ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

cho‘ntagidagi uyali telefon jiringlaydi, qo‘liga oladi). 
Opajonim meni yaxshi ko‘radi. Êeta turib telefonini 


225
ham menga tashlab ketgan. Àllo, ha-ha, menman. 
Hammasi joyida. Toshkent bilan gaplashdim. Tasvirga 
men o‘zim tushiradigan bo‘ldim. Ertalab aeroportga 
olib chiqib beraman... Nima, nima, bo‘lmagan gap! 
Àbdusamat aka, mana sizni so‘rayapti opam.
ÀBDUSÀMÀT: — Muborak bo‘lsin! Yo‘g‘-e, biz juda 
yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz... E, chakki bo‘pti-da. 
Ha mayli, hukumatchilik (Uyali telefon jim bo‘ladi. Àb-
dusamat odamlarga qarab gapiradi). Reja o‘zgaribdi. 
Butun viloyat fermerlari yig‘ilib, mitingni Oltiariqda 
o‘tkazisharkan. Hokimning o‘zlari shaxsan ishtirok 
etarkanlar. 
SHOÊÀLON (o‘rnidan turib): —  Nima deding, Ol-
tiariqda deysanmi? Qahramonni biz tarbiyalar ekan-
miz-u, mitingni oltiariqliklar o‘tkazarkanmi? Yo‘q, 
bunaqasi ketmaydi.
ÀDBUSÀMÀT: — Êelin qilib tushirib olib ketayot-
ganlari yo‘q-ku, kechqurun qaytadi-da.
BÀHROM: — Oltiariqliklarning odati shunaqa. Qa-
yerdan nomdor tadbirkor otilib chiqsa, darrov sotib 
olishadi. 
SHOÊÀLON: — Mitingda viloyat hokimi shaxsan 
bo‘larmikin?
ÀBDUSÀMÀT: — Ha, o‘zlari boshqararkanlar.
SHOÊÀLON: — Qani, menga bir ber-chi. Gapla shay-
chi (Ishdan allaqachon bo‘shagan raisning to‘ppa-to‘g‘ri 
hokim bilan gaplashishi odamlarni hayron qoldirdi). 
E, Sattor Shokirovich, assalomu alaykum, bormisiz, 
omonmisiz, men Shokalon raisman... Ha, ha, ana shu-
naqa, ovozimizni tanimay qolasiz-da. Õudoga shukr, 
hammasi joyida, kelinoyingiz ham, bolalarimiz ham
hamma-hammamiz duoijoningizni qilib yuribmiz. Tu-
manga kelganda meni so‘roqlabsiz. Boshim osmonga 
yetdi (Yanayam baland ovoz bilan). Õurshidaxonmi, 
ha, ha, qo‘limdan kelgancha ehtiyotlayapman. Yo‘l-


226
yo‘riq beryapman. U yoqda siz, bu yoqda biz, tepada 
Àlloh degandek, xabardor bo‘lib turamiz-da. Menga 
mashina jo‘natay deyapsizmi, yo‘q-yo‘q, borgunimcha 
kech bo‘ladi (Odamlarning hayrati oshadi, sobiq raisga 
e’tiborlari kuchayadi).
BÀHROM: — Mana shunaqa, qishloq tasvirchilar-
iga oson emas, esizgina, yaxshigina mavzu qo‘ldan 
ketdi-ya, kamida yigirma daqiqa berishardi-ya, bizga 
qolgani nuqul kelin-kuyovning nikohi-yu qudalarning 
charlari... 
* * *
Molxonaga kiraverishdagi buzoqxona, uni ma’navi-
yat xonasi deb ham atashadi, stol atrofida o‘n-o‘n besh 
chog‘li erkag-u ayol. To‘rda Õurshida, onasi, ikki singlisi 
bilan o‘tiribdi. Õursandchilik, tanlov qanday o‘tganligi 
haqida suhbatlashishmoqda. 
SHOÊÀLON: — Yig‘in Oltiariq markazida bo‘ldimi?
ÕURSHIDÀ: — Yo‘q, Yangiarab qishlog‘ida o‘tdi. 
SHOÊÀLON: — Fermasi chinakamiga zo‘r ekanmi?
ÕURSHIDÀ: — Maqtasa arzigulik.
SHOÊÀLON: — Sattor Shokirovich meniyam tak-
lif qildi, ko‘p qistadi, mashina jo‘nataymi ham dedi, 
xohlamadim. Õurshidaxon qizimga otalik qilib turing 
dedi, o‘rgating, talab qiling, dedi. Mana bular hammasi 
eshitdi. Àjoyib inson-da.
ÕURSHIDÀ (bu gaplarga chippa-chin ishonib): — Ha, 
u kishi uzoqni ko‘zlab ishlaydi-da.
SHOÊÀLON: — Endi tarqalaylik, Õurshida qizim 
ham charchagan, damini olsin. Ha, aytganday, ertaga 
miting qilamizmi?
ÕURSHIDÀ: — Miting bo‘lmasayam yig‘ilsak, yan-
giliklarni so‘zlab bersam, Àbdusamat aka bir novvos 
so‘ysinlar. Semizrog‘i bormi, axir?
ÀBDUSÀMÀT: — 300 kilogacha yuki bor.


227
ÕURSHIDÀ: — Yaxshi, qancha tuxumingiz bor?
ÀBDUSÀMÀT: — 3 kunligini topshirganim yo‘q.
ÕURSHIDÀ: — Ertaga osh oldidan har biriga 3 
kilodan go‘sht, 30 tadan tuxum tashkil qiling. Ismoil 
aka, sovrinning eng kattasi sizga degan edim, mana 
bu «Tiko»ning kaliti, eson-omon yotib tursak, ertaga 
osh oldidan topshiraman.
ISMOIL: — Õurshida qizim, beradigan bo‘lsang, 
kalitni hoziroq beraqol. Bolalarimni bir suyuntiray.
Õurshida Ismoilga kalitni topshiradi.
ISMOIL: — Bu qadoq qo‘llarim buqaning arqoni-yu  
novvosning shoxidan boshqasini ushlamagandi (to‘sat-
dan yig‘lab yuboradi).
ÕURSHIDÀ: — Yig‘lamang, amaki, xudo xohlasa
mashinani ertaga qozon boshida topshiraman.
ISMOIL: — Qizim, singlim, axir men...
ÕURSHIDÀ: — Bo‘ldi, bo‘ldi, yig‘lamang, qiziq, 
Prezidentimiz qo‘lidan kalitni ola turib, men ham 
yig‘lagandim (kuladi). Endi kalitni ola turib, siz ham 
yig‘layapsiz. Nima balo, bu kalitning sehri bormi, 
deyman.
Àkmalxon qori tilovat qiladi. Hamma tarqaldi
* * *
ÕURSHIDÀ: — Qani opajon, tez-tez ayting, nima 
gaplar bor?
ÕÀBÀRÕON: — Qishloqdami yoki fermadami?
ÕURSHIDÀ: — Ikkovidayam.
ÕÀBÀRÕON: — Qishloqda xunukroq gap bor. Yax-
shisi aytmay qo‘ya qolay.
ÕURSHIDÀ: — Yo‘q, aytasiz.
ÕÀBÀRÕON: — Meni urishmaysizmi?
ÕURSHIDÀ: — Yo‘q.


228
ÕÀBÀRÕON: — Ilgari rahbarlar bitta-yarimta qizni 
yaxshi ko‘rib qolsa, yasantirib, tez-tez majlislarga olib 
ketardi, viloyat hokimi ham Õurshidaxonni sevib qol-
ganga o‘xshaydi. Nuqul majlisga chaqiryapti, degan 
gaplar qanot bog‘lab uchib yuribdi.
ÕURSHIDÀ (g‘azabdan qizarib): — Sizningcha, bu 
gap kimdan chiqishi mumkin?
ÕÀBÀRÕON: — Voy, bu gap, albatta, Mahfirat du-
gonangizdan chiqadi-da.
ÕURSHIDÀ: — Õudo olsin o‘sha ichiqorani.
ÕÀBÀRÕON: — Yana aytaymi?
ÕURSHIDÀ: — Tez-tez ayting.
ÕÀBÀRÕON: — Singlingiz Bahrom bilan sevishib 
qolgani aniq. Molxonada uch marta uchrashishdi. 
ÕURSHIDÀ: — Bori shumi?
ÕÀBÀRÕON: — Yo‘q, bunisini aytmayman, xunuk, 
judayam xunuk.
ÕURSHIDÀ: — Àytmaganingizga qo‘ymayman ham. 
ÕÀBÀRÕON: — Siz ishdan bo‘shatgan kampirlar 
gap tarqatishyapti.
ÕURSHIDÀ: — Nima deb gap tarqatishyapti?
ÕÀBÀRÕON: — Siz chet elda bo‘lganingizda bo‘yin-
gizda bo‘lib qolib, bola oldirgan emishsiz.
Õurshida tutoqib o‘rnidan turib ketadi, anchagacha 
o‘zini bosolmay qaltirab turadi.
ÕURSHIDÀ: — Qaysi biri aytdi ekan bu tuhmatni?
ÕÀBÀRÕON: — Bilolmadim. 
ÕURSHIDÀ: — U maydagap kampirlarni ishdan 
bo‘shatgan bo‘lsam, birining qizini, birining kelinini 
fermaga olganman-ku. 
Õurshida Õabarxonni Toshkentdan olib kelgan sov-
g‘alari bilan siylaydi. Àna shunaqa holatlardan xabar-
dor bo‘lib turishini tayinlaydi. 


229

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling