ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


partada birga o‘tirganman. Sen bir marta ham birga


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang


partada birga o‘tirganman. Sen bir marta ham birga 
o‘tirganing yo‘q, Toshkentga olimpiadaga borganimiz-
da men uni o‘pganman, quchoqlab turib o‘pganman. 
«O‘pganman» degan so‘z bamisoli Àkromning vu-
judiga gugurt chaqib yuborgandek bo‘ldi. Êo‘z oldini 
zulmat bosdi, o‘zini butunlay yo‘qotdi. Bunaqa paytda 
odam bolasida yovvoyi kuch qayoqdan paydo bo‘lar-
kin, Hamidni bo‘g‘ib, boshiga musht tushiryapti, 
yotqizib olib, yuzing-ko‘zing demay tepkilayapti... 
Uylaridan Hamidning onasi bilan ikki ukasi hay-hay-
lab chiqishdi, gap nimadaligini so‘rab o‘tirmasdan 
Àkromni ko‘plashib do‘pposlay ketishdi. Àkromning 
bularga kuchi yetmasligi aniq, qochib qolsa ham 
bo‘lardi, ammo g‘ururi yo‘l qo‘ymadi. Qochsa, ertaga 
Farida eshitsa, o‘l, qochib qolibsan-ku, deyishi aniq. 
Yo‘q, o‘lsam o‘lamanki, bu aka-ukalar bilan jonim 
chiqquncha olishaveraman, – deb o‘yladi Àkrom. Ikki 
hovli narida yashaydigan Ha yitvoy yugurib chiqdi. 
Àkromning kaltaklanayotganini ko‘rib, anjirchilarni 
urishga hech kimning haqqi yo‘q, deb hayqirdi-yu 
aka-ukalarning birini u yoqqa, birini bu yoqqa ko‘tar-
ib ota boshladi. 
Àsta-sekin tekin tomosha ishqibozlari ham to‘plana 
boshladilar.
– Nima bo‘pti, qo‘shni? – so‘radi bir ayol.
– Nima bo‘lardi, o‘smirlar qiz talashyapti-da, – dedi 
boshqasi.


169
– Voy, xudoyim, daraxtning shoxini silkitsang, qiz 
yog‘iladi-yu, talashishlariga balo bormi?!
– Kimning qizini talashishyapti o‘zi?
– E, qo‘shni, kimniki bo‘lmasin, bahonada bir 
musht lashib olishmoqchiga o‘xshashadi. 
– Mayli, charchab-charchab yarashib ham keti-
shadi...
Tagobliklar g‘oyat aqlli bo‘ladi. Hammasidan ham 
aqllisi, o‘zining aytishicha, G‘ani terak bo‘ladi. U 
aralashsa, bitmagan ish bitib ketadi, istasa, ikki ahil 
o‘rtoqni urishtirib ham, istasa, jiqqamusht bo‘lib uri-
shayotganlarni yarashtirib ham qo‘yadi. Istasa, had-
didan oshib ketayotgan biron qo‘shnisining ustidan xat 
yozib, «popugi»ni pasaytirib ham qo‘yadi. Yana istasa
nochor ahvolga tushib qolgan biron chol yoki kampirga 
badavlatroq kishidan nimadir undirib berib, yarmini 
o‘zi olib ketaveradi. Àna shunday «qobiliyat»lar ustiga 
Àlloh unga yana bir qobiliyat – ya’ni asalariga o‘xshab, 
hid olish qobiliyatini ham ato qilgan ekan. Qarang, 
janjal bu mahallada bo‘lyapti-yu, narigi mahallada 
turib, janjalning «hidi»ni olib, ko‘z yumib-ochguncha 
yetib kelibdi. Àkrom bilan Hamidning qo‘llaridan tort-
ib-tortqilab o‘rtaga olib chiqdi. 
– Xaloyiq, ko‘rib turibsizlar, – deb baland ovozda 
gap boshladi, – ikkovi ham jinoyatchi, birining burni-
dan, birining chakkasidan qon oqyapti. G‘ani terakni 
bilasizlar, oddiy militsionerdan tortib, polkovnikkacha 
meni taniydi, hurmat qiladi. Hozir yuz bergan jinoyat-
ning xabarini militsiyaga yetkazsam, dar hol ikkovlarini 
ham qamoqqa olib, javobgarlikka tortish uchun tergov 
boshlab yuboradi. Àkrom o‘zga yurt dan tunuka bilan 
quvur olib kelib, qishloqni obod qilyapti, Hamid bosh-
qa yurtdan dollar ishlab kelib, do‘kon ochib, kavush 
sotyapti, bu ham zo‘r. Xaloyiq, shu ikkovini yarashti-
raymi yoki ishini sudga oshiraymi?


170
– Yarashtiring...
– Sudga bermang, – degan past-baland ovozlar 
eshitildi.
– Yaqinimga kel ikkoving, bir-biringga qo‘l uzat, kaf-
tingni kaftingga bos. Xaloyiq, yarashtirganim uchun 
G‘ani terakka mukofot berishsinmi yoki militsiyaga 
o‘ttiz ming so‘mdan jarima berishsinmi?
– Mukofot berishsin.
Mukofot berishmasa, javobgar bo‘lishsin, – degan 
gaplar eshitildi.
– Xaloyiq, – deb yana so‘zini davom ettirdi G‘ani 
terak, – jim bo‘linglar, Àkrom, sen onangga ayt, ertalab 
menga bir kosa qaymoq chiqarsin. Hamid, sen kalish 
olib kelganingni eshitganman, o‘zimga, xotinim ga bir 
juftdan kalish chiqarasan. Rozimisizlar?
– Roziman, – dedi Àkrom.
– Kalishni hoziroq beraman, – dedi Hamid.
IV bob
Qobil bobo barvaqt turib, fermadagi katta molxona 
eshigi oldida xat topib oldi-yu, betoqatligi boshlandi. 
Yoshi saksonga qarab boryapti-yu, lekin bunaqangi 
haqoratli holatni hech qachon boshidan kechirma-
gandi. Uh tortadi, qo‘lidagi xatni takror-takror o‘qiydi, 
xat tashlagan kishi anjirzor orasida bo‘lmasin, deb 
o‘sha yoqqa yugurib boradi, g‘ijimlangan xatni yana 
o‘qiy boshlaydi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling