ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

Beksulton yotgan xona. Beksulton bint bilan o‘ralgan 
oyog‘ini uzatib o‘tirib olgan. Õonada yana uch kishi bor. 
Bir qo‘lida kastryul, bir qo‘lida tuguncha Shokalon bilan 
O‘nboshi kirib boradilar.
SHOÊÀLON: — Ey, o‘tiringlar, o‘tiringlar, bu qizimiz 
yanglishmasam, tadbirkorlar palatasining boshlig‘i, 
mana bu o‘g‘lim hokimiyatdan, kuyovimning qo‘lida 
ishlaydi. Mana bu o‘g‘limni tanimayroq turibman.
BEGONÀ YIGIT: — Àmaki, Remstroydanman. Rais-
ligingizda oldingizga borib turardim-ku.
SHOÊÀLON: — E, bo‘ldi. Àbulvodxozning o‘g‘lisan.
BEGONÀ YIGIT: — Ha, o‘shaman.
SHOÊÀLON: — Bilaman, ko‘ngil so‘rab kelgansizlar. 
Êimning kimligi odamning boshiga mana shunaqa 
tashvish tushganda bilinadi. Muhabbatli bo‘linglar, 
O‘nboshi bilan biz qanday yashagan bo‘lsak, ana 
shunday ahil yashanglar.
ÀYOL: — Rais buva, endi bizga javob beringlar.
SHOÊÀLON: — Tadbirkorlarning boshini silay-
apsanmi axir?
ÀYOL: — Qo‘limizdan kelgancha... O‘nboshi bobo!
O‘NBOSHI: — Labbay, qizim?
ÀYOL: — Bo‘lajak keliningiz ajoyib-da.
O‘NBOSHI: — Àjoyibini tanlaganmiz-da, qizim.
ÀYOL: — G‘isht zavodi «Êo‘kdala»ga qo‘shilganda 
Remstroydan uch million qolgan ekan, o‘shani undi-
rishga yordam bermasangiz, bir to‘yimga aytmayman, 
deb qo‘rqitadi, bir deputat sifatida prokurorga qo‘ng‘ir-
oq qilaman, deb qo‘rqitadi... Endi nima bo‘lgandayam 
deputat-da.


305
BEGONÀ YIGIT: — O‘nboshi bobo, Beksulton o‘g‘lin-
gizning ko‘nglini tinchitgani keldik. Pulni o‘tkazdik, 
mana kvitansiyasi.
O‘NBOSHI: — Àbulvodxozga salom aytgin. Dadang 
bilan qirq yillik umrimiz suv boshida o‘tgan-a. Dadang 
bedana ovini yaxshi ko‘rardi. 
ÀYOL: — O‘nboshi bobo, borib keliningizga ayting
to‘yiga endi bizni taklif qilsin.
O‘NBOSHI: — Àlbatta aytaman, qizim.  
ÀYOL: — Àgar aytsa «Jonon» raqsiga shunaqa 
o‘ynab berayki, tagobli qizlar qochgani joy topolmay 
qolsin.
Êulisha-kulisha chiqib ketishadi. Õonada Shokalon, 
O‘nboshi, Beksulton qolishadi. 
O‘NBOSHI: — Mana bu qaymoqqa yo‘g‘rilgan qatla-
ma, Sabriniso ammang berib yubordi. Mana bu tuxum 
quymoq, o‘zim pishirdim, yemasang, ham-shiralarga 
berarsan.
SHOÊÀLON: — Men senga tovuq sho‘rva tayyorlab 
keldim. Tovuq sho‘rvani darmon sho‘rva ham dey-
ishadi. 
BEÊSULTON: — Àmaki, chakki ovora bo‘psizlar. 
SHOÊÀLON: — Unday dema o‘g‘lim, nimasi ovora 
ekan buning? Tagimizda mashina, ikkita chol gan-
gur-gungur kelib kelyapmiz... Mana buni mo‘miyoi 
asl, deydilar. Senga deb ataylab Toshkentdan oldirib 
keldim. 
BEÊSULTON  (angishvonadek tugunchani qo‘liga 
olib): — Mo‘miyo?!
SHOÊÀLON: — Ha, mo‘miyo. Eng tozasi, sin-
gan-chiqqanga bundan zo‘ri yo‘q. Ibn Sino hazratlari 
shunday deb yozganlar. Lekin avval do‘xtirlaringga bir 


306
ko‘rsatib ol. Õo‘sh, o‘g‘lim, mana bu O‘nboshi o‘rtog‘im 
hurmati, senga bir yaxshilik qilay, viloyat hokimiga 
tayinlab qo‘ymoqchiman, sendan xabar olib tursin.
BEÊSULTON: — Yo‘q, yo‘q, qo‘ying amaki, odam 
uyaladi. 
O‘NBOSHI: — Àmaking Sattor Shokirovich bilan 
juda yaxshi. Yo‘q, dema, bir mo‘ylov qilib qo‘ysa, bas.
Shokalon uyali telefonda hokim bilan gaplashgan 
bo‘ladi, Beksultondan xabar olib turishini ta yinlaydi. 
SHOÊÀLON: — Àna o‘g‘lim, endi hammasi joyida 
bo‘ladi. 
BEÊSULTON: — Àmaki, biram mehribonsizki, 
rahmat.
SHOÊÀLON: — Sen o‘g‘limdek azizsan, tezroq tu-
zalib chiq. O‘nboshi ikkovimiz to‘yingni o‘tkazaylik, 
otang bilan o‘sha kuni bir askiya aytishayki, chiroyli 
so‘zlarim bilan bu cholning belini bukib, to‘shakka 
yotqizib ketay...
* * *

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling