ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

To‘planganlar kulishadi, Shoumar noqulay ahvolda 
qoladi. Õurshida xonasiga kirib keta boshlaydi, Shou-
mar ergashadi.
SHOUMÀR: — Õurshida, qiynalib ketyapman, nima 
uchun kelganimni bilib turibsan, bilib turib meni 
molxonaga boshlaysan, nima men hay-vonmanmi, yet-
ti marta muhabbat izhor qildim, javob yo‘q. Bilib qo‘y, 


242
seni baribir birovga bermayman. Buning ustiga dadam  
bilan ayam ham faqat seni kelin qilamiz, deyish yapti. 
Seni bizdan keyin yetaklab yuradigan hushyorroq qiz 
kerak, deyishyapti... Mayli, o‘ladigan dunyoda, xohla-
sang, Gollandiyaga ham ko‘chib ketaveramiz.
ÕURSHIDÀ: — Gollandiyaga?!
SHOUMÀR: — Ha, Gollandiyaga. Rozi bo‘lmasang, 
bormaymiz. Dadam dashtdagi yerlaring qo‘ldan chiqib 
ketishidan juda qo‘rqyapti-da. 
ÕURSHIDÀ (hushyor tortib): — Nega qo‘ldan chiqa-
rkan?
SHOUMÀR: — Boshqaga tegsang qo‘limizdan chiqib 
ketadi-da.
ÕURSHIDÀ (Shoumarning dumbulligidan kulib): — 
Shoumarjon, sen esli, hushli, ham juda kelishgan 
yigitsan. Sinfimizdagi barcha qizlar seni yaxshi ko‘ris-
hardi. Har qanday qiz senga turmushga chiqishni 
o‘ziga baxt deb biladi. Lekin sinfdoshim, men seni 
hech qachon umidvor qilgan emasman.
SHOUMÀR: — Ochig‘ini ayt, men yomonmanmi?
ÕURSHIDÀ: — Yo‘q, seni hech kim yomon deyot-
gani yo‘q.
SHOUMÀR: — Nega bo‘lmasa tegmaysan?
ÕURSHIDÀ (bunga gap uqdira olmasligini tushunib, 
oxiri oshkor aytishga qaror qiladi): — Meni sevgan 
yigitim bor.
SHOUMÀR (o‘rnidan turib): — Nima?!
ÕURSHIDÀ: — Ha, yigitim bor.
SHOUMÀR: — Tag‘in anavi Beksulton shalpang-
quloq bo‘lmasin?
ÕURSHIDÀ: — Ehtimol o‘shadir.
SHOUMÀR: — Bilib qo‘y, o‘shanga tegadigan bo‘l-
sang, ikkovingni ham chavaqlab tashlayman. 
Ikkovlarining qattiq-qattiq ovozlarini eshitib Inoyat 
hovliqib kiradi.


243
INOYAT: — Voy, nima janjal, hamma qarab turib-
di-ya, uyat-e!
SHOUMÀR (hayajonda): — Mana bu qizingizni qa-
rang, yetti yil oldin senga tegaman, degandi. Endi yo‘q 
deyapti. Buyoqda men uchta boladan qolib o‘tiribman.
ÕURSHIDÀ (baqirib): — E, yo‘qol-e, senga qachon 
va’da beribman?
SHOUMÀR: — Oltinchi sinfdaligingda o‘chirg‘ich 
berib o‘pgandim-ku, esingdan chiqdimi?
INOYAT: — Voy, tavba, voy tavbangdan ketay.
SHOUMÀR: — Õolajon, men bo‘lajak kuyovingiz-
man, menga bunday xo‘mrayib qaramang, baribir 
qizingizni olaman. Yaxshisi, uni ko‘ndiring. Êo‘n-
dirsan giz, to‘ydan keyin sizni hajga olib boraman.
ÕURSHIDÀ (guldastani betiga otib): — Yo‘qol, yo‘qol 
deyapman.
INOYAT (o‘ychan): — Qizginam, bu balolardan qu-
tulish oson bo‘lmasov, Shokalon rais oldingi raisni 
o‘ldirib, vazifasini tortib olgan edi. 
Ona-bola bir-birlariga qo‘rquv, vahima bilan boq-
qancha tek turib qolishdi. 
* * *
Molxonaning umumiy ko‘rinishi. Sigirlar sog‘ib ol-
ingan, xashak solingan. Sigir-buzoqlar hafsala bilan 
yem-xashak yeyishga kirishgan. Sog‘uvchilar ketib 
bo‘lishgan. Hech kim ko‘rinmaydi. Bahrom aylanib 
yuribdi. Yemlar toza yeyilganmi, yo‘qmi, oxurlarni qo‘li 
bilan silab ko‘radi. Êo‘z qiri bilan Umidani axtaradi. 
O‘zicha she’r o‘qib boryapti.
BAHROM: — Êeb qoling-u, keb qoling,
Navbat keldi, yem oling.
Semirtirib mollarni
Ham sut-u, ham go‘sht oling.


244
Buzoqlarini silab-siypalab yurgan Umidani ko‘rib 
qoladi. 
BÀHROM: — Iya, sen hali ketmadingmi? (Ishq olovi 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling