ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang
yirtmoqchi bo‘ladi).
273 INOYAT: — To‘xta, to‘xta, yirtma. Bu yerda bir gap borga o‘xshaydi... Àytdim-ku, ko‘ksimni bir qora narsa bosib turibdi, deb. Voy sho‘rim, qori pochcha, suratni hech kimga ko‘rsatmadingizmi? ÀÊMÀLÕON QORI: — Yo‘q, juda chiroyli tushish- gan-ku. INOYAT: — Jon pochcha, bu surat haqida hech kimga ayta ko‘rmang. Àkmalxon qori chiqib ketadi. Ona-bolalar suratning orqasidagi katta-katta har- flar bilan bitilgan «SEVISHGÀNLÀR MURODIGÀ YETÀ- JÀÊLÀR» degan yozuvni o‘qib, yana ham dahshatga, vahimaga tushadilar. * * * Quyosh Qatron tog‘i tepalariga kelib qolgan, uning qizg‘ish nurlari yana ham quyuqlashgan. Fermada ish avjida. Sog‘uvchilar ertalabki sutni sog‘ib, yemchilar, xashakchilar shoshib-pishib ishlashyapti. Goho ikkit- adan, uchtadan bo‘lib allanarsalar haqida pichirlashib olishadi, yelka qisishadi. Êo‘pchilikning mashqi past, xafa. Ma’naviyat xonasida qaltirab, rangi-quti o‘chib Inoyat bilan Õurshida o‘tiribdi. Stol ustida Õurshida bilan Shoumarning o‘sha suratidan yana oltitasini yozib qo‘yishgan. INOYAT: — Sabrinisoni chaqiraymi? ÕURSHIDÀ (ovozi arang chiqadi): — Nima qilasiz uni ham chaqirib? INOYAT: — Àxir u Beksultonning ammasi, ona o‘rnida turibdi hozir. ÕURSHIDÀ: — Nima qilasiz, hammaga oshkor qilib? INOYAT: — Butun qishloq bilib bo‘ldi-ku, qizim? ÕURSHIDÀ: — Àyajon, o‘zimni osib qo‘yaman, chi- damayman. 274 INOYAT: — Chidaymiz, qizim, chidaymiz. Bu ham Àllohning bir sinovi. ÕURSHIDÀ: — Boshimiz sinovdan chiqmay qoldi-ku (stolni mushtlaydi). INOYAT: — Qizim, bu tuhmat ekanligini hamma bilib turibdi. Sen bilan men o‘zimizni yo‘qotib yig‘lash- ga tushsak, bu ishni qilganlar xursand bo‘ladi. Bosh- ingni baland ko‘tar, qaddingni rostla. Bor molxonangga chiq, bir gapirib o‘n kulib yuraver. Àvvalgidek yuzing- dan tabassuming arimasin. (Baqirib) Bor, deyapman! Eshik sharaqlab ochilib, xonaga shoshgancha qo‘lida chelak bilan Õabarxon kirib keladi. ÕÀBÀRÕON: — Õurshida, ruxsatsiz kirganim uchun uzr. ÕURSHIDÀ: — Opajon, siz o‘zi qachon ruxsat so‘rab kirgansiz? ÕÀBÀRÕON: — Meni bu yerga sut sog‘uvchi ayollar kiritishdi. Hammasi ham bu surat tuhmat, shu gapni kirib ayt, deyishdi. Mahalladagilar ham shu fikrda. INOYAT: — Voy o‘lmasam, bu gap allaqachon ma- hallagayam borib yetibdimi? ÕÀBÀRÕON: — Àyajon, stoldagi suratning yarmini men mahalladan yig‘ib keldim-ku. INOYAT: — Voy, tavba. ÕÀBÀRÕON: — Singlim, kuyunma, bu tuhmat, tuhmatning onasi. Tuhmatchini mana biz topamiz. Biz ayollar ayyor bo‘lamiz. Darrov topamiz. Õo‘p, du- gonalarimga chiqib nima dey? ÕURSHIDÀ: — Àyting, aralashishmasin. Butun dunyo ga bong urishning nima keragi bor? ÕÀBÀRÕON: — Esizgina, ruxsat berganingizda o‘sha tuhmatchini topib, oldini orqasiga yopishtirib qo‘yardik (norozi ohangda chiqib ketadi). 275 * * * Ferma yaqinidagi poyonsiz bedazor. Beda ko‘karib tizzaga kelib qolgan. Êenglik bora-bora o‘rkach-o‘rkach adirlarga, qorli tog‘larga qo‘shilib ketadi. Õurshida bir o‘zi yolg‘iz kezadi, bir kuladi, bir yelkasini qisadi. Goho jahl bilan yer tepadi. Odamlarga ko‘ringisi yo‘q, ulardan qochib chiqqan. Yoshgina yigit ho‘ naridan turib ancha mahal Õurshidaga tikilib turadi. YIGIT: — Opa, oldingizga borsam maylimi? ÕURSHIDÀ (hamon o‘ychan): — Nima ishing bor? YIGIT: — Àbdurauf akam jo‘natdilar meni. ÕURSHIDÀ: — E, Hoshimjonmisan, kelaver. Nima yaqinimga kelsang tishlab olamanmi? YIGIT: — Endi deputat opa, odam botinolmaydi-da. ÕURSHIDA: — Õo‘sh, nimaga kelding yana? YIGIT: — Àbdurauf akam yana bor, oyoqlariga yiqil, tavba qil, keyin opa menga telefon qilsin, dedilar. ÕURSHIDÀ: — Õuddi shunday dedimi? YIGIT: — Ha, shunday dedi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling