ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


YOZUVCHI ASARIDAGI O‘ZIGA XOS


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

YOZUVCHI ASARIDAGI O‘ZIGA XOS  
USLUB HAQIDA
E’tibor berilsa, Õudoyberdi To‘xtaboyevning bo-
lalar, o‘smirlar hayotiga bag‘ishlangan barcha asar-
lari «men» nomidan hikoya qilish asosiga qurilgan. 
Bu usul yosh o‘quvchilarning asar voqealari ichiga 
chuqurroq va osonlik bilan kirishga, hikoyachi-qah-
ramon bilan ham, boshqa personajlar bilan ham bev-
osita yaqindan tanishuviga qulay imkoniyat yaratadi. 
Êattalar hayotini tasvirlovchi «Qasoskorning oltin 
boshi», «Yillar va yo‘llar» romanlaridagi muallif-hi-
koyachi esa sahna ortiga yashiringani bilan alohida 
ahamiyat kasb etadi. 
Biroq bizning niyatimiz mahoratli san’atkor Õudoy-
berdi To‘xtaboyev qaysi asarida badiiy nutqning qa-
nday turi va shakllaridan foydalanganligi to‘g‘risida 
umumiy fikr yuritish emas, balki bitta asari misolida 
keyingi yillarda o‘zbek nasriga kirib kelgan va mu-
vaffaqiyatli qo‘llanilayotgan yangicha nutq shakli 
— hikoyachi-roviyning asar makrostrukturasida 
tutgan o‘rni, uning obraz timsolida namoyon bo‘lish 
omillari, asar voqealarini bayon qilish va rivojlantir-
ishdagi rolini aniqlashdan iboratdir. Buning uchun 
biz sevimli yozuvchimizning «Qiz talashgan o‘smirlar» 
nomli sarguzasht-romanini tanlab oldik. Chunki bu 
romanda adibning boshqa barcha asarlaridan farq li 
o‘laroq, hikoyachi-roviy  o‘zini g‘oyatda erkin tutadi, 
xuddi asar qahramonlarining tengdoshi (17 yashar), 
do‘stidek mulohaza yuritadi. Roviy asar personajlari 
bilan yonma-yon yurib, birga harakat qilayotgandek
ularning har bir qadamini, xatti-harakatini kuzatib 
yurgandek taassurot qoldiradi. Àmmo ularning faoli-
yatiga, voqealar yo‘nalishiga mutlaqo aralashmaydi, 


207
xolisona fikr yuritadi. Bu xususiyat uni o‘quvchiga 
yanada yaqinlashtiradi.
Romanda hikoyachi-roviy nutqi shu darajada er-
kin va hayajonliki, uning hikoyasidagi ba’zi yetish-
movchiliklar, qahramonlarning rejalari va ishlari hech 
qanday to‘siqsiz, osonlik bilan amalga oshayotganligi, 
personajlarning faqat ijobiy tomonlarini, yutuqlarini 
ko‘rib, qiyinchiliklar, o‘zaro tortishuvlar, qarama-qar-
shiliklardan ko‘z yumib o‘tayotgani ham o‘quvchiga 
erish tuyilmaydi. Roviyning hikoya qilishicha, asar 
voqealari «bir tomoni adirli tog‘larga, yana bir tomoni 
cho‘llarga ulashib ketadigan Tagob qishlog‘i»da bo‘lib 
o‘tadi. Makonning kengligi va go‘zalligi Vaqt (Zamon) 
omiliga ham bog‘liq. Roviy o‘quvchiga o‘zi yaxshi bil-
gan Tagob qishlog‘idagi odamlarning «Àlloh bu yurtga 
mustaqillik degan ne’matni ato qilganidan» keyingi 
hayoti to‘g‘risida hikoya qilib berishni maqsad qilib 
olgan. Mustaqil likdan keyin «Tagob qishlog‘ida uy-
qusirab yotgan insonlar birdan uyg‘ongandek bo‘ldi. 
Tadbirkorlik, fermerlar harakati, xususiy ishbilar-
monlik deysizmi, shunaqa avj olib ketdiki, ta’riflashga 
so‘z ham ojizlik qiladi». Hikoya chi-roviyning bu holati 
uning nutqi ohangi va yo‘nalishini ham belgilab be-
radi. Hikoya ko‘tarinki, balandparvoz ohangda olib 
boriladi. Roviy hamqishloqlarining birday uyg‘onib, 
mustaqillik yaratib bergan imkoniyatlardan unumli 
foydalanish maqsadida astoydil urinib, ajoyib ishlar, 
kashfiyotlar qilayotgani, barcha katta-yu kichik qo‘li-
dan kelga nicha tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan-
ligi haqida juda quvonib, to‘lqinlanib gapiradi.
Hikoyachi-roviyning asosiy maqsadi Yo‘ldoshxon 
ismli o‘quvchi amalga oshirayotgan ajoyib tadbirkor-
lik ishlari to‘g‘risida hikoya qilishdan iboratdir. Roviy 
uni o‘z tug‘ishganidek yaxshi ko‘radi, yigitchaning 


208
har bir qilig‘i, harakati, gap-so‘zi, jesti va mimikasi  
hatto kulishidan ham fazilat qidiradi va o‘quvchiga 
yetkazadi. Yo‘ldoshxon o‘zining tashqi ko‘rinishi bi-
lan ham tengdoshlaridan farq qiladi: «Tengqurlariga 
qaraganda xiyol novcharoq, tik qomatli, bug‘doy rang 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling