ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

Inoyat ayaning hovlisi. Õurshida, Inoyat, Dilbar, Sa-
brinisolar o‘tirishibdi. Barchasining dilida allaqanday 
qo‘rquv, vahima bor. 
INOYAT: — Tavba qildim, ammasi-ey, bu balolarn-
ing yopirilib kelishini qarang.
DILBÀR: — Hayronman, jiyanimning qaysi qilmishi 
Àllohga ma’qul bo‘lmayapti ekan?


320
SÀBRINISO:  — Tovuqxonaning o‘rni ilgari mozoris-
ton bo‘lgan, falokatlar shundanmasmikin?
DILBÀR: — Haliyam kech emas, viloyat hokimi bilan 
yaxshisan-ku, qaysarlik qilma, tezroq qo‘ng‘iroq qil.
ÕURSHIDÀ: — Àmmajon, hali shikoyatni o‘qigan-
im yo‘q, eshitganim ham yo‘g‘-u, nima deb qo‘ng‘iroq 
qilaman? Bordi-yu, o‘qiganimdayam, yordam so‘rab 
hech kimga murojaat qilmayman. Ojiz odamlargina 
yordam so‘raydi. Men o‘zimni ojiz sezayotganim yo‘q. 
Êuchim yetganicha olishaman.
INOYAT: — Qizim, sen ham odam bo‘lib bir kat-
talarning gapiga kirgin. Buncha rahmatli dadangga 
o‘xshab qaysar bo‘lmasang.
ÕURSHIDÀ: — Àyajon, men viloyat kengashining 
deputati bo‘la turib, o‘zimni o‘zim himoya qilolmasam
unda boshqalardan nimani kutish mumkin?!
INOYAT: — Bo‘lmasa, hadeb olishaver.
ÕURSHIDÀ: — Qizingiz aslida olishish uchun tug‘il-
gan ekan.
INOYAT (alam bilan): — Olisha-olisha nobud bo‘lib 
ketasan.
ÕURSHIDÀ  (kulib): — Qabrimning ustiga, oli-
sha-olisha nobud bo‘ldi, lekin yengilmadi, deb yozib 
qo‘yasizlar.
* * *
Õurshidaning dashtdagi yeridan qishloq tomonga 
Shokalon bilan O‘nboshi tushib kelyapti. Goh tizzaga 
kelib qolgan suvsiz sarg‘ayib pishadigan beda, goh 
yer bag‘irlab o‘sadigan masxar oralab kelishayap-
ti. Hosilni ko‘rib, shuncha yerni Õurshidaga berib 
qo‘yganini o‘ylab Shokalonning ichi yonib borayapti, 
lekin sezdirmaydi.
SHOÊÀLON: — Bu masxar deganlari shunaqa foy-
dali ekin ekan-da?


321
O‘NBOSHI: — E-e o‘rtoq, bu tadbirkor bolalar ni-
malarni o‘ylab topishmayapti, deysan.
SHOÊÀLON: — Gektaridan qancha hosil berar kan?
O‘NBOSHI: — O‘tgan yili 40 sentnerdan olishuvdi, 
shekilli.
SHOÊÀLON: — Yog‘i-chi, yog‘iyam chakana bo‘lma-
sa kerak?
O‘NBOSHI: — Gektaridan bir tonnadan berarov.
SHOÊÀLON: — Bu deyman, deputat kelining foy-
dani tagida qolarkan-da... To‘yni qachon qilmoqchi-
sizlar?
O‘NBOSHI: — Beksulton hozir ikkita tayoqda yu-
ribdi, dadajon, hech bo‘lmasa bir tayoqli bo‘lay, to‘yni 
o‘shanda qilarmiz, deyapti.
SHOÊÀLON: — Menga qara o‘rtoq, shu Inoyatbo-
nuga uylanib qo‘ya qolmading-da.
O‘NBOSHI: — E o‘rtoq, uch-to‘rt bor sovchi qo‘ydim. 
Yaqiniga yo‘latmayapti.
SHOÊÀLON: — Bordi-yu, ishingni men bitirib ber-
sam-chi?
O‘NBOSHI: — Qaniydi, bir yo‘la ikki bevaning olq-
ishini olarding. 
SHOÊÀLON: — Lekin mening ham bitta shartim 
bor-da. Àgar o‘sha xonadonga ota bo‘lib borsang, Õur-
shidaning Umida ismli singlisi bor. O‘shani mening 
o‘g‘lim Shoumarga olib berasan.
O‘NBOSHI: — E o‘rtoq, unda chinakam qarindosh 
bo‘lamiz-ku. Men mingdan-ming roziman.
* * *
Fermaning ma’naviyat xonasi. Qori pochcha, Dilbar, 
Shokalon Õurshidani o‘rtaga olishgan. Biri olib, biri 
gapirayapti. 
 
QORI:  — Àyoli yo‘q uyning sarishtasi, erkagi yo‘q 
uyning farishtasi bo‘lmas, deydilar. Bunday xonadon-


322
ga to‘xtamay falokat yog‘ilib turarkan. Sen otaga, 
Beksulton onaga muhtoj.
ÕURSHIDÀ: — Bo‘lmasa, xudodan menga ota so‘rab 
bering.
QORI:  — Ota tayyor. Sen rozi bo‘lsang, bas. Onang 
bilan O‘nboshini nikohlab qo‘ya qolamiz. Bo‘lmasa 
falokatdan arimaysizlar.
ÕURSHIDÀ  (kulib o‘rnidan turib ketadi): — Voy, 
nimalar deyapsiz, qori pochcha? 
SHOÊÀLON: — Yosh bo‘lsang ham oila boshlig‘i 
o‘zing hisoblanasan, qizim.
DILBÀR: — Jiyanginam, Beksulton bilan to‘yla ring-
ni risoladagidek o‘tkazish uchun senlarga ham ota
ham ona kerak bo‘ladi.
ÕURSHIDÀ: — Busiz ham O‘nboshi amaki har kuni 
biznikida-ku.
QORI:  — Menga qara, qulog‘ingga azon aytgan qori 
pochchang bo‘laman-a. Gapimga quloq sol, boshi ochiq 
ayolning uyiga erkakning kiraverishi makruh bo‘ladi.
ÕURSHIDÀ (kuladi): — Õullas, ayajonimni erga 
berishim kerakmi?
SHOÊÀLON: — Sen rozi bo‘lsang, bas, uyog‘ini te-
zlashtirib yuboramiz. 
ÕURSHIDÀ: — Nega ayamning o‘zidan so‘ramay-
apsizlar... Menga baribir, tavba!.. (kulib chiqib ketadi)
QORI:  — Àlbatta, sukut alomati rizo, deydilar.
SHOÊÀLON: — Àlbatta-da, qaysi qiz bir yo‘la ham 
erga, ham otaga ega bo‘lishni orzu qilmaydi, deysiz... 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling