilib berishsin. Biz qutlug‘ 
uydan quruq chiqqan emasmiz...
* * *
Qori pochcha qorovulxona oldida betoqat kutib o‘tir-
gan O‘nboshiga deydi:
QORI:  — Êuyov bola, buyog‘ini ancha yumshatib 
qo‘ydim. Endi bitta zarbof to‘n kiygizasiz-da.
O‘NBOSHI: — Qori pochcha, xudo xohlasa sizga 
boshdan-oyoq sarpo qilaman.
QORI:  — O‘nboshi, bedangizni o‘rgan bo‘lsangiz, 
yuz bog‘ini berib yuborsangiz-chi. 
O‘NBOSHI: — Õo‘p bo‘ladi, bugunoq ikki yuz bog‘ 
jo‘nataman.
* * *
Fermaning ma’naviyat xonasi. O‘nboshi bilan Inoyat 
bir-biridan tortinibroq suhbatlashib o‘tirishibdi. 
INOYAT: — Menda ko‘nglingiz borligini bilaman, 
shunga qaramay, sovchilarni ikki-uch bor qaytardim. 
O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, uchta qizim buyoqda turib, erga 
tegib olsam, odamlar nima deydi?


325
O‘NBOSHI: — O‘sha odamlar aytishayapti-da bu 
gaplarni.
INOYAT: — Qaysi gaplarni?
O‘NBOSHI: — Shu qizlariga otalik qiling, deyisha-
yapti-da.
INOYAT: — Odamlarning gapiga kirib, Õurshida 
bilan Beksultonning to‘yini qoldirib, ikkovimiz kar-
nay-surnay chaldirib to‘y qilishimiz kerak ekan-da?
O‘NBOSHI: — Nikoh o‘qitib qo‘ysak, to‘yni keyinroq 
ham qilaverardik.
INOYAT: — Ho, nikohni o‘qitgandan keyin siz qar-
ab turarkansizmi?! Mast buqaday har qarash laringiz 
borki...
O‘NBOSHI: — Sallani qoziqqa ilmay turamiz, deyap-
man-ku.
INOYAT: — Meniyam sizga hurmatim baland. 
Qizlarim ham sizni o‘z otasidek yaxshi ko‘rishadi. 
Siz bo‘lmasangiz, Õurshida qizingiz suvsiz dashtda 
masxar ham, yovvoyi beda ham ekolmasdi. Siz tufayli 
mollarimiz ko‘paydi, yashirmayman, boyib ham ketdik. 
Hammasiga o‘zingiz bosh-qosh bo‘lib yuribsiz. Lekin 
jon quda, avval ikki yoshning to‘yini o‘tkazib olaylik, 
uyog‘i bir gap bo‘lar.
O‘NBOSHI: — Hakimxon eshon sovchi qo‘yyapti, 
deb eshitib ancha xit bo‘ldim.
INOYAT: — E, och echkiday ma’ramay o‘lsin o‘sha 
eshoningiz, ko‘rgani ko‘zim yo‘q. 
O‘NBOSHI: — Nuqul tushimga rahmatli ering Erka 
qassob kiradi. Qizlarimdan xabar olyapsanmi, qishli-
giga o‘tin tayyorlab berdingmi, deb so‘raydi. 
INOYAT: — E tavba, menam rahmatli xotiningiz 
Gulsanam popopchini har kuni tushimda ko‘raman. 
O‘g‘lim bilan cholginamdan xabar olib turibsizmi, 
kir yoqa  ko‘ylak kiyishmayaptimi... Nuqul shunaqa 
gaplarni so‘raydi. Uyg‘onib ketib, yig‘lab-yig‘lab ol-


326
aman... Àytganday, Beksulton kuyovimni ko‘rgani 
ketayap man. Birga borsak yaxshi bo‘lardi. 
O‘NBOSHI: — Esizgina, tulkixonadagi makkaga suv 
olganman. Êeyin borarman.
* * *

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling