ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

Fermaning ma’naviyat xonasi. Õurshida bilan kichik 
leytenant bir-biriga qarama-qarshi o‘tirishibdi. Õiyla 
qizishib ketishganidan asablar tarang.
LEYTENÀNT: — Mening boshlig‘imga nima deb 
telefon qildingiz?
ÕURSHIDÀ: — Sust ishlayapti, qo‘lidan kelmaydi, 
shekilli, dedim.
LEYTENÀNT (battar qizishib): — Ey, opajon!
ÕURSHIDÀ: — Men opangiz emasman.
LEYTENÀNT: — Õurshida Erkayevna! Men bekor 
o‘tirganim yo‘q.
ÕURSHIDÀ: — Qirq kun bo‘lyapti, qani natija, qani 
jinoyatni ochganingiz?


307
LEYTENÀNT: — Guvoh Qo‘ziboy Qurbonovdan 
bosh qa hech kim quvgan mashinani ko‘rmagan.
ÕURSHIDÀ: — Qo‘lingizda o‘sha mashinaning raqa-
mi turibdi-ku. 
LEYTENÀNT: — Shu raqamni axtarib Êonibodom-
dan to Õo‘jandgacha borib keldim. Bunday rusumli 
mashina ularda hech qachon bo‘lmagan ekan. Buning 
ustiga yarador Beksulton, o‘zingiz eshitdingiz, cheg-
araning naryog‘ida menga xusumati bor odam yo‘q, 
deyapti. Àgar, dushmanlikdan bo‘lsa, dushman ni 
Tagobdan axtarish kerak, deyapti.
ÕURSHIDÀ: — Nega axtarmayapsiz bo‘lmasa?
LEYTENÀNT: — Àxtarish shunchalik bo‘ladi-da, 
opajon.
ÕURSHIDÀ: — Men opangiz emasman!
LEYTENÀNT: — Mashinaning raqami qalbaki bo‘lsa-
chi?!
ÕURSHIDÀ: — Tajribangizda shundaylari ham 
uchraganmi?
LEYTENÀNT: — Ha, uchragan. Mashinaning bal-
loni yap-yangi bo‘lgan. Mana, o‘n yettita surat ol-
ganman, mashinaning burilish joyi, qo‘zg‘alish joyi, 
o‘ngga, chapga burilishi, tormoz yo‘li, hammasida 
yangi ballonning izi turibdi. Tumanda bor-yo‘g‘i uchta 
Gaz-52, Gaz-53 rusumli mashina bor. Tekshirdim, 
qayta-qayta tekshirdim. Hech birida yangi ballon yo‘q. 
Demak... Àgar shu mashinalar ishtirok etgan bo‘lsa, 
unda ballonlar almashtirilgan bo‘ladi. Lekin bu uch 
mashinaning biri butunlay yaroqsiz, kuzovning o‘zi 
turibdi, ikkinchisi o‘sha kechasi Toshkentga piyoz olib 
ketgan, uchinchisining egasi o‘sha kuni to‘y qilgan. 
To‘yga kelganlarning hammasi ushbu mashinani uyda 
ko‘rishgan.
ÕURSHIDÀ: — Endi topolmayman, deng.


308
LEYTENÀNT: — Tinmay axtaryapman, deyap-
man-ku, surishtirish shunchalik bo‘ladi-da.
ÕURSHIDÀ: — Tajribangiz yo‘q ekan, bu ishni qo‘lga 
olmasligingiz kerak edi. Yoki... 
LEYTENÀNT: — Yoki-poki deb meni kamsitaver-
mang. Àgar ko‘nglimda yomon gap bo‘lganda, o‘sha 
qonga belanib yotgan jarohat egasini hammayog‘imni 
qonga bo‘yab, ko‘tarib mashinaga olmagan bo‘lardim. 
Êasalxonaga yetguncha bag‘rimga bosib, o‘zidan ke-
tayotganda og‘zimdan nafas bermagan bo‘lardim. Àxir 
birinchi bo‘lib qonni men o‘zim berdim-ku. Bo‘lmasa, 
xudo biladi...
ÕURSHIDÀ: — Qizishmay gapiring.
LEYTENÀNT: — Nega qizishmas ekanman. Sizning 
bir og‘iz so‘zingiz bilan meni ishdan olib tashlashlari 
mumkin. Men endigina ish boshlaganman.
ÕURSHIDÀ: — Unda joningizni koyitibroq ishlang.
LEYTENÀNT: — Hey opajon, hey Õurshida Erkayev-
na, viloyatda shu rusumli mashinadan ellik to‘rtta 
bor ekan.
ÕURSHIDÀ: — Hammasini tekshirib chiqaman, 
deng.
LEYTENÀNT: — Àlbatta, nazoratimga olaman.
ÕURSHIDÀ: — Unda jinoyatni ochishingiz uchun 
yana besh-o‘n yil kerak bo‘larkan-da.
LEYTENÀNT: — Õurshida Erkayevna, iltimos qil-
aman, boshlig‘imga telefon qiling, mendan bu ishni 
olmasin. Olsa, meni ishdan ketdi, deyavering. Lekin 
va’da beraman, bu jinoyatni, albatta, ochaman... 
Telefon qilasizmi?
* * *
Darvozaxona oldida 5-6 ta sut sog‘uvchi ayollar, 
g‘ishtxonadan kelgan yigitlar leytenantni qurshab 
olishdi.


309
MÀNZURÀ: — Hoy inim to‘xtang, men fermaning 
jensoveti bo‘laman. 
LEYTENÀNT: — Jensovet bo‘lsangiz nima qilay, 
ashula aytib beraymi?!
MÀNZURÀ: — Êerak bo‘lsa, ashula ham aytasiz
Beksulton mudiramizning muovini bo‘ladi-ya!
LEYTENÀNT: — Bilaman.
OVOZ: — U kishi pochchamiz ham bo‘ladi. 
LEYTENÀNT: — Bilaman.
OVOZ: — Uni ataylab avariya qilishgan degan 
ekansiz.
LEYTENÀNT: — Ha, shundan boshqa taxmin yo‘q.
USMON G‘ÀNI: — Nega bo‘lmasa jinoyatchini ush-
lamayapsiz?
LEYTENÀNT: — Hali jinoyatchining shaxsini 
aniqlaganim yo‘q. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling