ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

Õurshidaning yuzi-ko‘zidagi qat’iyat kuchayadi. 
Qoshlari chimiriladi. Yonidagi uyali telefondan raqam 
teradi.
ÕURSHIDÀ: — Àbdurauf aka, ha, menman, yax-
shi, hammasi yaxshi. Bu yigitni ovora qilib yana nega 
jo‘natdingiz? Yo‘q, siz quloq soling menga. O‘g‘irlik 
bilan qo‘lga tushdimi, akt yozildimi, tamom, guvohno-
mani endi DÀNning boshlig‘i kelib oladi mendan. 
Yo‘q, yo‘q. Yanvardan buyon sutning yog‘liq ligini to‘rt 
foizga tushirib keldingiz. Shofyorlaringiz yo‘lda suv 
qo‘shish yapti, molokovozni chayqaltirib, hosil bo‘lgan 
qaymoqni yig‘ib olishyapti deb bir necha bor aytdim. 
E’tibor bermadingiz, chunki bu qalloblikdan sizning 
xabaringiz bo‘lgan. Haqqingiz yo‘q, deysizmi, juda  
ham haqqim bor-da. Men depu tatman. Endi sizga bir 
tomchiyam sut bermayman. Àna, Beshariq olyapti, 


276
yog‘liligi sakkiz foizga ko‘tarildi. Gap tamom! Hoy 
Hoshim, sen ham jo‘na!
YIGIT: — Jon opajon, endi hecham qilmayman bu 
ishni.
ÕURSHIDÀ: — Jo‘na, deyapman, jo‘na!
YIGIT: — Opajon, biz ko‘chaga guvohnomasiz 
chiqolmaymiz, opajon, men uylanmoqchiydim.
ÕURSHIDÀ (hushyor tortib): — Uylanmoqchiydim?
YIGIT (boshini egib): — Ha, opam ikkovimizning top-
ganimiz to‘yga yetmaydi. Ballonniyam o‘zimiz olamiz, 
benzinniyam yarmini arang berishadi.
ÕURSHIDÀ (qiziqib): — Dadang-chi, dadang to‘yga 
yordamlashmaydimi?
YIGIT: — Dadam boshqa xotin olib ketgan.
ÕURSHIDÀ: — Uylanmoqchiman, degin. Necha 
yoshga kirding?
YIGIT: — Yigirma ikkiga.
ÕURSHIDÀ: — Sevgan qizing bormi?
YIGIT: — Ha.
ÕURSHIDÀ: — Uning yoshi nechada?
YIGIT: — O‘n sakkizda bo‘lsa kerak.
ÕURSHIDÀ: — Uyam seni sevadimi?
YIGIT: — Sevsa kerak. 
ÕURSHIDÀ: — Qizni qanday qilib sevib qolgansan?
YIGIT: — Chiroyli ro‘molcha bergandi.
ÕURSHIDÀ: — O‘zi to‘qiganmikin?
YIGIT: — Ha, o‘zi to‘qigan.
ÕURSHIDÀ: — Hoshiyasida xati ham bormidi?
YIGIT: — Ha.
ÕURSHIDÀ: — O‘qiganmisan? Esingda bo‘lsa ayt-chi.
YIGIT: — Gulzorimda gulimsiz, bog‘dagi bulbulimsiz. 
ÕURSHIDÀ: — Faqat shumi?
YIGIT: — To‘rt qirg‘og‘ining hammasida bor edi. 
ÕURSHIDÀ: — Yana o‘qi-chi.
YIGIT: — Sizga qora qosh bo‘lay, tunlari yo‘ldosh 
bo‘lay.


277
ÕURSHIDÀ: — Menga qara, uka. O‘sha qizni chin 
dildan sevasanmi?
YIGIT: — Chin dildan sevaman.
ÕURSHIDÀ: — Bordi-yu to‘ylaringga xalaqit ber-
ishsa-chi?
YIGIT: — Nega hammasini so‘rayapsiz, opa?
ÕURSHIDÀ: — Bilgim kelyapti-da.
YIGIT: — Magazinchi dadasi ko‘nmay turibdi. Àgar 
ko‘nmay turaversa, kelishib qo‘yganmiz, ikkovimiz qo‘l 
ushlashib Sirdaryoga tashlaymiz-da, narigi dunyo-
da yana birga bo‘lamiz. Marg‘uba faqat sakrayot ganda 
mening qo‘limdan ushlab turasiz, degan.
Õurshida to‘lqinlanib ketadi. Gapirolmay bir nafas 
jim qoladi. 
ÕURSHIDÀ: — To‘yingga meni aytasanmi?
YIGIT: — Àyam deputat opangni ham taklif qilsang, 
to‘ylaringning obro‘si oshadi degan.
Õurshida qo‘l telefondan Àbdusamatni topadi. 
ÕURSHIDÀ: — Õayriyat, xonangizda ekansiz, yig-
itcha oldingizga boradi, guvohnomasini bering, aktni 
yirtib tashlang. Sutnimi, mayli, Àbdurauf aka ming 
bor tavba qilyapti, zavodim yopilib qoladi, deb yig‘lam-
oqdan beri bo‘lyapti. Sutniyam ertadan o‘shalarga 
jo‘nata qoling. 
* * *
Ma’naviyat xonasi. Inoyat, Dilbar amma, Manzura, 
Àbdusamatlar o‘tirishibdi. Stol ustida Õurshida bilan 
Shoumarning baqamti tushgan suratidan oltitasi turib-
di. Bu xunuk ishni kim qilganligi haqida tortishuv, bahs 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling