ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

Beksulton yotgan xonadan hamshira kuzatuvida 
militsiya kichik leytenanti chiqadi. Yo‘lakda Õurshidani 
doktor bilan tik turib gaplashayotganini ko‘rib xijolat 
bo‘ladi. 
LEYTENÀNT: — Iya, deputat opani kuttirib qo‘yib-
miz-ku.


299
ÕURSHIDÀ: — Zarari yo‘q, biron yangi gap topib 
kelganmidingiz?
LEYTENÀNT: — O‘sha kechagi gap.
ÕURSHIDÀ: — Qaysi kechagi gap?
LEYTENÀNT: — Orqamdan quvganlari aniq, deyapti. 
ÕURSHIDÀ: — Boshqa hech narsa aytmayap-
tilarmi?
LEYTENÀNT: — Yo‘q, uzr, men ketdim.
* * *
Beksultonning yonida Õurshida o‘tiribdi. Qo‘lida 
doka, Beksultonni yelpiydi, Beksultonning sog‘ qo‘lini 
boshqa bir qo‘li bilan ushlab olgan.
ÕURSHIDÀ: — Sovitgich qo‘ydirib beraymi?
BEÊSULTON: — Yo‘q, shamollab qolishim mumkin.
ÕURSHIDÀ: — Yelpig‘ich-chi?
BEÊSULTON: — Uyam baribir xavfli.
ÕURSHIDÀ: — Àmakim yoningizda yotib qoldilarmi?
BEÊSULTON: — Nima qilay, ketishga hech ko‘n-
madilar.
ÕURSHIDÀ: — O‘zim yotardim-u, ayam hali niko-
hing yo‘q, uyat bo‘ladi, deyaptilar. 
BEÊSULTON: — Mayli, el-yurt nazaridamiz, axir.
ÕURSHIDÀ: — Rostdanam, o‘sha kuni mashina 
sizni quvganiga qattiq ishonyapsizmi?
BEÊSULTON: — Quvgani aniq. Êaryerdan chiqa-
yotganimda qorong‘i edi. Mashina daraxtlar panasida 
turganini ko‘ruvdim. Bu mashina nega o‘zini panaga 
oldi ekan, deb o‘ylagandim ham. 
ÕURSHIDÀ: — Darrov orqangizga qaytmabsiz-da.
BEÊSULTON: — Êaryerda ham hech kim yo‘q edi.
ÕURSHIDÀ: — Êeyin quvdimi?
BEÊSULTON: — Quvganda qandoq! 100ga olsam, 
110ga bosadi, o‘ngga bursam, o‘ngga, chapga bursam, 


300
chapga bosadi. Oxiri, chap biqinimdan kelib urdi-da. 
Õayriyatki, Qo‘ziboy aka velosiped minib kelib qolgani. 
Bo‘lmasa, xudo biladi...
ÕURSHIDÀ: — Buyam bo‘lsa mening baxtim.
BEÊSULTON: — O‘shanda ishonsang, dadam ik-
kovlaringni o‘yladim. O‘zimdan ketib boryapman-u, 
ko‘zimda suratlaring tek turib qolgandek. Bir o‘zimga 
kelaman, bir o‘zimdan ketaman. Õurshida, agar menga 
bir gap bo‘lsa, dadamdan xabar olib turasan...
ÕURSHIDÀ: — Qonni ko‘p yo‘qotgan odam shunaqa 
bo‘larkan.
BEÊSULTON: — Tavba, o‘zim qay ahvoldaman-u
yana seni rashk qilayotgandekman. Senga atab solgan 
g‘ishtli uyimdan oq liboslarga o‘ranib, boshqa yigit 
bilan chiqib kelayotgan emishsan.
ÕURSHIDÀ: — Unday demang, e, men ham yig‘lab 
yuboraman.
BEÊSULTON: — Õurshida, hech kim yo‘q-ku, meni 
bir o‘pgin, yana, yana! Rahmat, jonim, sening ana shu 
qaynoq nafaslaring qutqardi shekilli, meni. Sen uchun, 
yolg‘izgina qolgan dadam uchun o‘lmasligim kerak. Bir 
gal o‘zimdan ketayotganimda nazarimda, sen bilan dad-
am qo‘limni ushlab turgandek bo‘ldilaring. 
ÕURSHIDÀ: — Beksulton aka, juda qiziq gap ayt-
dingiz-ku.
BEÊSULTON: — Yig‘lama, jonim yig‘lama.
ÕURSHIDÀ: — O‘zingiz ham yig‘layapsiz-ku.
BEÊSULTON  (kulib): — Ikkovimizning ham 
ko‘nglimiz yarim-da, Õurshida.
Hamshira kiradi.
HÀMSHIRÀ:  — Iya, hali to‘y bo‘lib o‘tmasdanoq 
allaqachon yig‘lashni boshlab yuboribsizlar-ku.
BEÊSULTON  (kulib): — To‘ydan keyin menga qiz 
tug‘ib berasan, desam, yo‘q, o‘g‘il tug‘aman, deydi. 
Shunga urishib qoldik.


301
HÀMSHIRÀ:  — Ey, o‘g‘lim, buning ishi oson, to‘ydan 
keyin mening oldimga kelsalaring qachon o‘g‘il bo‘la-
di-yu, qachon qiz bo‘ladi? Àna shuni o‘rgatib qo‘yaman.
Hammalari kulishadi.
* * *
Shokalonning hovlisi. Choshgoh. Havo dim. Bahavo 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling