ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

VIII bob
Hamqishloq yigitchalarning begona yurtda qiz 
talashib birining boshi yorilib, boshqasining qo‘li 
chiqqani, bularni yarashtirish uchun pahlavon Nurlan 
og‘a bilan Gulsun onaning mehmonxonaga tinmay qa-
tnayotgani, jon o‘g‘lim, taqdirlaringga shular yozilgan 
ekan, nachora, bo‘lari bo‘ldi, bir-birlaringni kechira 
qo ling  lar, deganlari, kaltakni ko‘proq yeb, boshi yo-
rilgan bo‘lsa ham Rasuljon uzr ustiga uzr aytib, ham-
qishlog‘ining yonidan ketmayotgani, Oysuluv ikkovlari 


190
qaysidir ovuldan tabib topib kelib, Yo‘ldosh xonning 
chiqqan qo‘lini o‘rniga tushirishga yordamlashgan-
lari... Yana qanchadan-qancha to‘g‘ri, noto‘g‘ri gaplar 
bozorqo‘m amakining qo‘lidagi telefoncha qutisidan 
uchib chiqib, tagobliklarning vahimasiga vahima 
qo‘shayotgan edi. 
Tagobda so‘nay-so‘nay deb turgan mish-mishlar, 
rost yoki yolg‘on gaplar yana qanot bog‘lab ucha 
boshladi. Ànjirchi yigit-qizlar esa butunlay dovdirab 
qoldilar. Àxir hammalarining to‘yi bir kunda o‘tishi 
kerak edi-ku! Hammalari Yo‘ldoshxon bilan Zulx-
umor bir-birlarini qattiq sevishadi, xudo xohlasa, 
hammamizning to‘yimiz bir kunda o‘tadi, deb sevinib 
yurishgan edi-ku, shunga tayyorgarlik ko‘rayotgan 
edilar-ku! Maslahat ustiga maslahat bo‘lyapti. Yigit-
lar Yo‘ldoshxonni kechirish kerak, bir sho‘xlik qilsa 
qipti-da, deyishadi, qizlar so‘zida turmagan yigitning 
sochini bittalab yulish kerak, deyishadi. Ko‘pincha 
qizlar nomidan gapirishni yaxshi ko‘radigan shaddod 
Farida bo‘lsa «bilib qo‘y, ey, Yo‘ldosh, Zulxumor aqlli 
qiz, go‘zal qiz, tengini topib ketadi, sen esa sharman-
da bo‘lding, bir umrga sharmanda bo‘lding», degan 
gaplarni telefon orqali Yo‘ldoshga jo‘natgisi keladi. 
Nihoyat, Yo‘ldoshxon tuzalib kelganining o‘n uchin-
chisida ko‘chaga chiqib, to‘satdan anjirzor tomonga 
qarab jadal yurib ketdi. Mashina haydamadi, piyoda 
ketdi. Odatda, biror qarorga kelganida, qarori qat’iy 
bo‘lganida ana shunday piyoda yurishni xush ko‘rardi. 
Nazarida aytadigan gapi esidan chiqib qolayotgandek 
juda jadal yurdi. Jadal borib, bog‘dagilar bilan ham 
durustroq so‘rashmay, Zulxumorning qayer daligini 
so‘radi. Õayriyat, anjirzor etagida, qari o‘rikning kun-
dasida o‘tirib, bir narsalarni yozish bilan mashg‘ul 
ekan. Xuddi yaqin kishisini qabristonga ko‘mib kel-
gandek g‘amgin edi qiz.


191
– Zulxumor, seni axtarib keldim, – siniq ohangda 
so‘z boshladi Yo‘ldoshxon. 
Zulxumor o‘rnidan turib, Yo‘ldoshxonga naf rat bilan 
qaradi. Nigohi ham olovli, ham nafratga to‘la bo‘lgani 
uchun qizning borlig‘ini qaltiratib yuborayotgan edi.
– Kelgan bo‘lsang nima qilay?
– Sendan uzr so‘ragani keldim.
– Mendan nega uzr so‘raysan?
– Meni shayton yo‘ldan ozdirdi.
– Seni shayton yo‘ldan ozdirganini cho‘ntagingdan 
Oysuluvning surati chiqqan kuni bilganman. Bir quruq 
mevani bahona qilib, bir tunukani bahona qilib, o‘sha 
yurtga yugurayotganingdayoq bilganman. Endi senga 
gapning rostini, ochig‘ini aytib qo‘ya qolay: baribir 
sendan ko‘nglimni uzolmasdim. Esizgina, senga sakkiz-
inchi sinf daligimdayoq ko‘ngil qo‘ygandim. Boshqa bo-
lalarga qaraganda senga ko‘nglim yaqinroq edi, tez-tez 
ko‘rgim kelaverardi, seni sinfimizdagi hamma qizlardan 
qizg‘anardim. Sen bo‘lsang, men bilan o‘tirarding-u 
orqadagi partada o‘tirgan Sharofatga xat yozarding. 
Birgalashib ashula aytardik, esingdami, lekin sening 
ikki ko‘zing Nigorada bo‘lardi... 
Zulxumor ikki qo‘li bilan yuzini berkitib, boshlarini 
alam bilan silkitib-silkitib yig‘lashga tushdi. Yo‘ldoshx-
on uning qo‘llarini ushlamoqchi bo‘lgandi, itarib tash-
ladi. So‘ng «yo‘qol, yo‘qol», deb qichqira boshladi. 
– Seni deb men otamning ra’yiga qarshi bordim, 
seni deb institutni tashlab keldim, seni deb xohishim 
bo‘lmasa ham fermangga a’zo bo‘lib kirdim, sening 
lovullab yongan ko‘zlaring ko‘pincha boshqa qizlarda 
bo‘lardi, men rashk olovida yonib ketardim. Xudoy-
im, bu azoblarni menga nega bergan ekansan, deb 
yig‘lardim. Qiziq, seni ham sevardim, ham yomon 
ko‘rardim. Oysuluvga uylansam, yarim boyligi menda 
bo‘lardi, degan gaplaringni ham orqavarotdan eshit-


192
ganman, xudo xohlasa, prokurorning qizini qo‘ldan 
chiqarmayman, hali menga ko‘p yordami tegishi kerak, 
degan gaplaringni ham eshitardim. Baribir seni qattiq 
sevardim...
Yo‘ldoshxon, sen oxirgi kuni umidimni yo‘qqa 
chiqarding, sovchilikka ketayotganingni bozorqo‘mn-
ing xotinidan eshitdim. Yugurib oldingga borib, oxirgi 
so‘zingni, menga aytadigan so‘zingni ayt, deb yol-
vordim, sen yana ko‘zingni olib qochding. Ko‘zingda 
boshqa qizning surati borligini iztirob chekayotgan 
qalbim sezib turuvdi, esing dami, qayta-qayta yol-
vordim, o‘sha sehrli so‘zingni ayt, deb yig‘ladim ham. 
Sen bo‘lsang yog‘och savdosi, tunukaning narxi haqida 
gap ochding. O‘shanda mening xo‘rlanganim, haqorat-
langanim... Hey, nomard, Oysuluv kattakon boyning 
qizi bo‘lsa, men mashhur prokurorning qiziman, 
bilib qo‘y... Àlloh menga muhabbat dardini berdi, 
shifosini ham beradi... O‘sha xo‘rlangan kunimdan 
boshlab qalbimni dard lardan, azoblardan forig‘ qilgin 
deb Xudoga yolvordim... Mana, hammasini shu daft-
arga yozib yuribman, ilgari senga atab she’rlar ham 
bitardim, suratlar ham chizar dim... Sahifalardagi 
mana bu gullarning nafis-nafis barglarini senga atab 
yopishtirardim, tugadi, hammasi tugadi. Endi yo‘qol, 
tezroq yo‘qol, – deb yer tepindi qiz.
Bu alamli so‘zlarni Zulxumor ovoz chiqarib oshkor 
aytdimi, ko‘nglidan o‘tkazdimi, hamma-hammasi 
qalbini to‘lqinlantirib ruhidan o‘tayotgandi. Yig‘idan 
to‘xtab, qo‘llarini yuzidan olib, Yo‘ldoshxonga yana 
bir alamli qaradi-da, jadal yurib keta boshladi. Keyin 
birdaniga to‘xtadi. Keskin orqasiga burilib, ortiga qay-
tdi-da, qo‘lidagi qalin muqovali daftar bilan Yo‘ldoshx-
onning boshiga ura boshladi. So‘ng daftarni dovdirab 
turgan yigitning yuziga otib:


193
– Yo‘qol, yo‘qol! – degancha anjirzorning narigi to-
moniga yugurib keta boshladi. Yo‘ldoshxon, to‘xta, 
to‘xtagin, deya qizning ortidan yugurmoqchi bo‘ldi. 
Quvib yetolmasligini ko‘zi anglagach, mayli, jahlidan 
tushsa, holatimni boshqacharoq tushuntirarman, 
deb o‘yladi. Daftarni qo‘ltig‘iga qisib, shiypon tomonga 
yurdi. 
Zulxumor anjirzorni mustaqil boshqarayotganidan 
buyon bu yerda ishlash uchun boshqa qizlarni, yig-
itchalarni taklif qilgan, qizlar konserva qadoqlashga 
usta ekan, ishlari yurishib ham ketgan edi. Yo‘ldosh-
xon Zulxumorni axtarib u yoq-bu yoqqa ko‘z tashladi. 
Yo‘q, ko‘rinmaydi, ketib qolganga o‘xshaydi.
Yo‘ldoshxon Qobil bobo bilan uchrashib, belgilan-
gan to‘y muddatini biroz ortga sursa bo‘ladimi, deb 
so‘ramoqchi edi. Ko‘ngliga sig‘madi. Holsiz, ruhi siniq 
holda orqasiga qaytdi. U tengqurlaridan hamisha o‘zini 
yuqori tutar, buning uchun bor imkoniyatini ishlatar, 
lekin hech qachon birovning o‘zi ustidan kulishiga yo‘l 
qo‘ymasdi. 
IX bob
Maqtanishni, maqtanib yashashni istardi u. O‘r-
toqlarining quvnab-quvnab, katta to‘yga tayyorgarlik 
ko‘rayotganlari, uning esa bir yo‘la ikki qizning qay-
noq muhabbatidan mahrum bo‘lib turgani alam qildi. 
Uyiga arang yetib bordi. Yotoqxonasiga o‘tib eshikni 
ichidan berkitdi-da, o‘zini yumshoq o‘ringa tashladi. 
Yo‘q, yotolmadi. Qalin daftarni varaqlay boshladi. 
Qarang, ikkinchi sinfliklarida birgalashib suratga 
tushgan ekanlar. Daftar ana shu surat bilan boshla-
nibdi. Surat ostiga 


194

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling