ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

mushtlab-musht lab  yig‘laydi).
INOYAT (yig‘idan to‘xtab, qizini yupatishga tushadi)
— Onaginam, shiringinam, yarangni chakki tirnadim, 
o‘zi shunaqa bo‘larkan. Omad bilan baxt qo‘shaloq 
kelmas ekan. Õudoga shukr, omading kelib turibdi. 
Iloyo baxting ham charaqlab ochilsin.
ÕURSHIDÀ (hali yig‘idan to‘xtagani yo‘q): — Àya-
jonim, o‘zimning ham o‘ylaganim nuqul shu. Êecha-
lari uyqum qochib ketadi. Singlimni uzatib, o‘zim 
dunyodan toq o‘tsam-chi, deb o‘ylab ketaman. Lekin 
shunday deb o‘ylashim bilan ichimdan boshqa bir 
ovoz keladi. Yo‘q, sen ham barno bir yigitni tanlash-
ing, ko‘ksiga erkalanib boshingni qo‘yishing, ertalab 
turishiga quymoqmi, shirguruchmi pishirib, birga-
lashib nonushta qilishing kerak, degan sirli ovoz 
keladi. Àyajon, men negadir homilador ayollarning 
ko‘chadan bosaymi-bosmaymi deya salanglab o‘tishini 
yaxshi ko‘raman. Êeyin-chi, ishonsangiz, sigirlarim 
yangi tug‘adi-ku, buzoqchasi ko‘zini ochar-ochmas 
onasining yelinini turtib-turtib emadi-ku, ana shu 
manzarani tomosha qilishni yaxshi ko‘raman. Voy, 
biram maza, biram rohat, ham onasi huzurda, ham 
bolasi. Êeyin... Àyajon, yana o‘ylanib ketaman. Bitta 
tengimni men ham toparman. Õo‘sh, unda ferma nima 
bo‘ladi, singillarim yosh, siz yarim jon bo‘lib qolgan-
siz... Nega mening o‘rnimga o‘g‘il tug‘magansiz, nega? 
(Yana ikkovlari yig‘lashga tushadi, yana bir-birlarini 
silab-siypalab yupatmoqchi bo‘lishadi) Yana kimlardan 
sovchi kelyapti?


235
INOYAT: — Shokalon raisnikidan kelishganini aytu-
vdim. Bugun yana kelishdi. 
ÕURSHIDÀ: — Nima dedingiz?
INOYAT: — Yana o‘sha javob, avval yigit qizim bilan 
gaplashsin, dedim.
ÕURSHIDÀ: — Yana kimdan keldi?
INOYAT: — Bugungisi Yaypandan. Yigitning otasi 
qushxonaning direktori ekan (kuladi). Qizingizni kelin 
qilsak, buqalaringizni bizning qushxonamizda so‘yib, 
bemalol sotaverasizlar, dedi.
Ona-bola ikkovlari kulishadi.
ÕURSHIDÀ: — Rosa kim oshdi savdosi avjiga chiqa-
rkan-da, ayajon. 
INOYAT: — Shunaqaga o‘xshaydi, qizim.
ÕURSHIDÀ: — Àyajon, o‘zingizning ko‘nglingiz qaysi 
biriga chopayapti?
INOYAT: — E, qizim, ko‘nglimga quloq solsam, seni 
asli men Àkmaljon Qorining o‘g‘li Sharifjonga bergim 
bor. Àzonni juda yoqimli ovoz bilan aytadi-da (ona-bola 
kulishadi). Endi qizim, zamon senga boqmasa, sen 
zamonga boq, deydilar. Shuncha katta ishni bosh-
lab qo‘ydik. Endi katta, boobro‘ qudalar ham kerak. 
Shokalon raisning o‘g‘li Shoumar yaxshigina yigit, bir 
pochchasi hokim muovini, bir pochchasi bankda bosh 
hisobchi, opasi maktab direktori, jon qizim, so‘nggi 
paytlarda ko‘proq yakkalanib qolyapmiz, kimlargadir 
suyanmasak bo‘lmaydiganga o‘xshab qolyapti. Shou-
mar yoqimtoygina, dilbargina.
ÕURSHIDÀ: — Dilbargina bo‘lmay o‘lsin, mijg‘ovlig-
ini aytmaysizmi! Jinim suymaydi uni. Onasini em-
moqchi bo‘lgan buzoqchaday orqamdan ergash gani 
ergashgan.
INOYAT: — Unaqa dema, kichkina odamlarning 
farzandi emas-a, agar yo‘q desak, bu qishloqda ya-
shashni ham bir o‘ylab ko‘rgin.


236
ÕURSHIDÀ: — Mayda gap, xotinchalish u, faqat 
qoshiga o‘sma qo‘ymaydi, xolos.
INOYAT: — Qizginam!
ÕURSHIDÀ: — Bas qiling, bas (Onasining ko‘ksiga 
boshini qo‘yib uzoq yig‘laydi). Nega meni o‘g‘il qilib 
tug‘madingiz, nega?
INOYAT: — Bo‘lmasa, ko‘nglingdagini ayt, ammang 
kelguncha kelishib olaylik. 
ÕURSHIDÀ: — Êo‘ngil qo‘yganim bor, albatta. Mana 
bu yerimga o‘rnashib olgan u. Tushimda ham o‘sha, 
o‘ngimda ham o‘sha, kitob o‘qisam, kino ko‘rsam ham 
o‘sha (o‘rnidan turib yer tepinadi). Maktabni bitirayot-
ganimda pul bergan ham o‘sha, dadajonim o‘tganda 
bel bog‘lab, xuddi o‘g‘lidek yig‘lab turgan ham o‘sha, 
molxonani suv bosganda tepasini yopishga qarashgan 
ham o‘sha, deputatlikka nomzodim qo‘yilganida men 
uchun yonib-ku yib olishgan ham o‘sha, o‘sha, o‘sha. 
Mana bu yerimda o‘t yoqqan u, har ko‘rganimda bu o‘t 
yonib, butun borlig‘imni, butun vujudimni lovillatib 
kuydiradi. 
INOYAT: — Õudoga shukr, uni sevarkansan.
ÕURSHIDÀ: — Àyajon, u ham meni sevadi.
INOYAT: — Nega sovchi qo‘ymaydi, bo‘lmasa?
ÕURSHIDÀ: — Ikki-uch bor tortinibroq yonimga 
kelgan. Men ahmoq uning ko‘ksidan itarganman. Ày-
ajon, hatto bir marta tarsaki ham urganman.
INOYAT (hushyor tortib): — Sho‘xlik qilmoqchimidi?
ÕURSHIDÀ: — O‘pmoqchi edi, shekilli.
INOYAT: — Õudoga shukr, qalbingda katta mu-
habbat bor ekan. Muhabbat pokiza qalblargagina 
mehmon bo‘ladi. Bunaqa baxt hammaga ham nasib 
bo‘lavermaydi. Yig‘lama, kel, bag‘rimga bosay... Ham-
ma seni shafqatsiz, diydasi qattiq deb yurardi. Bunaqa 
yig‘laydigan odatlaring ham bor ekan. Lekin qizginam, 
begonalar oldida hech yig‘lamagin.
ÕURSHIDÀ: — Àyajon, yuragim to‘lib ketgan edi-da. 


237
* * *

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling