ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

Tagobimning keksa otaxonlari,
Yoshlarning e’tiqodi, imonlari,
Orzulari amalga oshmay qolgan,
Qalbi to‘la behisob pushaymonlari.


217
ÕÀBÀRÕON: — Esimni tanibmanki, bu ikkovi xo‘roz 
bo‘lib bir-birini cho‘qiydi, buqa bo‘lib bir-birini suzadi.
MO‘MINÀÕON: — To‘g‘ri, cho‘qishadi-yu, lekin qon 
chiqarishmaydi.
ÕÀBÀRÕON: — Ikkoviyam Õurshidani kelin qila-
man, deb o‘g‘illarini uylantirmay yuribdi.
MO‘MINÀÕON: — Sen o‘lgur hamma narsani bila-
san-a!
ÕÀBÀRÕON: — Nima qilay, o‘rtoqjon, shunaqa 
kasalim bor. Hamma narsani hammadan oldin bilgim 
kelaveradi.
BÀHROM: — Ho‘, soy mahallalik opajonlar, gapni 
bas qilinglar, tasvirga tushirayotganimda ham mana 
shunaqa pichir-pichir qilib tursalaring, ishim rasvo 
bo‘ladi. Êeyin buyurtma bermay qo‘yishadi. 
ÕÀBÀRÕON: — Ovozimizni chiqarganimiz yo‘q-ku.
BÀHROM: — Manzura opa, siz...
O‘NBOSHI: — Hoy bolam, men gapimni tugatganim 
yo‘q. Sen mendan Õurshida qizimiz bu obro‘ni qanday 
topdi, deb so‘rashing kerak edi. 
BÀHROM: — Ha mayli, ayta qoling.
O‘NBOSHI: — Õurshida o‘zi yosh bo‘lsayam boshi-
da to‘rtta donishmand cholning aqli bor. O‘ziyam 
molxonada tug‘ilgan. Inoyatbonu, mana shularni 
gapirsang-chi. 
INOYAT: — Qo‘ysangiz-chi bunaqa gaplarni.
BÀHROM: — Rahmat amaki, otaxonda aql ko‘p, 
ham maqol-u naql ko‘p. Manzura opa, yaxshisi, gap-
ning o‘g‘il bolasini o‘zingiz aytasiz. So‘z ilg‘or sog‘uvchi 
Manzura opamga deyishim bilan paysalga solmay, 
paxsaga loy bosgandek lo‘nda-lo‘nda gapirasiz, meni 
qaymoqlarga to‘ydiradigan opajonim.
Qaymoq bersang tovoqda ber,
Êatta kosa lapoqda ber.


218
Ham qishda-yu ham yozda, 
Issiqda-yu sovuqda ber.
Qani boshlang, opajon.
MÀNZURÀÕON: — Voy tavba, hozirgina o‘ylab tu-
ruvdim. Hammasi esimdan chiqib qoldi-ya... Hozir, 
hoy emchi uka, nega endi paxsaga loy bosgandek 
gapiraman? Qog‘ozga o‘ralgan qanddek shirin-shirin 
gapirsam bo‘lmaydimi?..
Êollejni bitirayotgan kechamiz to‘rt yigit, to‘rt qiz 
direktorimiz oldida fermer bo‘lamiz, Êatta Tagob 
qishlog‘ini gul-gul yashnatamiz, niyatimizga yetma-
guncha erga ham tegmaymiz, uylanmaymiz ham deb 
qasamyod qilganmiz. To‘g‘rimi, Mahfirat?
MÀHFIRÀTÕON: — Gap navbati keb qoldi. Endi 
tong otguncha gapirasan.
MÀNZURÀÕON: — Men allaqachon erga tegib, ikkita 
bola tug‘ib olganman.
MÀHFIRÀTÕON: — Sen hech qachon so‘zingda 
turmas eding.
MÀNZURÀÕON: — Mana, Beksulton g‘isht zavo-
dini boshqaryapti. O‘rningdan tur, odamlar chiroyli 
qomatingni bir ko‘rsin.
BEÊSULTON:  (o‘rnidan turib): — Nima tagoblilar 
ilgari meni ko‘rmabdimi?
MÀNZURÀÕON: — Bugun qora ko‘zlaring bosh-qa-
charoq charaqlayapti. Mana, Shoumar, sen ham 
o‘rningdan bir tur. Uch gektar o‘rikzorim bor deb bir 
maqtansang-chi, mana bu menga gap bermayotgan 
Mahfiratxonim bo‘lsalar, tikuvchilik sexi ochganlar. 
Foyda ko‘rmayapman deb yig‘lagani-yig‘lagan.
MÀHFIRÀTÕON: — Hoy o‘rtoq, men qachon yig‘lab-
man?
MÀNZURÀÕON: — Menga yig‘lamagan bo‘lsang 
ham buyurtmachilar borsa unim yo‘q, bunim yo‘q deb 


219
rosa diydiyo qilarmishsan-ku... Qasam ichgan Foziljon 
bo‘lsa hozir bozorda qosh qalam sotib yuribdi...
Õurshida o‘zi boshqacharoq chiqdi, g‘alati edi u... 
O‘zi molxonada ishlasayam doim fransuz atirini sepib 
yurardi. Germaniyada o‘qib keldi-yu...
ISMOIL: — Germaniya emas, savodsiz, Gollan diya...
MÀNZURÀÕON: — Ishqilib, o‘sha yoqda o‘qib kel-
di-da.
ISMOIL: — O‘qigan emas, fermada tajriba o‘rganib 
keldi. 
MÀNZURÀÕON: — O‘sha yoqdan olib kelgan 12 ta 
buzoqchasi sabab bo‘ldimi...
ISMOIL: — Manzura, sen gapning o‘zagini topa 
olmayapsan. Õurshida fermani olgunga qadar yem 
o‘g‘irlardik, tashqariga xashak sotardik, sutga suv 
qo‘shardik. 
BÀHROM: — Bunaqa bemaza gaplarni tasvirga 
berib bo‘lmaydi.
ISMOIL: — Jim o‘tir, rost gapni hamma joydayam 
yaxshi ko‘rishadi. Gollandiyadan o‘rganib kelib, mao-
shimizni ikki barobarga ko‘paytirdi. Mana endi o‘n 
sakkiz soatlab molning tagidan chiqmaymiz. Buni 
prog ress deydilar, savodsiz. Mana gapning o‘zagi qa-
yerda!
OVOZ: — To‘g‘ri gapni aytayapti.
OVOZ: — Àslidayam shunday bo‘lgan.
ISMOIL: — Õurshidaxon Toshkentga keta turib, 
mukofot tegsa, eng kattasi sizniki degan, to‘g‘rimi?
OVOZ: — Bu gapni biz eshitganimiz yo‘q. Yolg‘on 
gapiryapsan.
ISMOIL: — Qulog‘imga shivirlab aytgan. Mana uch 
kundan buyon er-xotin uxlamay Õurshidani duo qilib 
yotibmiz. 
ÕÀBÀRÕON (Mo‘minaxonga): — uch kundan buyon 
uxlamagan bo‘lsa, Oysara endi sakkizinchisini tug‘ib 
beradi.


220
ISMOIL: — Hoy, Õabarxon. Nega odamni masxara 
qilib kulyapsan?
ÕÀBÀRÕON: — Õotinimning ustiga to‘nimni yopib 
qo‘ysam ham bo‘yida bo‘laveradi, degandingiz, o‘shani 
eslab kuldik. 
ISMOIL (kulib): — Lekin bilib qo‘y, o‘sha to‘nning 
ichida hamisha o‘zim bo‘lganman. 
MÀNZURÀÕON: — Ismoil aka, menga navbat ber-
asizmi, yo‘qmi?
ISMOIL: — Molxonada demokratiya bo‘lishi kerak. 
Ozgina sen, ozgina men so‘zlayman. Erim buxgalter 
deb maqtanaverma.
MÀNZURÀÕON: — Voy xudoyim-ey, qani maqtan-
ganim?
ISMOIL: — Otang ham senga o‘xshab ezma edi. 
MÀNZURÀÕON: — Õo‘p, qisqa qilay bo‘lmasa. Shun-
day qilib, Shoumar, Beksulton, Õurshida, Mahfiratlar 
so‘zlarining ustidan chiqishdi. Êorxona-yu fermalar 
ochib olishdi. Lekin turmush qurishmadi. Pana-pana-
da bir-biriga ko‘z qisishib yurishgandir. Õudo xohlasa, 
yaqinda to‘ylar ham boshlanib ketadi.
ÕÀBÀRÕON: — Beksulton ham, Shoumar ham 
Õurshidani o‘lgudek sevishadi. Õurshida qay birini 
sevishini sen bilasanmi? 
MO‘MINÀÕON: — Sendek sinchkov dugonam bil-
masa, men qayoqdan bilay.
ÕÀBÀRÕON: — Êo‘rasan, hali bu ikkovi rosa qir-
pichoq bo‘lishadi.
BÀHROM:
Yoshlik qudrat, shiddatdir,
Tez o‘tguvchi fursatdir.
Fursat g‘animat ekan,
Ushbu so‘z sizga ibratdir. 
....Umidaxon, Õurshida opangiz haqida ikki og‘iz 
so‘z aytsangiz yaxshi bo‘lardi. Yaqinda Gollandiyaga 


221
ketayotgan emishsiz. Teletomoshabinlarga qanday 
tilaklar bildirib ketmoqchisiz?
UMIDÀ: — Qaytib kelganimdan keyin aytarman.
BÀHROM: — Bo‘lmasa, mening dasturim mazmunli 
bo‘lishi uchun bitta ashula aytib bering.
UMIDÀ: — Yo‘q, ashulaniyam keyin aytaman.
BÀHROM: — So‘zlamasang, ashula aytmasang, bilib 
qo‘y, buzoqlaringga yem bermayman.
UMIDÀ: — Yemingni o‘zing yeyaver, ozib ketgansan, 
qaytaga men kelgunimcha ancha semirib qolasan.
ÕÀBÀRÕON: — Bu ikkoviyam hozir Tohir-Zuhra 
bo‘lib qolishgan.
MO‘MINÀÕON: — Sen o‘lgurdan hech kim qochib 
qutula olmaydi. 
ÕÀBÀRÕON: — Fe’lim yomon-da, bilmaguncha 
qo‘ymayman.
SÀBRINISO:  — Hoy, emchi bolam, buncha ezmalik 
qilding, onang tengi ayol halidan buyon qo‘l ko‘tarib 
turibman-u, menga qaramay, ona suti og‘zidan ketma-
gan qizaloq bilan gap sotishasan-a. Hozirgi yoshlarga 
hayronsan, sigirning emchagi bilan buzoqchaning 
chukini bir-biridan ajratolmaydi-yu, to‘xtamay gap 
sotishadi. Menga ham so‘z ber, suratimni ham ol. 
Àrmiyadagi o‘g‘lim bir ko‘rsin. Êeyin o‘g‘limga aytgin-
ki, agar pensiyaga chiqsam, Õurshidaxon bitta sog‘in 
sigirni buzog‘i bilan beradigan bo‘ldi. Gollandkasidan 
beradi. 
ISMOIL: — Gollandiya zotli sigirlari xonadonda 
boqishga berilmaydi.
SÀBRINISO:  — Hech kimga bermasa ham, menga 
beradi. Hoy, qaymoqxo‘r Ismoil, o‘ttiz yildan buyon 
govmishlarning emchagini tortqilayman-a. Hamma 
soqqan sutlarimni to‘plasa, Otaxonboyning hovu-
zidaqa hovuzdan yettitasi to‘lardi-ya. Ha, menam ja 
orqada qoladiganlardan emasman. Uch marta sanoq 


222
komissiyasiga a’zo bo‘lganman... Suratga tushirsang, 
bo‘y-bastim bilan tushirasan.
BÀHROM: — Õo‘p, xolajon, bo‘y-bastingiz bilan 
tushiraman... Yaxshi, yaxshi, mashqimiz chakki chiq-
mayapti. Ham mazmunli, ham hayajonli. Inoyat aya
qahramonning onasi sifatida siz ham ikki og‘izgina 
shirin luqma qilsangiz bo‘lardi. 
INOYAT: — O‘ttiz yildan buyon gapirganim yetar. 
O‘NBOSHI: — Inoyatbonu, haligi suratga tushadi-
gan sigiring bor edi-ku, o‘shani bir gapirib bermay-
sanmi?
INOYAT: — Qo‘ysangiz-chi, eski gaplarni.
O‘NBOSHI: — Bahrom bolam, men gapirsam may-
limi?
BÀHROM: — Mayli, bir daqiqa vaqt beraman.
O‘NBOSHI: — Bu gapga o‘ttiz yillar bo‘ldi-yov, lekin 
o‘ziyam ajoyib govmish edi-da. Êuniga olti chelak sut 
berardi. Ovozasi butun respublikaga ketgandi. Muxbir 
ustiga muxbir kelib, nuqul suratga olishardi. Govmish 
tek turib bersin deb, hovuchlab oq qand berishardi. 
Sigir qurmagur ham qand yeb suratga tushish ga 
shunaqa o‘rganib qoldiki, darvoza orqasidan begona 
odam ko‘rinsa, arqonini uzib o‘sha yoqqa yuguradi. 
Qishloqqa yangi kelgan o‘ris muallima yelkasiga surat 
oladiganini osib, molxona oldidan o‘tib qolgan ekan, 
govmish arqonini uzibdi-yu, tumshug‘ini oldinga 
cho‘zgancha muallimaning orqasidan yuguribdi. Be-
chora muallima bunday qarasa, fildek bir maxluq lapa-
nglab ma’ragancha orqasidan quvarmish... Muallima 
maktabga yetgun-cha ishtonini ho‘l qilib qo‘ygan ekan.
ÕÀBÀRÕON: — Qo‘y, o‘rtoqjon, o‘sha miyasi aynigan 
cholning gapini.
MO‘MINÀÕON: — Miyasi aynigan bo‘lsayam, Inoyat 
ayamizga ketma-ket sovchi qo‘yayotgan emishlar.


223
ÕÀBÀRÕON: — Àyamizdayam bir gap borga o‘xshay-
di. Cholni ko‘rganda ranglariga qizil yugurib, qo‘l-oyo-
qlari qaltirab qoladi. 
BÀHROM: — Beksulton aka, siz zavod direktori 
sifatida Õurshida opam haqida biron gap aytasizmi?
BEÊSULTON: — Mukofot muborak bo‘lsin, deymiz-da.
BÀHROM: — Shumi?
BEÊSULTON: — Hozircha shu.
BÀHROM: — Shoumar aka, bir narsa aytmoqchi 
bo‘lib turibsiz.
SHOUMÀR: — Õurshida ham, mana bu maqtan-
choq Beksulton ham dadam tufayli odam bo‘lishgan. 
Yaxshilikni unutgan odamni dadam ham, men ham 
yomon ko‘ramiz. 
BEÊSULTON: — Yana g‘idi-bidingni boshladingmi?
SHOUMÀR: — Eng avval dadamning yaxshiligini 
sen unutyapsan.
BEÊSULTON: — Bas qil!
SHOUMÀR: — O‘dag‘aylama. Sening kimligingni 
televizordagilar ham ko‘rib qo‘ysin. 
* * *
ÕÀBÀRÕON: — Voy, ana boshlandi.
MO‘MINÀÕON: — Nima boshlandi?
ÕÀBÀRÕON: — Beksulton bilan Shoumarning 
dovlashishi boshlandi. Êo‘rasan, bechora Õurshida 
ikkovining o‘rtasida rosa talash bo‘ladi. 
MO‘MINÀÕON: — Olishuv qattiq bo‘ladi, deysanmi?
ÕÀBÀRÕON: — Ish pichoqqa borib yetmasa bo‘ldi. 
MO‘MINÀÕON: — Õurshidaxon aqlli qiz, bunga yo‘l 
qo‘ymas.    
ÕÀBÀRÕON: — E, o‘rtoq, muhabbatning ko‘zi ko‘r 
bo‘ladi, ko‘rasan, bu uchchovi ko‘r, bir-birini yuzini 
rosa yulishadi. 


224
BÀHROM: — Hov, opajonlar, nega iyakni iyakka 
qo‘yib gapga tushib ketdilaring? Àbdusamat aka, ga-
pirmaysizmi?
ÀBDUSÀMÀT: — Àslida gapni mendan boshlashing 
kerak edi. 
BÀHROM: — So‘z Õurshida opamning hamma 
ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, yetti kasb egasi, yetti 
bola-ning otasi Àbdusamat akamga deyishim bilan 
mana bu yerga chiqib, sal kulimsirabroq gap bosh-
laysiz. «Yoshlik» qovog‘i soliq odamlarni yoqtirmaydi. 
Vaqtingiz bir daqiqa. 
ÀBDUSÀMÀT: — Bir daqiqaga fermaning faoliyati 
sig‘maydi. 
BÀHROM: — Bir daqiqada nechta so‘z ayta olasiz?
ÀBDUSÀMÀT: — E, kim o‘lchab ko‘ribdi deysan?
BÀHROM: — Õurshida opamning asosiy fazilati 
nimada?
ÀBDUSÀMÀT: — Ishchanlik.
BÀHROM: — Yana.
ÀBDUSÀMÀT: — Tashkilotchilik.
BÀHROM: — Yana.
ÀBDUSÀMÀT: — Tashabbus boshlaganlarni 
rag‘batlantirish.
BÀHROM: — Yana.
ÀBDUSÀMÀT: — Yangilikka to‘xtamay intilish.
BÀHROM: — Yana.
ÀBDUSÀMÀT: — Hamma gapni rost gapirsin deydi.
BÀHROM: — Yana.
ÀBDUSÀMÀT: — Àytdim-ku, yolg‘onchini yomon 
ko‘radi, deb.
BÀHROM: — Àbdusamat aka, qoyil, eng mazmunli 
intervyuni sizdan oldim. Êeyinchalik sizni «Yoshlik»-
ka muxbir qilib olishsa bo‘larkan (Bahromning 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling