ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

Yig‘laydi, ko‘ksini mushtlaydi.
Yana o‘sha dasht yo‘li. Yo‘lning ikki tomonidan 
Õurshidaning yovvoyi beda ekilgan maydonlari. Shu 
yo‘lakchadan yana ikkovlari yurib borishyapti. 
ÕURSHIDÀ: — Êeyin-chi? Tezroq ayting, keyin nima 
bo‘ldi deyapman.
BEÊSULTON: — Õurshida, juda betoqatsan. Êe-
yin Yaypanga borib, bir necha suratchilar bor ekan, 
qo‘shaloq suratni qaysisiga ko‘rsatsam, bu Àliyevning 
ishi, de yishdi. Àliyev deganlari yosh yigit, xususiy su-
ratchi ekan. Voy bechoraning qo‘rqqani, dag‘-dag‘ qalti-
raydi. Oxiri mana bu tilxatni yozib berdi. O‘qiysanmi?
ÕURSHIDÀ: — Yo‘q, o‘zingiz o‘qiy qoling.
BEÊSULTON (o‘qiydi): — «Menkim, xususiy suratchi 
À.Àliyev shuni ma’lum qilamanki, bundan bir necha 
kun oldin yetmish yoshlardan oshgan bir kampir ke-
lib, mana bu suratdagi ikki nabiramni birlashtir, bir 
surat qilib ber, to‘ylariga sovg‘a qilmoqchiman, dedi. 
Biridan o‘ng, boshqasidan chap elkasini qirqib, bir-


284
lashtirdim. Êampir ertasiga haqini to‘lab, suratni olib 
ketdi. Êampirning ismini ham, qaysi qishloqdanligini 
ham bilmayman, ko‘rsam taniyman».
ÕURSHIDÀ: — Tavba, bu qanaqa kampir bo‘ldiykin?
BEÊSULTON: — Êatta Tagob qishlog‘ida ellikdan 
ortiq yetmishdan oshgan kampir bor ekan, surishtir-
ishni qaysi biridan boshlashni bilmay turibman. 
ÕURSHIDÀ: — Bas qiling (Ikki qo‘li bilan yuzini 
berkitadi, tepinadi). Bas, bas, bas!
* * *
Bahavo shiypon. O‘rtada katta hovuz, atrofida 
baland o‘sgan tollar. «Êo‘kdala» fermasi bilan g‘isht 
zavodining qo‘shilishiga bag‘ishlangan ziyofat bo‘lyap-
ti. Erkag-u ayollar, bolalar xuddi bayramdagidek 
bashang kiyinishgan, yerga gilamlar to‘shalgan, at-
las ko‘rpachalar yozilgan, dasturxonda har xil noz-u 
ne’matlar... Qovun, handalak pishgan palla. O‘tirganlar 
ikkitadan-uchtadan bo‘lib, tik turganlar ham xuddi shu 
holatda suhbatlashishyapti, bahslashish yapti. 
Beksulton o‘z davrasida.
Shokalon, O‘nboshilar o‘z davrasida.
Inoyat, Sabriniso, Õabarxonlar o‘z davrasida.
Bahrom yelkasida kamera bilan goh u guruh oldida
goh bu guruh oldida to‘xtab tasvirga tushiryapti.
BÀHROM: — Buni, albatta, «Yoshlik»ka jo‘nataman. 
Ikki fermaning qo‘shilishini jon-jon deb berishadi. 
Bahrom tasvirni hovuz bo‘yida sut sog‘uvchi qizlar 
davrasida o‘tirgan Umidaga yo‘naltiradi.
BÀHROM: — Suv yoqasida bir parikim o‘ltirur,
G‘oyati nozikligidin suv bilan yutsa bo‘lur.


285
Bahrom o‘ziga yordamchilik qilib yurgan yigitchadan 
so‘raydi. 
BÀHROM: — Buni kim yozgan? 
YIGITCHÀ — Buni siz yozgansiz, ustoz. 
BÀHROM: — Àgar ko‘nglimni olsa, 
Ushbu turkiy jononi,
Qaro xoliga baxsh etgum,
Samarqand-u Buxoroni.
BÀHROM: — Õo‘sh, ukam, bunisini kim yozgan?
YIGITCHÀ — Bunisiniyam, ustoz, o‘zingiz yozgansiz.
BÀHROM: — Barakalla, ukam, agar yozsam bun-
dan-da zo‘rroq yozardim-ku, lekin bularni men yozma-
ganman.
Tasvir obyekti o‘zgaradi, kamera endi davra qurib, 
askiya aytishib o‘tirgan g‘isht zavodining ishchilariga 
qaratiladi. 
BÀHROM: — Zo‘r, zo‘r, ana shunday tushira olsam
zo‘r.
G‘isht quygan azamat, quygan g‘ishtingga rahmat,
Yarmi siniq, yarmi xom, tezroq xatongni tuzat...
Qani, ayt-chi, buni kim yozgan?
YIGITCHÀ — Muqimiy hazratlari yozgan.
BÀHROM: — Yo‘q, uka, bunaqa xom she’rlarni men 
yozaman.
Tasvir obyekti o‘zgaradi, endi tasvirda sut sog‘uvchi 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling