ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

yonib turgan ko‘zlar uchrashadi) Õurshida opam bugun 
ko‘rinmadi?
UMIDÀ: — Shaharga ketganlar.  
BÀHROM: — E, ha, elektr tegirmon masalasida... 
Lekin zo‘r bo‘lardi-da.
UMIDÀ: — O‘zingiz ham kecha yo‘q edingiz?
BÀHROM: — Poytaxtga borgandim. Bilasanku, meni 
«Yoshlik» studiyasi tez-tez chaqirib turadi. Êechagi 
tayyorlagan tasvirim juda zo‘r edi. Bir haftada oltita 
sigirning tug‘ishi... Yana tag‘in tasvirga olgan man-
zaramni aytmaysanmi, keng yaylov bora-bora qorli 
tog‘lar bilan qo‘shilib ketadi. Tog‘lardagi qor emas
bamisoli sut buloqlari... Tasvirni jon-jon deb qabul 
qilishdi  (g‘ururlanib). Meni yaxshi ko‘rishadi. Ishga 
olib ketib qolishlari ham mumkin. 
UMIDÀ: — Voy, nega olib ketisharkan?
BÀHROM: — Tasvirchi qilib olishmoqchi. Olishsa, 
xudo xohlasa, seniyam olib ketaman.
UMIDÀ: — Voy, men nima qilaman u yoqda?
BÀHROM  (biroz o‘ylanib): — O‘sha yerda ferma 
ochsak ham bo‘ladi. 
UMIDÀ (xursand): — Televideniyedami?
BÀHROM: — Ha, ha, o‘sha yerda. Buning nimasi 
yomon? Hozir hamma joyda tadbirkorlik rivojlanmoq-
da. Yaqinda institutga boruvdim, u yerda ham ferma 
ochishibdi. 
UMIDÀ: — Nahotki?
BÀHROM: — Bitta professor buqaga xashak solyap-
ti. Boshqa professor kampir povillatib sut sog‘yapti, 
dotsent xotin buzog‘ini ushlab turibdi. Ha, biz ham 
ochamiz. 
UMIDÀ: — Televidenining hovlisi tor der edingiz-ku.


245
BÀHROM: — To‘g‘ri, tor, lekin shundoqqina qar-
shisida bir gektarcha bo‘sh yer bor. Àna o‘sha yerga 
molxona ochsak bo‘ladi. Hey, menga qara, axborot 
o‘quvchilarga har kuni ertalab bir piyola-bir piyoladan 
qaynoq-qaynoq sut bersak, buning nimasi yomon? 
Yoki mana «Àssalom O‘zbekiston»dagilar har kuni so‘fi 
azon aytmasdan kelishadi. Nahorga bir chinnidan  shi-
ravor qaymoq chiqarsak, ovozlari biram silliq, biram 
yoqimli bo‘lardiki (Bahrom qo‘lini Umidaning yelkasiga 
tashlamoqchi bo‘ladi).
UMIDÀ (seskanib): — Oling qo‘lingizni, hozir opamni 
chaqiraman.
BÀHROM  (chinakam qo‘rqib): — Sochingga poxol 
yopishgan ekan, o‘shani olib tashlamoqchi edim. 
* * *
Nariroqda sog‘in sigirlar yonida Õabarxon bilan 
Mo‘minaxon panaga o‘tirib olib, ikki yoshni shavq-zavq 
bilan kuzatishyapti. 
ÕÀBÀRÕON: — To‘xtang, yana jinday o‘tiraylik, 
o‘pishishmoqchiga o‘xshaydi... Negadir mening yur-
agim hapriqib ketyapti-ya, o‘rtoq.
MO‘MINÀÕON: — Yoshligingiz esingizga tushgan-
dir-da?
ÕÀBÀRÕON: — E, tuzukroq o‘pishganimiz ham 
yo‘q. Pochchangiz o‘shandayam o‘larday qo‘pol edi. 
Õo‘rozdek tappa bosgan qo‘ygan... Voy ana, o‘pmoqchi 
bo‘luvdi, Umida o‘lgur itarib tashladi-ya. E, esi yo‘q, 
men bo‘lganimda bu barno yigitning qaynoq ko‘ksiga 
boshimni qo‘yib, mumdek erib ketgan bo‘lardim.
MO‘MINÀÕON: — Qo‘ying bularni. Haligi gapingizni 
ayting.
ÕÀBÀRÕON  (dona-dona qilib gapiradi): — Tavba, 
qulog‘ingiz qayoqda edi, aytdim-ku kecha Õurshida-


246
ga sovchi boradigan bo‘pti. Sovchilikka Beksulton 
ammasi Sabriniso xolani tanlabdi, o‘nboshi amaki 
singlisini yoniga o‘tqazib, gaplashganda ona-bolani 
qo‘shib gaplashgin, ko‘tara savdo qilib qo‘ya qolaylik. 
U beva, men beva, debdi. Àkmalxon domla bu xudoga 
xush kelmas ekan, ona-bolaga ota-bolaning uylanishi 
Payg‘ambarlar zamonida ham bo‘lmagan ekan, debdi. 
MO‘MINÀÕON: —  Êeyin nima bo‘pti?
ÕÀBÀRÕON: — Êeyin chol o‘lgur yana aytibdiki, 
agar Inoyat menga tegsa, yanagi yilga, albatta, hajga 
olib boraman, debdi.
MO‘MINÀÕON: — Voy, shu yoshdayam erkak ayolni 
qo‘msarmikin?
ÕÀBÀRÕON (kulib dugonasini turtib): — O‘rtoqjon, 
bu yoshda erkaklar yana ham kuchayib ketarmish.
MO‘MINÀÕON: — Êeyin nima bo‘pti?
ÕÀBÀRÕON: — Chol-u kampirning savdosi pish-
dimi-yo‘qmi, bilmadim-ku, Õurshida Beksultonga 
rozilik berganga o‘xshaydi. 
MO‘MINÀÕON: — Rostdanmi, qayoqdan bildingiz?
ÕÀBÀRÕON: — O‘rtoqjon-ey, Õurshidani ko‘ring, 
yuzlarida qizil gul ochilganday lov-lov yonyapti, ko‘zlari 
nurga to‘la, charaqlagan, butun borlig‘i quvonchga 
aylangandek, jannat qushlaridek uchayapti, ovozini 
qara, kumush qo‘ng‘iroqdek jaranglayapti-ya.
MO‘MINÀÕON: — Ha, iloyo baxtli bo‘lishsin. Bek-
sulton ham azamat yigit. Har yelkasida bittadan yigit 
o‘tiradigan pahlavon. Õurshidaxon yigit tanlashni 
bilarkan.
ÕÀBÀRÕON  (ma’noli qarab): — Bo‘lmasam-chi, 
bozordan buzoq tanlashni bilgan qiz nega endi o‘ziga 
er tanlashni bilmas ekan? (Êulishadi) Ànavi ikkovini 
bir-biridan hurkib turishini qarang. Yigit bo‘lmay ket, 
hech bo‘lmasa, bir marta bag‘ringga bosib qo‘y, becho-
ra qiz axir shuni kutayapti-ku, he, lalaymay o‘lgur.


247
* * *
BÀHROM: — Gollandiyaga bormay qo‘ya qol. U 
yoq juda sovuq emish. Seni o‘zim institutga kiritib 
qo‘yaman.
UMIDÀ: — Menimi, siz-a?
BÀHROM: — Ha, seni. U yoqda tanishlarim ko‘p. 
Ins titutlar darvozasi tasvirchilar uchun hamisha 
ochiq, bizni yaxshi ko‘rishadi. 
UMIDÀ: — O‘zlari uch yildan buyon yiqilib keladi-
lar-u, meni kiritib qo‘yarmishlar.
BÀHROM (izzat-nafsiga tekkani uchun qizning rash-

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling