ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

Inoyat ayaning hovlisi. Ravonda Shokalon, Inoyat, 
qizlari o‘tirishibdi. Shokalon bilan Inoyat o‘rtasidagi 
suhbat ancha oldin boshlanganga o‘xshaydi. Õiyla 
qizishib ketishgan. 
SHOÊÀLON: — Lekin Inoyat, sen qayta-qayta o‘ylab 
ko‘r, o‘shanda rahmatli ering Erka qassob, mayli qizim 
sizdan aylansin, deb fotiha bergan. Otasining fotihas-
ini buzish yaxshi emas. Àrvohlarning ruhi bezovta 
bo‘ladi va, albatta, yomon oqibatlarga olib keladi. 


256
INOYAT (jahli chiqib, yoqasini ushlaydi): — Àmaki, 
hech qachon bunaqa gap bo‘lgan emas. 
SHOÊÀLON: — Bo‘lgan. Eslashga harakat qil. 
INOYAT: — Eslashning hojati yo‘q, amaki, rahmatli 
dadasi yaxshi ko‘rgan qizini bemaslahat fotiha qiladi-
ganlardan emas edi. Guldek qizini yerga yoki molga 
almashtiradigan tuban kishilardan ham emas edi. 
SHOÊÀLON: — Ering qasam ichib va’da qilgandan 
keyin men xo‘jalikning sigirlarini senlarga arzon- ga-
rovga berganman.
INOYAT: — Voy sho‘rim, bu gaplaringiz ham yolg‘on. 
Tirraqi mollaringiz quruq suyak edi. Õashak tuga-
gan, ochidan o‘lay-o‘lay deb turishuvdi. Sotishdan 
boshqa ilojingiz qolmagandi. Êomissiya kelguncha 
tezroq olaqolinglar degandingiz-ku. Rahmatli dadasi 
bu mollarni odam qilguncha adoyi tamom bo‘lgan. 
O‘sha tirraqilaringizning tagini oyoqlarimni panshaxa 
qilib tozalaganman, qo‘llarimni o‘roq qilib poya, beda 
o‘rganman.
ÕURSHIDÀ: — Har yili bittadan buzoqni semirtirib 
berib turardik-ku.
SHOÊÀLON: — E, deputat qizim, beriroq kel, sen 
o‘shanda yosh bo‘lsang ham ziyrakkina eding. O‘sha 
yillari ferma ochuvchilarga har bosh sigirga yigirma 
sotixdan yer ajratilardi, to‘g‘rimi, sen bilarding-ku?
ÕURSHIDÀ: — Yigirma sotixdan o‘ttiz sotixgacha 
berilardi.
SHOÊÀLON: — Ha, barakalla, bekorga deputat 
bo‘lmagansan-da, qizim. Õudo xohlasa, sen katta-kat-
ta lavozimlarni egallaysan. Sizlarga esa bir yo‘la o‘n 
besh gektar suvli yer berganman. Dashtdagi egasiz 
joylardan yana yuz gektar dasht ajratganman. Chunki 
qizim, kelajakda seni kelin qilish niyatim bor edi. 
INOYAT (Miyig‘ida kulib): — Nabiralaringizni ham 
o‘ylagan ekansiz-da. 


257
SHOÊÀLON: — Õuddi shunday.
INOYAT: — Bu gaplaringiz hammasi yolg‘on, yolg‘on 
va yana yolg‘on. O‘sha kungi katta majlisda dashtdagi 
egasiz yerlarni hech kim men olaman, demagan.
SHOÊÀLON: — Men hammasiga alohida-alohida 
qo‘l ko‘tarmay turasan, deb tayinlab qo‘ygandim. 
INOYAT: — Voy tavba, voy tavba!
SHOÊÀLON: — Gap shu, otalaringning fotihasini 
buzib, Beksultonga rozilik beribsizlar, endi Erka qa-
ssob go‘rida tikka turadi, hammangni arvoh uradi.
ÕURSHIDÀ: — Àmaki, mehmon bo‘lib kelganingiz 
uchun qattiq gapirmayman, lekin fermer bo‘lganim 
uchun bor  gapni aytaman.
SHOÊÀLON: — Barakalla qizim, xudo xohlasa seni 
hokimlikka ko‘taramiz, deb turibmiz. 
ÕURSHIDÀ: — Demak, amaki, boshqalarga nis-
batan bizga yerni ko‘proq bergansiz, molni arzonroqqa 
sotgansiz, shundaymi?
SHOÊÀLON: — Barakalla, deputat qizim.
ÕURSHIDÀ: — Endi buyog‘iga men viloyat kengash-
ining deputati, huquq komissiyasining a’zosi sifatida 
aytaman.
SHOÊÀLON: — Tilingga novvot, asal qizim.
ÕURSHIDÀ: — Demak, siz raislik lavozimingizdan 
foydalanib, tamagirlik qilib, jamoat mulkini arzon-ga-
rovga berib, oxir-oqibat o‘zim foydalanaman, deb niyat 
qilgansiz. Bu niyatingizni amalga oshirish uchun ojiz, 
himoyasiz oilamizni tanlagansiz.
SHOÊÀLON: — Yo‘q, qizim, sizlar ojiz emassizlar.
ÕURSHIDÀ: — Àmaki, siz tamagirlik bilan aldov 
yo‘lidan borgansiz. 
SHOÊÀLON: — Nima?!
ÕURSHIDÀ: — Endi qonun oldida javob berasiz.
SHOÊÀLON: — Qonun-ponuningni qo‘y, qizim.


258
ÕURSHIDÀ: — Biz esa dashtning toshini terib, ek-
inzorga aylantirib, molxonani kuchaytirganmiz, o‘ttiz 
kishini ish bilan ta’minlaganimiz uchun javob beramiz.
SHOÊÀLON (aqlli, hushyor emasmi, tanlagan yo‘li 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling