ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

yuzli, yuzi, ko‘zlari lovullab yonib turadigan g‘oyat 
ko‘rkam, g‘oyat go‘zal bir yigitcha»dir. Qahramon-
ning portretidagi roviy qo‘llagan so‘zlarga e’tibor 
bering: uning «Tengqurlariga nisbatan xiyol novcha-
roq»ligidan keyingi tasvirlar qiz bolaning qiyofasiga 
xos belgilarni anglatmayaptimi? Buning ustiga uning 
tik qomatli, bug‘doy rang yuzli ekanligidan, ko‘zlari 
yonib turishidan tashqari yana «g‘oyat ko‘rkam, g‘oyat 
go‘zal» deb ta’riflanishi ortiqchadek tuyiladi. Odatda, 
bunday iboralar qiz bolaga nisbatan ishlatilsa, uning 
qiyofasiga yopishib turgan bo‘lardi.
Shunday deyman-u, mabodo, hikoyachi-roviy 
À.Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanini o‘qigan 
bo‘lsa, Yo‘ldoshxonini «ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq 
yuzlik, kelishgan qora ko‘zlik, mutanosib qora qoshlik» 
Otabek akasiga o‘xshatib tasvirlashni istadimikin deb 
o‘ylab qolaman. Faqat Yo‘ldoshxon Otabek singari 
«og‘ir tabiatli» emas. Garchi «fikrli, mulohazali yigit» 
bo‘lsa-da, ba’zida o‘ylamay, shoshqaloqlik bilan qil-
gan harakatlarining jabrini tortadi. Buni qarangki, 
Otabek ham, Yo‘ldoshxon ham tadbirkorlik bilan 
shug‘ullanadilar. Ikkovi ham savdo ishi bilan uzoq 
shaharlarga boradilar. Àmmo zamon boshqa, makon 
boshqa bo‘lganligidan ikkovining taqdiri bir-biridan 
tubdan farq qiladi.
Yo‘ldoshxon mustaqillik davrining farzandi sifatida 
o‘zini nihoyatda erkin, bemalol va mag‘rur tutadi. 
Niyatlarini amalga oshirish yo‘lida u hech qanday 
to‘siqqa uchramaydi, qiyinchilikni boshidan kechir-


209
maydi. Roviy bu muvaffaqiyatli yurishning ikkita 
muhim asosiga ishora qiladi. Birinchisi, Yo‘ldoshx-
on go‘dakligida Õizr bobo bilan uchrashgan. Uning 
o‘rgatishi tufayli «anjir» so‘zini aytib tili chiqadi, ham 
anjirga ishqi tushib, bog‘ tashkil qiladi va ko‘p hosil 
yetishtirib boyib ketadi. Ikkinchi asos esa bu musta-
qillik tufayli yaratilgan imkoniyatlardir. Garchi roviy 
ochiq aytmasa ham o‘quvchi mamlakatimizda ish-
bilarmon, tadbirkor va fermerlarga qulay sharoit lar 
yaratib berilayotganligidan voqif bo‘ladi. Yo‘ldosh-
xonning faoliyati hamma joyda qo‘llab-quvvatlanadi, 
unga to‘sqinlik qilayotganlar darhol jazosini oladi. 
Masalan, tuman hokimining o‘rinbosari, yosh fer-
merlar jamiyatining raisi Ochilov ularni «kimda-kim 
sizlarni so‘roqqa tutmoqchi bo‘lsa, oldin men bilan 
gaplashsin», deb ishontirgan. Ichki ishlar boshqarma-
sida iste’fodagi polkovnik hoji aka qo‘llab-quvvatlaydi. 
Ànjirzor bog‘da esa o‘qituvchilikdan nafaqaga chiqqan 
Qobil bobo yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Shu tufayli ularning 
ishi yurishgandan yurishadi. 
Roviy «Qiz talashgan o‘smirlar»ning turli sargu-
zashtlarini uch bo‘limga ajratib hikoya qiladi. O‘n 
olti bobdan tashkil topgan «Muhabbat mavsumi» deb 
atalgan birinchi bo‘lim «hammasi bo‘lib besh qiz-u 
besh o‘smirdan iborat» bitiruvchi sinf o‘quvchilarining 
Yo‘ldoshxon rahbarligida ish boshlagan anjirchilik 
fermasidagi faoliyatiga bag‘ishlanadi. Hikoyachi-roviy 
bu besh qiz, besh yigitchani shu qadar mehr bilan 
tasvirlaydiki, eng yomonini ham (masalan, ig‘vogar 
Safarga o‘xshash) yaxshi ko‘rib qolamiz. O‘n bobdan 
iborat ikkinchi bo‘limda esa bu yigit-qizlar boshidan 
kechirgan «Ishqning lazzatli iztiroblari»dan xabardor 
bo‘lamiz. «Muhabbat o‘limdan kuchlimi?» deb atalgan 
uchinchi bo‘limda (10 boblik) oshiq-ma’shuqalarga 


210
xos chinakam sarguzashtlar hikoya qilinadi. Ikki o‘t 
orasida qovrilgan Yo‘ldoshxon goh sinfdoshi Zulxu-
mor, goh o‘zga yurtdan topgani Oysuluvdan qaysi 
birini tanlashni bilmay arosatda qoladi. Roviyning 
aytishicha, Yo‘ldoshxon nazarida «bu qizlarning biri 
yuragining o‘ng qismida, boshqasi chap qismida o‘rin 
talashayotgandek tuyuladi. Qalbida Zulxumor yoqqan 
olov bilan Oysuluv yoqqan olov o‘rtasidagi kurash 
kuchaygandan kuchayib borayapti». Àmmo shunga 
qaramay, hikoyachi-roviy sevgi yoshidagi yigit-qi-
zlarning o‘ziga umr yo‘ldoshi tanlashda his-tuyg‘uga 
emas, balki aql-farosat bilan ish tutishiga e’tiborni 
ko‘proq qaratadi. Masalan, Oysuluv mehmon bo‘lib 
kelganida Zulxumorning ko‘zlarida Yo‘ldoshxonga 
nisbatan kuchli muhabbat o‘tlari yonib turganini 
ko‘rib, o‘z niyatidan qaytadi va oddiy tegirmonchi yigit 
Rasuljonni tanlaydi. Beksulton esa hech ikkilanmay 
otasiz o‘sgan ko‘ngli yarim Marg‘ubani sevadi va 
ayrim to‘siqlarga qaramay, unga yetishish yo‘llarini 
izlaydi. Qolgan yigit-qizlar ham o‘z tanlaganlari bilan 
topishadilar. 
Hikoyachi-roviy chindan ham «Muhabbat o‘lim-
dan kuchli» ekanligini voqealar rivojida isbotlab 
beradi. Oysuluv sevgisini rad qilgandan keyin 
Yo‘ldoshxon yana Zulxumorning huzuriga bo‘yin 
egib keladi. Umuman, hikoyachi-roviy tomonidan 
bu oshiq-ma’shuqlar o‘rtasidagi ishqiy mojarolar ni-
hoyatda tabiiy tasvirlangan. Odatda, bir joyda o‘sgan, 
sinfdosh bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasidagi sevgi-muhab-
bat shunaqa bo‘ladi. «Qiziq, — deb hikoya qiladi bu 
haqda roviy, — Yo‘ldoshxon ham, Zulxumor ham 
tinmay bir-birlariga talpinishadi, lekin ko‘rishishdi, 
degunlaricha aytadigan chiroyli gaplarini yo‘qotib 
qo‘yishadi. So‘zlarida harorat bo‘lmaydi, goho pich-


211
ing, kesatiqlar ham aralashib ketadi». Haqiqatdan 
ham yurakda kuchli intilish bor, ammo oraga tush-
gan sovuqchilik bu talpinishga biroz xalaqit beradi. 
Oqibat shu bo‘ladiki, Zulxumor ham muhabbati-
ni rad etgach, bu sharmandalikka chidolmagan 
Yo‘ldoshxon sirka ichib o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘ldi 
va og‘ir ahvolda shifoxonaga olib kelindi. Yigitning 
o‘limiga o‘zini sababchi deb bilgan Zulxumor jonlan-
tirish xonasiga kirib, baland ovozda: «Yo‘ldoshxon, 
men seni ko‘rgani keldim!» deydi. Shunda roviyning 
quvonib hayqirishicha: «Mo‘jiza yuz bergan, ha-ha, 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling