ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

TO‘RTINCHI QISM
Shoumarga tegishli o‘rikzor o‘rtasidan o‘tgan torgina 
dala yo‘li. Shu yo‘ldan «Tiko» minib Beksulton kelyapti. 
Yo‘lning to‘silganini ko‘rib hayron bo‘ladi. Mashinadan 
tushadi. Nariroqda ikki yigit bilan Shoumar ham turibdi. 
BEÊSULTON: — Shoumar, yo‘lni nega to‘sdilaring?
SHOUMÀR: — Bu o‘rikzor menikimi? 
BEÊSULTON: — Àlbatta, seniki.
SHOUMÀR: — Demak, yo‘l ham meniki. Õohlasam 
ochaman, xohlasam to‘saman.
BEÊSULTON: — Qo‘ysang-chi, bu yo‘l yuz yildan 
buyon hammaniki bo‘lib kelgan. 
SHOUMÀR: — Endi senga yo‘l yo‘q. G‘isht, tuproq 
tashigan mashinalaring changitib, hammayoqni rasvo 
qilyapti. 
BEÊSULTON: — Mendan boshqa rafqonliklar ham 
qatnaydi bu yo‘ldan.
SHOUMÀR: — Endi hech kimga yo‘l yo‘q, tamom!
BEÊSULTON: — «Êo‘kdala» ishchilari-chi?
SHOUMÀR: — Tupurdim hammasiga. 
Beksulton ko‘ndalang qo‘yilgan sement blokni sur-
moqchi bo‘ladi. Shoumar borib yelkasidan tortadi. 
SHOUMÀR: — Mening mulkimga harom qo‘ling-
ni tekkizma. Yurmaysan! Dadam pichog‘imni olib 
qo‘ygan, bo‘lmasa hozir ichagingni chavoqlardim. 
BEÊSULTON: — Nima deding, yana bir qaytar?
SHOUMÀR: — Bilib qo‘y, Õurshidaga uylanib 
bo‘psan. Uni men olaman. Rejamiz shunaqa. Uni 
oltinchi sinf daligidayoq o‘pganman, o‘chirg‘ich berib 
o‘pganman. Senga bu qora ko‘z, qora qosh suluvni 
berib qo‘ymayman. Bilib qo‘y, endi molxona ham, 


266
dasht ham meniki bo‘ladi... O‘chirg‘ich berib o‘pgan-
man.
Mushtlashib ketishadi, haligi ikki yigit ham qo‘shila-
di. Hammalari qonga bo‘yalishadi. Beksulton mashi-
nasiga arang o‘tirib, orqaga qaytadi. Êeta turib Shou-
marga mushtini ko‘rsatadi. 
SHOUMÀR: — Qo‘rqoq!
BIRINCHI YIGIT (sherigiga): — Pul yaxshi, lekin 
vijdon azobi yomon-da, ketdik!
SHOUMÀR: — Nega ketyapsanlar, meni kaltaklag-
anligi haqida akt tuzmoqchi edik-ku.
BIRINCHI YIGIT:— O‘sha aktingni o‘zing yozaver.
IÊÊINCHI YIGIT:— Yo‘q, qisqa bo‘lsayam yozaylik.
BIRINCHI YIGIT:— Beksulton oldin musht tushirdi, 
deb yozamiz. Bo‘lmasa uning qallig‘i deputat, rasvo-
imizni chiqaradi.
IÊÊINCHI YIGIT:— Bilganingni yozaver, kayfim 
tarqamasdan turib nima yozsang, qo‘l qo‘yaveraman.
* * *
Oradan bir kun o‘tdi. Noma’lum kishi molxonaga 
kirib bor ovozi bilan baqiryapti.  
OVOZ: — G‘ishtchilar o‘rikzordagilar bilan musht-la-
shayotganga o‘xshaydi. Qo‘llarida ketmon, kurak, yana 
bir narsalarni ko‘ryapman. 
Molxona ichkarisidan Ismoil, Ikrom, Àbdusamat, 
Bahrom va yana bir necha ayollar ham yugurib chiq-
ishadi. 
OVOZLÀR:
— Yuring o‘rtoqjon, mushtlashuv bo‘lsa tomosha 
qilamiz.


267
— Tagoblilar mushtlashmasa turolmaydi.
— Faqat pichoqlashishmasa bo‘ldi.
— To‘g‘ri, guvohlikka chaqiraverib qiynab yubori-
shadi. 
Êecha mushtlashuv bo‘lgan, sement blok qo‘yilgan 
joyga endi ikki-uch mashina shag‘al ham tashlangan. 
G‘ishtchilar bir taraf, Shoumarning bog‘ida ishlab tur-
gan yigitlar bir taraf. Bir-birlariga xezlanib turishibdi. 
Shoumar qo‘lini, bo‘ynini oq doka bilan bog‘lab olgan.
USMON G‘ÀNI (Shoumarga qarab): — O‘, novcha, 
nega yo‘lni to‘sding?
SHOUMÀR: — Yo‘l meniki. 
USMON G‘ÀNI: — Êatta buvingdan qolganmi?
SHOUMÀR: — Ha, katta buvimdan qolgan.
USMON G‘ÀNI: — Bu yo‘ldan xonlar o‘tgan, 
Õudoyorxon o‘tgan, Àmir Temurning askarlari o‘tgan. 
Endi seniki bo‘p qoldimi?
SHOUMÀR: — Ha, meniki bo‘p qoldi.
USMON G‘ÀNI: — Ey, haji qiz!
SHOUMÀR: — Haqorat qilma meni.
USMON G‘ÀNI: — Nega bizning direktorni uch 
kishilashib urdilaring? Qani o‘sha zo‘ravonlar? Yo‘qmi, 
bo‘lmasa o‘zing chiq, mana men mushtlashaman! 
G‘ishtga loy tepgandek tepkilab, go‘shtingni obrabotka 
qilaman.
Ferma tomondan yopirilib kelgan erkag-u ayollar 
ham janjalga qo‘shiladi. 
ISMOIL  (qo‘lidagi panshaxani o‘qtalib): — Yo‘lni 
to‘sgan kim o‘zi, ko‘rsat menga, kuyovimizni kaltak-
laganniyam ko‘rsat, hozir o‘sha bilan bo‘lganimcha 
bo‘laman.


268
Qishloq tomondan qora «Volga» kelib to‘xtaydi. Mash-
inadan Shokalon tushadi. 
SHOÊÀLON: — Tinchlikmi, nima gap bo‘lyapti?
USMON G‘ÀNI: — Àmaki, o‘zingizni soddalikka 
olmang, siz tulkidek ayyor odamsiz, hammasini bi-
lasiz. O‘g‘lingiz ulfatlarini ichirib, bizning direktorni 
kaltaklagan. O‘ novcha, chiq buyoqqa, mana men 
mushtlashaman sen bilan. O‘sha ikki hezala-gingni-
yam chaqir.
Qishloq  tomondan «Tiko» kelib to‘xtaydi. Rulda 
Beksulton, o‘ng qo‘li, boshi doka bilan bog‘langan. 
Mashinadan O‘nboshi bilan Õurshida ham tushishadi. 
O‘nboshi xo‘mrayib Shokalonga yaqinlashadi.
SHOÊÀLON: — E, ana, deputat qizim ham kep qoldi. 
O‘nboshi o‘rtoq, kelganing yaxshi bo‘ldi. Bu jo‘jaxo‘ro-
zlar kecha tepkilashgan ekan. Lekin yigit kishining 
uncha-muncha mushtlashib turgani ham yaxshi, 
pishiydi. O‘nboshi, esingdami, ilgari to‘ylarga o‘rtaga 
sovrin qo‘yib, azamat yigitlarni mushtlash tirardik.
ÕURSHIDÀ (jiddiy): — Àmaki, gapni ko‘paytirmay, 
odamlaringizga ayting, yo‘lni ochishsin.
O‘NBOSHI  (g‘azabdan arang gapiradi): — Hozir 
do‘xtirdan kelyapman, xudoga shukr, o‘g‘limning 
singan joyi yo‘q ekan, menga ayt, o‘g‘ling Shoumar 
erkakmi yo urg‘ochimi?
SHOÊÀLON: — Odamni haqorat qilma-da, o‘rtoq.
O‘NBOSHI: — Erkakmi yo urg‘ochimi, deyapman.
SHOÊÀLON: — Erkak, albatta.
O‘NBOSHI: — Àgar erkak bo‘lsa, o‘rtaga chiqsin. 
Ànavi ikki sheriginiyam olib chiqsin. Beksulton bilan 
qaytadan mushtlashtiraman. Àgar o‘g‘lim yengilsa, bu-
naqa bolaga beradigan nonim yo‘q! Chaqir, o‘g‘lingni!


269
O‘nboshi jahl bilan o‘g‘lini yetaklab o‘rtaga olib 
chiqadi. Shokalon hushyor odam, ahvol yana ham 
jiddiylashishini sezib turibdi. 
SHOÊÀLON: — O‘nboshi, kichkina odammassan, 
bekorga qirq yil brigadir bo‘lmading. Janjalni janjal 
bilan yengib bo‘lmaydi. Àyb mening o‘g‘limdan o‘tgan. 
Êel, yaxshisi bularni yarashtiraylik, Shoumar kechirim 
so‘rasin. Õurshida, sen nima deysan, qizim?
ÕURSHIDÀ: — Ha, butun tumanga sharmanda 
bo‘lgandan ko‘ra yarasha qolishsin.
OVOZLÀR:
— Àtaylab kelib mushtlashishni ko‘rmay ketaverar 
ekanmiz-da.
— Lekin tagoblilarga qoyil qolaman, qoidasi bilan 
mushtlashishadi. 
— Qo‘llaridagi panshaxa bilan ketmonni olib qo‘yish 
kerak.
— Qani, qo‘lingdan kelsa olib ko‘r-chi.
Tomonlar bir-birlariga yaqinlashib kelyapti.
SHOÊÀLON (baqirib): — Beksulton, Shoumar ke-
chirim so‘rasa kechirasanmi?
BEÊSULTON: —  Oldin mushtlashaman, keyin 
kechiraman.
Shokalon Shoumarni o‘rtada turgan Beksultonning 
yoniga zo‘rlab, sudrab olib chiqadi. Êechirim so‘ra, deb 
qistaydi, o‘g‘li ko‘nmaydi. 
SHOÊÀLON: — Bo‘lmasa mushtlash, axir!
SHOUMÀR: — Bugun emas, hozir tomog‘imda an-
ginam bor. Mana bog‘lab olganman.
To‘planganlar yengil-yengil kulib olishadi. 


270
SHOÊÀLON: — Hamqishloqlarim, o‘g‘lim o‘rniga 
Beksultondan o‘zim kechirim so‘rayman.
Taraflar bir-birlariga yaqinlashib qolgan, agar 
mushtlashish boshlansa, bir kecha-kunduz davom 
etishi hech gapmas.
ÕURSHIDÀ: — Hammalaring tarqalinglar, deputat 
huquqim bilan hukumat nomidan buyuraman, tarqa-
linglar! Ismoil aka, Õabarxon opa, qani sizlar boshlan-
glar-chi, agar militsiya kelsa, kamida besh-oltitangiz 
qamalasiz. Beksulton aka, iltimos, siz kechirdim, deng.
BEÊSULTON: — Gapim bitta! Àvval yakkama-yakka 
mushtlashsin, keyin kechiraman.
ÕURSHIDÀ: — Men uchun kechiring, deyapman.
BEÊSULTON: — Mayli, kechirdim. Shirin joning 
o‘zingga sadaqa.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling