ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

ketyapti. Hammalari asabiy, darg‘azab. Eshik qattiq 


278
ochilib, xonaga Beksulton kirib keladi. O‘tirganlardan 
ko‘ra ham darg‘azabroq, asabiyroq. Jimgina stolga 
qarab, stol ustidagi suratlarni ko‘rib qoladi. Qo‘lidagi 
xuddi shunday fotosuratlarni ham stol ustiga irg‘itadi. 
BEÊSULTON: — Õurshida qani? 
Àsabini bosolmay chiqib ketmoqchi bo‘ladi. Inoyat 
aya yo‘lini to‘sadi. 
INOYAT: — Shashtingizdan tushing, ilgari ukam 
edingiz, endi o‘g‘limsiz. Jon o‘g‘lim, sabr qiling.
O‘tirganlar ham o‘rnilaridan turib, yigitning yo‘lini 
to‘sishadi, yolvorishadi. Yigit asabiy holatda qaytib 
o‘tiradi. Yana muhokama boshlanadi. 
MÀNZURÀ: — Beksulton aka, bu isnod hamma-
mizga tegishli. Butun ferma oyoqqa turgan. Bu shallaqi 
Mahfiratning ishi emasmikin?
DILBÀR: — Yo‘q, bu Shoumarning qilig‘i.
ÀBDUSÀMÀT: — Shoumar o‘lardek qo‘rqoq, bunaqa 
ish qilmaydi. 
MÀNZURÀ: — Mahfirat shallaqi-yu, lekin bunaqa 
iflos ishga qo‘li bormaydi. 
ÀBDUSÀMÀT: — G‘ishtxonadagilar qilgan buni, 
Beksultonning obro‘yini to‘kmoqchi bo‘lganlar bor, u 
bilan amal talashib yurganlarni ham bilamiz.
DILBÀR: — Àsossiz birovlarni ayblash yaramaydi, 
yaxshisi, yordam so‘rab hokimiyatga murojaat qilaylik.
INOYAT: — Jon ammasi, Õurshidangiz gap qishlo-
qdan chiqmasin, bo‘lmasa o‘zimni osaman, deyapti.
DILBÀR: — Menga qarang, tuxumning yirigini so‘ra-
shadi, buqaning semizini so‘rashadi, sutning yog‘lig‘ini 
so‘rashadi. Jiyanimning boshiga tashvish tushganda 
nega yordamga kelishmas ekan, kelishsin!


279
INOYAT: — Àmmajonisi, bilaman, hammalaring 
yonib-kuyib ketyapsizlar, lekin Õurshidangiz ikki 
dunyodayam ko‘nmaydi. U ham rahmatli dadasiga 
o‘xshab  qaysar.
BEÊSULTON: — Gapirib bo‘ldilaringmi, endi meni 
navbatimmi? Bu nomard kimligini o‘zim aniqlayman. 
Àniqlangan joyida uni o‘zim bo‘g‘izlayman. Àgar bu 
surat Õurshidaning ishtirokida va uning ixtiyori bilan 
olingan bo‘lsa, mayli, qizingiz bilganini qilsin... Àgar 
sizlar aytgandek qallobning ishi bo‘lsa...
DILBÀR: — Hoy kuyov, hoy o‘g‘lim, zinhor pichoq 
ishlata ko‘rmang.
Eshik ochilib, shoshgancha qo‘lida gazetaga o‘ralgan 
narsa ko‘tarib Shokalon kirib keladi. Hamma hayron. 
Shokalon stol ustidagi suratlarga qaradi.
SHOÊÀLON: — Iya, bu suratdan yana bormi? Iya, 
iya, ko‘p-ku, tavba!.. Ertalab ko‘cha eshikni ochgani 
chiqsam, ostona tagida turibdi. Àvvaliga ko‘zimga 
ishonmadim. Shoumarni tomog‘idan bo‘g‘ib, esi yo‘q, 
sen qildingmi, desam yig‘lamoqdan beri bo‘lib qasam 
ichib, e, dada, men qilsam bu zormandani o‘zimizning 
ko‘cha eshigimiz ostiga tashlaymanmi, dedi. O‘ylab 
qarasam, uning gapi to‘g‘ri, negaki Shoumar mendan 
bemaslahat hech ish qilmaydi... Õo‘sh, bu suratlarni 
sizlar qayerdan oldilaring?
DILBÀR: — Har yerdan yig‘ib kelishibdi. 
SHOÊÀLON: — Qanday chidab o‘tiribsizlar?
INOYAT (yig‘lab): — Nima qilaylik, chidamay?
SHOÊÀLON: — Militsiyaga qo‘ng‘iroq qildilaringmi? 
Õo‘p desalaring, mana o‘zim gaplashaman. Bilasizlar, 
qaynim o‘sha yerda ishlaydi. 
INOYAT: — Õurshida qizingiz ko‘nmaydi, militsiya ni 
tilga ola ko‘rmang.


280
Beksulton Shokalonning qo‘lidagi suratni olmoqchi 
bo‘ladi.
SHOÊÀLON: — Yo‘q, yo‘q, qo‘l tekkiza ko‘rmang, 
o‘g‘lim. Bu yerda barmoq izlari bo‘lishi mumkin. Àtaylab 
gazeta bilan ushladim. Barmoq izi har qanday jinoyat-
ning kaliti hisoblanadi. Bu suratlar orqali (qattiq ovoz-
da) mening oilamning ham obro‘yi to‘kilyapti, bamisoli 
to‘yni biz buzayotgandek bo‘lib chiqamiz... Bu ichki 
dushmanning ishi! Provakatsiya bo‘layapti bu yerda. 
Beksulton, suratlarni yig‘ib ber, bu ish bilan shaxsan 
o‘zim shug‘ullanaman. Men oilamning sha’nini yerga 
urib qo‘yadiganlardan emasman.
DILBÀR: — Bu xunuk ishga keksalarning aralash-
gani yaxshi bo‘lmas. Beksulton o‘zi shug‘ullansin.
SHOÊÀLON: — Àjoyib yigitsan-da, kuyov bola. Bu 
qabih ishni ikkalamiz oxirigacha olib boramiz. Sening 
g‘ayrating-u, mening tajribam... Bir yo‘la uch oilaning 
obro‘yi to‘kilyapti-ya.
BEÊSULTON: — Àya, Õurshidaning o‘zi qayerda 
hozir?
INOYAT: — Bilmayman, o‘g‘lim, bilmayman. Tezroq 
axtarib toping, o‘zini bir narsa qilib qo‘ymasin. Voy 
sho‘rim, tezroq topinglar. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling