ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang
Birgalashib hovliga chiqishadi. Doktor negadir
to‘planganlarga uzoq tikiladi. OVOZ: — Buncha qovog‘i soliq, bu doktoringning? OVOZ: — Êechasi operatsiya qilgan, uxlamagan-da. 294 OVOZ: — Qovog‘imni solib tursam, ko‘proq berish- adi, deb o‘ylayotgandir? OVOZ: — O‘chir ovozingni, hamma senga o‘xshagan emas. DOÊTOR: — Qaysi birlaring qon topshirgani kel- gansizlar? BIR NECHA OVOZ: — Hammamiz qon topshirgani kelganmiz. ÀÊROM (shirakayf): — Doktor, mening qonimdan olaqoling, meniki eng toza qon, kechadan buyon bir tomchiyam ichganim yo‘q. DOÊTOR: — Gruppangizni bilasizmi? ÀÊROM: — Bilmayman. DOÊTOR: — Sizning gruppangiz? ÀBDUSÀMÀT: — Hech tekshirtirgan emasman. Doktor yana uch-to‘rt kishidan so‘raydi. Hech biri gruppasini bilmas ekan. Nihoyat, Mahfiratning oldida to‘xtaydi. DOÊTOR: — Siz-chi? MÀHFIRÀT: — Men tikuvchilik sexi ochganman, har olti oyda qonimni tekshirtirib turaman. DOÊTOR: — Gruppangiz? MÀHFIRÀT: — 3-musbat. DOÊTOR: — Pasportingiz yoningizdami? MÀHFIRÀT: — Yonimda. DOÊTOR: — Orqamdan yuring, tez-tez bo‘ling. Mahfirat Õurshidaning yonida to‘xtaydi. MÀHFIRÀT: — Dugonajon, bilaman, ko‘nglingdan nimalar o‘tayotganini. Rashkda kuydim-yondim, endi hammasi o‘tib ketdi. Beksultonning singlisi yo‘q edi, mening esa akam. Mana, xudo oldida, hamqishloqlar- im oldida baland ovoz bilan aytyapman, Beksulton 295 bilan aka-singil tutindik, men bu yerga uning singlisi sifatida keldim. Mahfirat yig‘lab yuboradi, Õurshida uning sochlarini silaydi, yupatadi, o‘zi ham yig‘ladi. ÀÊROM: — Doktor aka, ayol kishining qonini er- kakka quysa, erkakning fe’li aynib, sal g‘alatiroq bo‘p qolmasmikin? DOÊTOR (Õo‘mrayib): — Qonning erkak-urg‘ochisi bo‘lmaydi (Mahfiratni ergashtirib chiqib ketadi). * * * ÕURSHIDÀ: — Àbdusamat aka, Ismoil aka, Õabarx- on opa (to‘xtab ko‘z yoshini artib oladi), hammalaringga rahmat, bu kecha uxlamadilaring. Deputatlikka say- langan kunim ham xuddi shunaqa tuni bilan uxlama- gandilaring, demak, men ham, Beksulton akam ham tagoblilarga kerak ekanmiz. Rahmat, endi qaytinglar (yana ko‘zida yosh ko‘rinadi). ISMOIL: — Hoy qizim, Beksulton kuyovimiz bilan Õurshida kelinimizni o‘ksitib qo‘ymaymiz, deb o‘tirib- miz bu yerda. To‘ylaringniyam xudo xohlasa, belgil- angan kunda o‘tkazamiz. Êerak bo‘lsa, to‘y kechasi kuyov bolani yelkamda ko‘tarib o‘tiraman... ÕURSHIDÀ: — Àbdusamat aka, bedani o‘rishga kombayn gaplashgan edim. ÀBDUSÀMÀT: — «O‘zbekiston» bilanmi? ÕURSHIDÀ: — Ha, gektariga yigirma ming so‘mdan- ga ko‘nishmayapti. ÀBDUSÀMÀT: — Yana ikki mingdan qo‘shaylik. Ertaga baribir yana o‘shalarga ishimiz tushadi. ÕURSHIDÀ: — Mayli, bir yarim mingdan qo‘sha qoling. O‘nboshi bobo, o‘zingiz boshida turarsiz? O‘NBOSHI: — Yo‘q, yo‘q, qizim, yakka-yu yolg‘iz o‘g‘lim bu ahvolda-ku... 296 ÕURSHIDÀ: — Bobojon, beda sizniki, shartnomani siz bilan tuzishadi, siz qo‘l qo‘yasiz, kombayndan bu- gun foydalanib qolmasak, yana bir oy kutishga to‘g‘ri keladi. Ho‘l bedangizning xaridori oyog‘ini tirab turibdi. Êilosiga yigirma besh tiyindan so‘rang. Àyajon, siz ham bora qoling. Hammasiga baribir o‘zingiz bosh bo‘lasiz. Bobojonim oqko‘ngil, shartnomani arzonroqqa tuzib qo‘yishlari mumkin. HÀMSHIRÀ: — Õurshidaxon, sizni bemor so‘rayapti. * * * Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling