ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

BIRINCHI QISM
Molxona oldidagi keng maydon. Har joy-har joyda  
beda, dag‘al xashak g‘arami, o‘rtada katta hovuz. Suv 
bir tomondan kirib, ikkinchi tomondan chiqib turibdi. 
Darvoza oldida 50-60 ta stullar qator qo‘yilgan. Õalat 
kiygan yosh-u qari erkaklar, ayollar  aralash o‘tirishib-
di. Bahrom yelkasida videokamera, ularni joylashtirish 
bilan band.
BÀHROM: — Takror aytaman, hurmatli tagobli-
lar, mehnatkash hamqishloqlarim, omadlaring kelib 
fermamiz mudiri, mening qattiqqo‘l opam Respub-
lika tanloviga qatnashib, ikkinchi o‘rinni olib, «Tiko» 
mashinasini minib kelmoqda. Demak, hozir bu yerda 
miting bo‘ladi. «Yoshlik» studiyasi topshirig‘iga binoan 
mitingni men tasvirga tushiraman. Tushunarlimi? 
Oldin ozgina mashq qilib olamiz.
OVOZ: — Tezroq boshlasang-chi, Hadichaning 
mahmadona o‘g‘li.
MOLBOQÀR YIGITCHÀ: — Buzoqchaga o‘xshab 
muncha ma’rading.
BÀHROM: — O‘nboshi bobo, siz orqaga o‘ting, bu 
yerda faqat ayollar o‘tirsin. 
O‘NBOSHI: — Men majlislarda hamisha birinchi 
qatorda o‘tirganman.
OVOZ: — O‘tiraversin, qirqta makiyonga bitta xo‘roz 
ham kerak-da.
OVOZ: — O‘nboshi boboning xo‘rozligi qolibdimi, 
makiyonni ko‘rsa qanotini hurpaytirib qochadi-yu.
O‘NBOSHI: — Rais, qayerdasan, yoningga boraqo-
lay. Endi bizning birinchi qatorda o‘tiradigan zamoni-


215
miz o‘tibdi. Ha, mana sen ham raislikdan tushganing-
dan buyon o‘zingni panaga oladigan bo‘lib qolibsan.
BÀHROM: — Shunday qilib, aziz tagoblilar, Õurshi-
da bahonasida sizlar ham bir televizorga chiqadigan 
bo‘ldilaring. Tasvir chiroyli chiqsa, «Yoshlik» studiyasi, 
albatta, ikki marta ko‘rsatadi. Bilasizlar, hozir televi-
zor dasturi «Sputnik»ka ulangan. Demak, Qatron tog‘ 
etaklaridagi mana shu do‘ppidekkina Tagob qish-
log‘idagi qahramonni kutish voqeasini butun dunyo 
ko‘radi. Bu yog‘i Tojikiston, bu yog‘i Qirg‘iziston, bu 
yog‘i Gollandiya...
OVOZ: — Hoy, emchi uka! Ànavi kuni Sarvinisoning 
to‘yida tasvirga olganingda nuqul meni teskari tur-
ganimni olibsan. Àgar bugun ham shunday qiladigan 
bo‘lsang, yelkangdagi qutichani sindiraman, bilib qo‘y. 
BÀHROM: — Yo‘q, opajon. Bugun boshqacha roqsiz, 
qoshda o‘sma, ko‘zda surma, qo‘llar xinodan lolarang, 
quloqdagi oltin sirg‘alar yal-yal yonayapti. Shunday 
chiroyli tushirayki, tagobli sut sog‘uvchi opalar qanday 
go‘zalligini butun dunyo ko‘rib qo‘ysin.
Go‘zallikda tengi yo‘q tagobimning qizlari,
Àtirgulning o‘zidir yuzlari qirmizlari.
Boqishlari o‘zgacha, sirlidir nigohlari,
Har kishini rom qilar charaqlagan ko‘zlari.
...Yaxshi, yaxshi, ana shunday o‘tirganlaringda 
mukofotga olingan «Tiko»ni o‘zi haydab, yonida hokim 
muovini bilan Õurshida opam kirib keladi. Yo‘q, mana 
bu tomondan kirgani yaxshi. Hamma o‘rnidan turib 
qarsak chalib yuboradi. Yarming «Tiko»ni, yarming 
Õurshida opamni qurshab olasizlar. O‘pasizlar, qucho-
qlaysizlar, bir-ikkita keksa ayol hokim muovinini ham 
o‘pib qo‘yadi. Inoyat aya, siz qizingizni o‘pa turib, 
yig‘lab yuborasiz. Êel qizim, hurmatli Prezidentimiz 


216
o‘pgan muborak peshonangdan onaginang ham o‘psin, 
deysiz-da, yana yig‘laysiz. Àna shu holatni men yirik 
planda tasvirga olaman...
SHOÊÀLON: — Men qishloq fermerlar va tadbirkor-
lar uyushmasining bosh maslahatchisiman. 
O‘NBOSHI: — Lekin sizni hech kim saylagan emas-
ku, o‘rtoq?
SHOÊÀLON: — Men shu kolxozda o‘n to‘rt yil rais 
bo‘lganman.
O‘NBOSHI: — To qo‘lingdan yetaklab, ko‘chaga olib 
chiqib qo‘ymagunlaricha raislik qilmoqchi eding.
SHOÊÀLON: — Õurshida qizimning fermasini men 
tashkil qilib berganman.
O‘NBOSHI: — O‘, rais, hadeb men, men deyaver-
ma, Õurshidaning marhum otasi bilan ayasi Inoyat 
qizimizga ferma ochamiz, deganda bugun-erta deb ikki 
yil sudragansan. Qisir sigirga o‘xshab kavsh qaytarib 
turavergansan. 
SHOÊÀLON: — Ho‘, O‘nboshi senam och qolgan 
buqaga o‘xshab hadeb baqiraverma. O‘n to‘rt sigirni 
buzog‘i bilan suvtekinga bergan men edim. 
O‘NBOSHI: — Êeyinchalik buzoqning beshtasi me-
niki deb da’vo ham qilgansan.
SHOÊÀLON  (baqirib):  — Bas qil, hozir mitingdan 
chiqarib yuboraman.
O‘NBOSHI (kulib): — Majlisdan chiqarib yuborish 
sening eski odating-ku. 
BÀHROM: — Àmakilar, sizlarning bu tortishuvlar-
ingni tasvirga tushirib bo‘lmaydi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling